O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
5A140602-GEOGRAFIYA TA’LIM YO‘NALISHI
II-KURS MAGISTRANTI
Xudoyberdiyev Davlatbekning
“SOTSIAL GEOGRAFIYANING YANGI YO‘NALISHLARI” FANIDAN
“Aholini xizmatlarga bo`lgan ehtiyojlari va xizmat ko`rsatish darajasini o`rganish”
mavzusidagi
Amaliy mashg’uloti
Toshkent-2022
Ijimoiy sohalar va xususan xizmat ko`rsatish sohalarini ilmiy tadqiq etish ishlari M.Abramov, A.Alekseyev, S.Kovalyov va boshqa olimlar tomonidan o`rganilgan.
O`zbekistonda esa xizmat ko`rsatish soxalari geografik jihatdan sust o`rganilgan. Mamlakatimizda aholiga hizmat ko`rsatish misolida geografik jihatdan ilk bor dissertatsiya darajasidagi tadqiqot ishi 1996-yil M.Nazarov tomonidan amalga oshirilgan. Ammo, mamlakati izda hozirgi davrdagi aholiga xizmat ko`rsatish sohalari (ijtimoiy infrastruktura) borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni yetarli deb bo`lmaydi. Shu bilan birga aholiga transport, aloqa, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv ta`minoti bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarish infrastrukturasi geografik jihatdan tadqiq etilgan salmoqli manbalar ham mavjud emas.
Mamlakatimizda davlat budjeti xarajatlarining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltiriladi. U asosan moddiy ne'mat ishlab chiqarmaydigan sohalarni qamrab oladi.
Shuningdek, unga aloqa хizmati ham kiradi. Mazkur soha хizmat ko‘rsatish sohasi ham deb yuritiladi. Iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishda хizmat ko‘rsatish sohasi tobora katta rol o‘ynamoqda. Хizmat ko‘rsatish sohalari tarkibi nihoyatda xilma-xil va murakkab. Garchi iqtisodiyotning barcha sohalari aholining moddiy-ma’naviy ehtiyojini qondirsada, ammo bunda xizmat ko‘rsatish sohalarining o‘rni beqiyosdir. Uning bosh vazifasi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni ko‘paytirish hamda ularning turi va sifatini yaxshilashdir.
Olimlar tomonidan xizmat ko`rsatish sohalarini tadqiq qilishda “iqtisodiy” va “ijtimoiy” yondashuvlar mavjud. Chunonchi, birinchisida xizmat ko`rsatish sohalari xo`jalik tarmoqlari sifatida iqtisodiy nuqtai nazardan o`rganiladi, ya`ni bu yerda eng avvalo kam xarajat sarflangan holda ko`proq foyda olishga asosiy e`tibor qaratilsa, ijtimoiy yondashuvga ko`ra hizmat ko`rsatish sohalari- bu eng avvalo aholining turmush sharoitlari, turmush darajasining muhim sharti sifatida tushuniladi. Agarda, hizmat ko`rsatish muassasalarini muayyan bir hududda vujudga kelishi, shakllanishi va kelajakda rivojlanish qonuniyatlarini e`tiborga olinsa, u holda bizningcha uchinchi ya`ni hududiy yondashuvni ham aniqlash mumkin.
Aholiga xizmat ko`rsatish sohalari geografiyasi bo`yicha bajariladigan tadqiqotlarni ikki yo`nalishga ajratish mumkin. Birinchisida tarmoq ya`ni xizmat ko`rsatish sohalari alohida olingan holda o`rganilsa, masalan, aholiga tibbiy hizmat ko`rsatish geografiyasi, ikkinchi yo`nalish- mintaqaviy majmuali, ya`ni bunda xizmat ko`rsatish sohalari bir butun holda va ma`lum bir hududda o`rganiladi.
Muayyan bir hududning tabiiy, iqtisodiy, demografik va aholi joylashuvi shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, hizmat ko`rsatish sohalarining joylashuvi va zamonaviy hoaltini tavsiflash va baholash, shuningdek, hizmatlar majmuasi va hizmat ko`rsatish tizimini takomillashtirish eng avvalo geograflarning vazifasidir. Aholiga hizmat ko`rsatish sohalari geografiyasi ta`rifidan ma`lum bo`ladiki, bu borada bajariladigan tadqiqotlarda:
-aholining xizmatlarga bo`lgan ehtiyojlariga;
-xizmat ko`rsatishning darajasiga;
-xizmat ko`rsatishni hududiy tashkil etilishi masalalariga alohida e`tabor qaratiladi.
Xizmat- bu muayyan bir xizmat oluvchining xizmatga bo`lgan ehtiyojlarini bevosita qondirishga qaratilgan mehnat natijasidir. Ular o`ziga xos hususiyatlardan kelib chiqqan holda “ishlab chiqarilmaydigan” ya`ni toza ko`rinishdagi va “ishlab chiqarish” shaklidagi yoki narsa ko`rinishidagi xizmatlar (masalan kiyim, poyabzal)ga ajratiladi. Bir qator mualliflar va hususan B.A.Manak aholiga hizmat ko`rsatish sohalarini o`ziga hos xususiyatlaridan kelib chiqib, ikki yirik guruhga ajratadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |