II kurs uchun ona tili va adabiyot fanidan test savollari.
1. Berilgan ko’chirma gapli qo’shma gaplarning qaysi birida ko’chirma gap qismi ergashgan qo’shma gap shaklida berilgan?
A) “So’z san’atining qudrati shundaki, - deydi Asqad Muxtor, - u hayotda aynan bo’lmagan narsalarga, hodisalarga jon kiritib yuboradi”.
B) “Kitob-bir bog’. Yozuvlar esa uning gullaridir”, - deb yozadi Qayum Nozimiy.
C) “Biz yagona daraxtning butloqlaridek butun bo’lgan taqdirimizdagina kuch-qudrat kasb etamiz”- deydi shoira Halima Xydoyberdiyeva.
D) “Tilingni o’z ixtiyoringda asra, so’zingni ehtiyot bilan so’zla”- deydi A.Navoiy.
2. Tarkibida juft sifat ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Bu masalani uzul-kesil hal qilish vaqti kelmadimi?
B) Uyga kelib qarasa hamma yoq ag’dar-tontar bo’lib yotibdi.
C) Shag’al to’kilgan o’ydim-chuqur yo’ldan yurishi it azobini beradi.
D) Barcha javoblar to’g’ri.
3. Yozuvda qaysi bog’lovchilardan oldin doim vergul (,) qo’yiladi.
1) sabab bog’lovchilari; 2) aniqlov bog’lovchilari; 3) shart bog’lovchilari;
4) biriktiruv bog’lovchilari; 5) zidlov bog’lovchilari:
A) 1,2,5. B) 1,2,3,4,5. C) 1,2,3,5. D) 2,3,5.
4. So’z birikmasida hokim bo’lak belgi bildiruvchi so’zlar bilan ifodalanib, qiyoslashda asos vazifasini bajarsa, qiyoslanuvchi so’z qaysi kelishik shakli orqali bo’glanadi.
A) qaratqich, tushum, jo’nalish, o’rinpayt, chiqish kelishiklari.
B) qaratqich kelishigi. C) tushum, jo’nalish kelishigi.
D) chiqish kelishigi.
5. Sanab sano’g’iga yetolmadi. Ushbu gapdagi so’zlar tarkibida jami nechta fonetik o’zgarish hodisasi yuz bergan.
A) 4 B) 2 C) 5 D) 3
6. Tinchlikparvarlik, fidokorlik, mehr-oqibatlilik xalqimizning qon-qoniga singib ketgan xislatlardan sanaladi, xalqimiz bor ekan, bu xislatlar ham yashayveradi.
Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qatnashgan?
A) 10 ta B)9 ta C) 7 ta D)8 ta
7. Qaysi javobda harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydigan ko’makchi fe’llar to’g’ri ko’rsatilgan?
1) chiqmoq; 2) yurmoq; 3) olmoq; 4) yubormoq;
5) boshlamoq; 6) tashlamoq; 7) qo’ymoq; 8) yotmoq
A) 1,4,6,7,8 B) 4,6,7 C) 2,3,5,8 D) 2,3,4,6
8. Yaxshilik qo’lingdan kelmasa, yomonlik qilma. Bu hech qachon yodingdan chiqmasin.
Berilgan matnda qo’llangan olmosh qaysi birlik o’rnida kelgan.
A) so’z o’rnida B)qo’shma gap o’rnida
C) soda gap o’rnida D) so’z birikmasi o’rnida
9. Quyidagi gapda ot turkumiga mansub nechta so’z qatnashgan?
Qo’qqisdan osmonni bulut qoplaydi-da, chelak-chelak suv quyadi.
A) 2 ta B)5 ta C) 3 ta D) 4 ta
10. Daraja-miqdor ravishi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasiga ergashib kelgan gapni aniqlang.
A) Xadicha xola xiyla o’ylanib turdi.
B) To’lagan aka zo’rg’a kelgan ekan
C) Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak.
D) U O’rmonjonga, Bo’taboyga, Kanizakka ko’p salom aytdi.
11. O’zimcha hayronman// bu kishilar nega taraddudlanib o’tiribdi?
Berilgan gapda qoyilishi lozim bo’lgan tinish belgisini toping.
A) nuqtali vergul B)tire C) ikki nuqta D) vergul
12. Qaysi javobda keltirilgan gapda davomiy bo’lishsizlik ifodalangan.
A) Sobir anchadan beri darsga kelmay qo’ydi.
B) O’quvchi bu asarni o’qib qo’ymadi
C) Har yili bu voqea bo’lib turar edi.
D) Men bu vazifani bajarmay qo’ymayman.
13. Do’stlik yaqinlik ikki xil bo’ladi biri ezgu niyatlar tufayli yuzaga kelsa boshqa bir do’stlik shaxsiy manfgaatlarni deb bo’ladi.
Ushbu gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang.
A) vergul, nuqtali vergul B)vergul, ikki nuqta, vergul
C) vergul, ikki nuqta D) vergul, vergul, vergul;
14. Quyidagi gapda nuqtalar o’rniga qanday yordamchilar qollaniladi?
U ilonni aldagani …, … unga dunyodagi eng tansiq taom insonniki emas, … qurbaqaning go’shti ekanini aytgani … ta’qibga uchragan emish.
A) yuklama, aniqlov bog’lovchisi, zidlov bog’lovchisi, ko’makchi
B) ko’makchi, zidlov bog’lovchisi, sabab bog’lovchisi, aniqlov bog’lovchisi
C) aniqlov bog’lovchisi, zidlov bog’lovchisi, ko’makchi, yuklama
D) ko’makchi, aniqlov bog’lovchisi, zidlov bog’lovchisi, ko’makchi
15. Nodirjon jaxli chiqib, qo’lini siltab eshikni yopib olishi bilan hech nimani anglamay qolgan Abdulla ajablanib so’radi: “Unga nima bunchalik ta’sir qildi, shaharga borib keldimi o’zi”
Ushbu gapda nechta ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi qatnashgan?
A) 4 ta B)1 ta C) 3 ta D) 2 ta
16. Mansur she’rlar yana qanday atalishi mumkin?
A) oq she’r B) nasriy she’r C) sarbast she’r D) erkin she’r
17. Oybek, G’.G’ulom, A.Qahhorning eng yaxshi ijodiy fazilatlarini o’zida mujassamlantirgan adib kim?
A) A.Muxtor B) N.Eshonqul C) S.Ahmad D) O’.Hoshimov
18. “Kuz yomg’iri” she’ri oktabr oyida Moskvada yozilgan. Bu she’r tabiatning rangi tasviri emas, balki qora qalam bilan chizilgan eskizdir. She’r muallifi kim?
A) Cho’lpon B) Fitrat C) A.Qodiriy D) G’.G’ulom
19. Bir hil janrda yozilgan asarlar qaysi javobda ko’rsatilgan?
A) S.Sheroziy “Guliston”, A.Navoiy “Mahbub ul-qulib”, Gulxaniy “Zarbul masal”
B) Xo’jandiy “Latofatnoma”, Gulbadanbegim “Humoyunnoma”, Muqumiy “Sayohatnoma”
C) Nodira “Firoqnoma”, Zulfiya “Sensiz”, A.Oripov “Sohibqiron”
D) O’.Hoshimov “Nur borki, soya bor”, O’.Umarbekov “Yoz yomg’iri”, Sh.Xolmirzayev “Dinozavr”
20. Qaysi javobda Usmon Nosir qalamiga mansub dramalar berilgan?
A) “Dushman”, “So’nggi kun”, “Atlas”
B) “Hujum”, “Cho’rinining isyoni”, “Halil farang”
C) “O’rtoq Qarshiboyev”, “So’nggi kun”, “Dushman”
D) “Yana uylanaman”, “Atlas”, “Zafar”
21. Quyida keltirilgan hikmatli so’zlar qaysi asardan olingan parchaning nasriy bayoni hisoblanadi?
Bu dunyo boyligidan yegulik, kiygulik bo’lsa yetarli, ortiqcha tilama, uning oshiqchasi ziyon va ofat keltiradi.
A) Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq”
B)Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”
C) Abu Mansur as-Saolibiyning “Yatimat ad-dahr”
D) Sa’diyning “Bo’ston”
22. Furqat ijodiy merosida to’rtta ilmiy asar uchraydi.
Ushbu asarlar qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) “To’y tavsifi”, “Gap ta’rifida”, “Nuh manzar”, “Haftiyak”
B) “Ilmi ash’orning qoidai avzoni”, “Muxtasar”, “To’y tavsifi”, “Chor darvesh”
C) “Nuh manzar”, “Chor darvesh”, “Hammomi xayol”, “Haftiyak”
D) “To’y tavsifi”, “Gap ta’rifida”, “Aza tavsifi”, “Ilmi ash’orning qoidai avzoni”
23.Alisher Navoiy “vasye(keng) maydon” deb ta’riflagan she’riy janr aslida qanday nomlanadi?
A) G’azal B) Masnaviy C) Muxammas D) Ruboiy
24. Ogahiyning 1844-yilda yozishni tamomlagan, Xiva xonligi tarixining shu yilgacha bo’lgan voqealarini o’z ichiga olgan asari qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) “Riyoz ud-davla” B) “Ta’viz ul-oshiqin”
C) “Firdavs ul-iqbol” D) “Shohidi iqbol”
25. Alisher Navoiyning ushbu mashhur bayti qaysi asaridan olingan?
Boshni fido ayla ato boshig’a,
Jismni qil sadqa ano qoshig’a.
Tun-kuningga aylagali nur fosh
Birisin oy angla, birisin quyosh.
A) “Farhod va Shirin” B)“Hayrat ul-abror”
C)“Mahbub ul-qulub” D)“Saddi Iskandariy
26. Quyidagi misralarda qo’llangan san’at turini aniqlang.
G’uncha sevunub to’niga sig’mas,
O’xshatsam o’qung bashoqi birla.
A) tajnis B) talmeh C) tazod D) tashxis
27. Navoiyning adabiyotshunoslikka oid uch asarini ko’rsating.
A) “Mufradot”, “Tarixi muluki Ajam”, “Munshaot”
B) “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Vaqfiya”, “Arba’in”
C) “Mezon ul-avzon”, “Majolis un-nafois”, “Mufradot”
D) “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Vaqfiya”, “Hayrat ul-abror”
28. Voiz uldurki, majlisiga kirgan to’lg’ay va to’la kirgan holi bo’lg’ay.
Hikmatli so’z muallifi va ma’nosi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A) Navoiy, notiqlik san’ati haqida B)Bobur, majlis qilish odobi haqida
C) Amir Temur, davlat boshqaruvi haqida D) Yassaviy, nafs haqida
29. “Shogird agar shayx ul-islom, agar qozidur,
Agar ustoz andin rozidur – tengri rozidur”
Ushbu hikmatli so’z muallifi to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang.
A) So’fi Olloyor B)Muhammad Shayboniy
C) Ahmad Yassaviy D) Alisher Navoiy
30. “Maslak ul-muttaqiyn” (So’fi Olloyor) asari haqidagi to’g’ri ma’lumotlar berilgan qatorni toping.
A) hajmi 12 000 baytdan ko’proq, masnaviyda yozilgan
B) hajmi 6500 bayt, masnaviyda yozilgan
C) hajmi 51 000 baytdan ortiq, masnaviyda yozilgan
D) hajmi 120 000 bayt, masnaviyda yozilgan
31. “Kuylaymen” so’zida qo’shimchalarning ma’no munosabatiga ko’ra qaysi turlari ishtirok etgan? ________________________________________________________________
32. Qaysi tinish belgisini amaliyotga rus olimi A.Barsov kiritgan? _____________________
33. Qaysi til birliklari barqaror birikmalar guruhiga kiradi? ___________________________
34. Vazifadosh bog’lovchi bo’lib kela oladigan til birliklarini yozing. ____________________
35. Turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga qaysi tillar kiradi? _________________________
36. Musammatlarning uchlikdan o’nlikkacha bo’lgan turlarini tartib bilan yozing. _____________________________________________________________________
37. A.Qahhorning “Adabiyot muallimi” hikoyasidagi bosh personaj kim? ______________
38. Ma’lum bir tartibda ikki til ishtirokida yozilgan she’r qanday nomlanadi? _______________________________________________________________________
39. Avliyo suhbatiga yetkandur,
Atqiyo xidmatiga yetkandur.
Asardan keltirilgan quyidagi baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan? ________________________________________________________________________
40.Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarida qanday janrlar jamlangan? ________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |