3. Alisher Navoiyning odab – axloqga oid nasihatlarini toppish va
o’rganish.
Ma’naviyat (arabcha “ma’naviyat” – ma’nolar majmui) mohiyatiga ko’ra
iltimoiy taraqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, axloqiy,
diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi.
Ma’naviyat sohasida ijobiy yechimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy
vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekistron Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
quyidagilarni ta’kidlaydi: “ Bu sohadagi asosiy vazifamiz –milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni aniqlash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash, o’zligimizni anglash”.Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarda xazinasida saqlanayotgan ming- minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan
tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo,astrronomiya, me’morchilik sohalariga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalaik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan – kam topiladi. Tarixiy yodgorliklar namunalari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ularda ifoda etilgan teran fikr va g’oyalar, ma’naviy- axloqiy qarashlar,hayot falsafasi bizni bugungi zamonamizda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganiga amin bo’lamiz.Asrlar davomida axloq- odob mavzusida qanchadan- qancha kitoblar,hikmatnomalar, ibratli rivoyatlar yaratigan. Qadimgi faylasuflar, donishmandlar axloq- odobga juda katta baho berib, uni jamiyatning poydevori deb ataganlar.Shuning uchun ham jamiyat a’zosining xulqi-odobiga alohida e’tibor berilishi bejiz emas. Shu jumladan buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning merosida ham ko’rishimiz mumkin. Alisher Navoiy o’z ijodiy faoliyatida axloq va odob masalariga alohida e’tibor beradi. Ulug’ shoir axloq, odobning mohiyati haqida shunday deydi: “Adab–kichik yoshdagilarni ulug’lar dunyosiga sazovar etadi. Duo
barakati ulardan bahramand qiladi. Adab kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u muhabbat ko’ngilga abadiy bo’ladi, yoshlarni ko’zga ulug’ ko’rsatadi, ularningyurush–turishini xalq biladi, odamlar tomonidan bo’ladigan
hurmatsizlik eshigini bekitadi. Kishilarning hazil-mazaxidan va kamsitishidan
saqlaydi. Kishi tabiatini insonlik yo’lga soladi va odan mijoziga odamgarchilik
manziliga orom beradi, kichiklarga undan bir muncha natija hosil bo’lgach,
kattalarga allaqancha bo’lishini ko’rsatadi. Adab muhabbatga bezak va pardoz
beradi, adab tarkidan do’stlikning ravnaq va bahosi ketadi. Adab va tavoze
do’stlik ko’zgusini yarqiratadi, ikki tomondan yorug’lik yetkazadi”.
Alisher Navoiyning fikricha, odob odamning olijanob fazilatlaridan
biridir. Odobli kishi ochiq yuzli, xushmuomala, yoqimli bo’ladi. Bunday kishilar
uchun ikkiyuzlamalik, qo’polik yotdir. Odobli odam doimo hurmat va izzatda
bo’ladi. Ota-ona, aka-uka, opa-singilni, do’stlikga hurmat, izzat qilmoq- har bir
odobli kishining burchidir.Alisher Navoiy har bir kishidan yoqimli, nazokatli, ochiq chehrali vahushmuomala bo’lishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |