2.2.Shetka kollektor apparatining ishiga mexanik xavfning ta’siri
Tortuv elektr motorlari shetka va kollektorlari amalda uzluksiz mexanik xavf ta’sirida ishlaydi. Shetka kollektor apparati -mashinaning shunday qismiki, bularga bu xavflar eng katta ta’sir ko’rsatadi. Mexanik xavflar ichki, ya’ni motorning o’zida, tortish uzatmasida yuzaga keladigan va tashqi – EHTning harakatlanishida yuzaga keladigan va uning yurish qismiga (g’ildirak juftiga) rels bilan ta’sir qiladi.
Ichki xavflar -kollektorning ishchi yuzasiga aniq ishlov bermaganligi, uning ekspluatatsiya davomida yilishlari natijasida yuzaga keladi. Ta’sir etuvchi xavflar yakorning balansirovka (tenglashtirish) qilinmaganligi, yakor podshipniklarining buzuqligi, tortish uzatmasi, g’ildirak-motor buksasining normal xolatining buzilishlari ta’sirida yuzaga keladi. Ichki xavflar ko’pincha doimiy tebranish natijasida bexosdan yuzaga kelish harakteriga ega.
Tashqi mexanik xavflar – ko’pincha impuls harakterida bexosdan yuzaga kelishi mumkin va relsli yo’lning xolatiga va EHTning yurish qismining xolatiga bog’liq bo’ladi. Katta xavfni xarakatlanuvchi g’ildirak tebranish yuzasining (polzunlar, viboinlar) buzilishidan yuzaga keladi.
Ko’pincha tok qabul qilgichning buzilishidan – bir emas, bir necha xavflar natijasida yuzaga keladi. Shetkaga ta’sir etuvchi dinamik kuchlar
(2.1)
bunda , va , - mos holda shetka ushlab to’rgich shetkasi va qisish qurilmasining massasi va og’irligi.
Bu kuch shetkaning massasi markaziga qo’yilgan va α - burchak bo’ylab uning o’q chizig’iga (rasm–a) yo’naltirilgan va burchak 3600 oralig’ida o’zgarishi mumkin va RD kuchni ikkita o’qi tashkil etuvchisiga ajratish mumkin: shetka ushlagich aylanasi tarafdan Rdp (radial) va bu o’qqa perpendikulyar Rdt (tangentsial). Bu tashkil etuvchilar Rdp=Rd·cosα;
Rdt= Rd·sinα.
Shetkani statik holda kollektorga qisganda rsh=Rsh/Ssh (Rsh – shetkaning statik qisishi, Ssh – uning kollektorga qisish yuzasi).
Natijaviy bosim rshr= rsh±Rdp/Ssh= rsh± rdp (bunda rdp – shetkaning dinamik bosimi).
Eng nohush holatlar (Rsh– Rdp)<0 bo’lganda mavjud bo’ladi.
Bunda shetka kollektordan ajraladi va ular orasida yoy hosil bo’lish ehtimoli bo’ladi. Yoy hosil bo’lish ehtimolini kamaytirish uchun, rsh ning qiymatini oshirish zarur bo’ladi, biroq bu holda shetka va kollektorning eyilishi ortadi.
Tayanch - o’qli tortuv elektr motorlari uchun ko’pincha rsh=350÷500gs/sm2 (agar uzatma qattiq bo’lsa, rsh=260÷350gs/sm2), ramaga osilganda rsh=180÷250 gs/sm2 qabul qilinadi.
Bu siqishlar umum qo’llanuvchi motorlarnikiga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi. rsh ning ortirilishi kollektordagi ishqalanish kuchini oshiradi.
Ftsh= rsh·ΣSsh·fsh (2.2)
Bunda shetkaning ishqalanishi natijasida quvvat isrofi ΔPsh ortadi. Shetkaning ushlab turgich oynasida ydirilishini va asosan muzlashini oldini olish uchun shetka va shetka ushlab turgich orasida bo’shliq Ssh≥0,05mm bo’lishi lozim. 2.1-rasmdan ko’rinadiki, δsh=bo-bsh bo’ladi (bunda bsh , b0 - mos holda shetka va shetka ushlab turgich oynasining eni). Motorni tayyorlashda va ta’mirlashda bu havo bo’shlig’i 2 - 3 marta oshirilishi mumkin.
Ekspluatatsiya shartlariga asosan havo bushlig’ining yaroqsizlik ulchami urnatilgan bo’lib, u δyaroqsiz = 0,35-0,40 mm ga teng.
Rasm 2.1. Dinamik kuchlarning shyotkalarga ta’siri sxemasi (a), qiya ta’sirlar (b) va shyotkaning kollektor chetlaridan kurinishi (v)
Rasm. 2.2. Qismlardan tuzilgan shyotkalar
Bu holda ishdan chiqqan shyotkaning tirqish o’qiga nisbatan mumkin bulgan kesish mavjud, u quydagicha ifodalanadi.
Bu erda, s –shyotka ishlab turgichning pastki oynasi va kollektor urtasidagi bushliq.
Ishqalanish kuchi Ftsh, va uni tashkil etuvchi dinamik kuchlar Rdt suruvchi momentni xosil qiladi
Bu momentning tasirida birinchi V va Ya tusiqlarga suyavchi kuchlar tasirida tirkashib shetka oynaga yopishib qoladi (bu erda h- shetka ushlab turgichning oynasi balandligi).
Mexanik yedirilish va elektr erroziya ta’sirida (asosan egiluvchan bulmagan shuntli shetka qullanilganda) shetkaning egilishi natijasida yon tomonlari yuzasi tez ishdan chiqadi. Случайный характер силы Rdt kuchning behosdan yuzaga kelish harakteri shetkaning egilish burchagini tezda β=2÷4º uzgarishiga olib kelishi mumkin. Shetkaningkollektor bilan tegib turish yuzasi va shetka tagidagi tokning zichligi stabil xolatda bulmaydi. Kontakt yuzasini a va b ulchamlarigacha qisqarishi (2.1 rassm, v) shetka va kollektorning ishdan chiqishini uchqun chiqishini oshishiga olib keladi. Birgalikdagi shetkalarni qullaganda shetkalarni tegib turishi bir qancha yahshilanadi(rasm 2). Shetkaning tashkil etuvchi qismiga umumiy bosish qabul qilinadi (qisuvchi barmoq 4 bilan 2 qayishqoq taglik orqali yoki suharlar yordamida aloxida qismlarga 5 va 6 bilan biriga va shu barmoq bilan (rasm-2.2, b). Elektr eroziyani pasaytirish uchun egiluvchan shunt yordamida bajarilgan shetka ushlagichning korpusiga urnatilgan 3- shetkadan foydalaniladi (rasm-2.2,a), a urnatishni engillashtirish va tushib ketishdan ogoxlantirish uchun A uchlik qilingan.
Nazorat savollari
1. Tok qabul qilishga qo’yiladigan talablar nimadan iborat?
2. Shetka kollektor apparatining ishiga mexanik xavfning ta’siri qanday?
3. Shetka kollektor apparatining ishiga ta’sir etuvchi ichki nimadan iborat?
4. Shetka kollektor apparatining ishiga ta’sir etuvchi tashqi nimadan iborat? 0>
Do'stlaringiz bilan baham: |