Ii guruh kationlari analitik reaksiyalari


O'yuvchi ishqorlar — NaOH va KOH



Download 58 Kb.
bet5/5
Sana18.04.2022
Hajmi58 Kb.
#560508
1   2   3   4   5
Bog'liq
Laratoriya ishi 3

1. O'yuvchi ishqorlar — NaOH va KOH eritmalaridan bir necha tomchisi 2-3 tomchi Hg2(NO3)2 eritmasiga tomizilsa, qora rangli Hg2O cho'kma hosil bo'ladi:
Hg2(NO3)2+ 2KOH=Hg2O↓+ H2O + 2KNO3
Hg22+ + 2OH-=Hg2O↓+ H2O
2. Ammiak eritmasi simob (I) ioni bilan qora rangli cho'kma hosil qiladi:
Hg2Cl2 + 2NH4OH=Hg↓+ NH2HgCl↓ + NH4+ + H2O + Cl-
2Hg2(NO3)2+ 4NH4OH=[OHg2NH2]NO3↓+ 2Hg + 3NO3- + 3NH4+ + 3H2O
3. Natriy yoki kaliy karbonat ta'siridan simob (I) ioni karbonat cho'kma hosil qiladi. Simob (I) karbonat tezda parchalanadi:
Hg2CO3= HgO↓+ Hg↓+ CO2
4. Xlorid kislotaning 3-4 tomchi eritmasi 3-4 tomchi Hg2(NO3)2 eritmasiga qo'shilsa, oq rangli Hg2Cl2 cho'kma hosil bo'ladi:
Hg2(NO3)2 + 2HC1=Hg2Cl2↓ + 2HNO3
5. Vodorod sulfidning 3-5 tomchi eritmasi 2-3 tomchi Hg2(NO3)2 eritmasiga aralashtirilganda, qora rangli Hg2S cho'kma tushadi:
Hg22+ + H2S=HgS↓+Hg↓+2H+
6. Qalay (II) xlorid Hg2(NO3)2 tuzining 2 tomchi eritmasiga 2-3 tomchi qo'shilsa, Hg22+ioni qora cho'kma Hg2Cl2 yoki qora cho'kma tarzida Hg metali hosil qilib cho'kadi:
Hg2(NO3)2 + SnCl2=Hg2Cl2↓+ Sn(NO3)2
Hg2Cl2 + SnCl2=2Hg+ SnCl4
7. Kaliy xromat eritmasidan Hg22+ tuzining issiq eritmasiga bir necha tomchi tomizilganda, qizil rangli Hg2CrO4 cho'kma hosil bo'ladi:
Hg22++CrO42-=Hg2CrO4
Cho'kma HNO3 ta'sirida eriydi.

Qo'rg'oshin kationining reaksiyalari
Qo'rg'oshinning nitrat, atsetat, xlorat va perxloratlari suvda eruvchan bo'lib, ular suvli eritmalarda rangsiz.
1. O'yuvchi ishqorlar va ammiak eritmasi ta'siridan qo'rg'oshin (II) ioni kuchli kislotalar va mo'l ishqorda eriydigan oq rangli cho'kma hosil qiladi:
Pb2+ + 2OH-=Pb(OH)2
Pb(OH)2 cho'kma amfoter. Ishqorlarda eriganda plyumbitlar hosil bo'ladi:
Pb(OH)2 + 2NaOH = Na2PbO2 + 2H2O
2. Sulfat kislota va eruvchan sulfatlar 2-3 tomchi Pb(NO3)2 eritmasiga 4-5 tomchi tomizilsa, PbSO4 ning oq cho'kmasi hosil bo'ladi:
Pb(NO3)2+ H2SO4= PbSO4 ↓+ 2HNO3
Olingan cho'kmaga ozroq NaOH eritmasi quyilib, aralashma qizdirilsa, cho'kma erib plyumbitlar hosil bo'ladi:
PbSO4 + 4NaOH = Na2PbO2 + Na2SO4 + 2H2O
PbSO4 + 4OH = PbO22- + SO42- + 2H2O
Qo'rg'oshin sulfat, shuningdek, 30 % li ammoniy atsetat yoki ammoniy tartrat bilan qizdirUganda ham eriydi:
PbSO4 cho'kmasi xlorid va nitrat kislotalarda ham HSO4- ionining hosil bo'lishi tufayli qisman eriydi:
PbSO4 + HNO3= Pb2+ + HSO4-+ NO3-
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, PbSO4 ni to'la cho'ktirish uchun eritmadagi kislotalar yo'qotilishi kerak. BaSO4 ning eruvchanligiga esa eritmadagi kislotalar sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi, chunki uning eruvchanlik ko'paytmasi (Ks°=l,l•10-10) PbSO4ning eruvchanlik ko'paytmasidan (Ks°=l,6•10-8) 145 marta kichikdir.
3. Kaliy yodid eritmasi Pb(NO3)2 ning 3-4 tomchi eritmasiga 4-5 tomchi qo'shilca, PbJ2 ning sariq cho'kmasi hosil bo'ladi:
Pb(NO3)2 + 2KJ=PbJ2 + 2KNO3
Pb2++2J=PbJ2
Probirkadagi hosil bo'lgan cho'kma ustidagi eritmaga 8-10 tomchi distillangan suv va sirka kislota quyib qizdirilsa, cho'kma erib ketadi. Probirka sovuq suvga tushirilsa, yaltiroq oltinsimon-sariq kristallar cho'kadi. Cho'kmaga bir necha tomchi KJ tomizilsa, uning erishi kuzatiladi:
4. Kaliy xromat - K2CrO4 Pb2+ ioni bilan sariq rangli PbCrO4 cho'kma hosil qiladi:
Pb(NO3)2 + K2CrO4= PbCrO4↓ + 2KNO3
Cho'kma ishqorlar va HNO3 da eriydi, CH3COOH da esa erimaydi.
5. Xlorid kislota eritmasidan 4-5 tomchisi Pb(NO3), ning 3-4 tomchi eritmasiga qo'shilsa, oq rangli PbCl2 cho'kma tushadi:
Pb(NO3)2 + 2HC1= PbCl2↓+ 2HNO3
Pb2++2Cl-=PbCl2
Cho'kma qaynoq distillangan suvda eriydi, eritma sovitilganda esa yana cho'kadi.
6. Natriy gidrofosfat qo'rg'oshin ioni bilan oq rangli cho'kma hosil qiladi:
3Pb2+ + 4HPO42-=Pb3(PO4)2↓+ 2H2PO4-
Pb3(PO4)2 ishqorlarda yaxshi, nitrat (suyultirilgan) va sirka kislotalarda kam eriydi. Qo'rg'oshin fosfatning kislotalarda kam erishidan fosfatlarni I-III gruppalar kationlaridan ajratishda foydalaniladi.

Nazorat savollari:


1. III guruh kationlarning aralashmasini analiz qilishda ularning qanday xossalariga e’tibor berish kerak ?
2. Ag+ kationi ishtirok etganda K+ va Na+ kationlari qanday aniqlanadi ?
Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish