Ii bob. O’zbekiston xalq rassomi rahim ahmedov hayoti va ijodi II rahim Ahmedovning hayotiy biografiyasi


II.3. Mustaqillik yillarida Rahim Ahmedov ijodi



Download 91,5 Kb.
bet3/3
Sana13.07.2022
Hajmi91,5 Kb.
#788344
1   2   3
Bog'liq
Р.Ахмедов ijodi

II.3. Mustaqillik yillarida Rahim Ahmedov ijodi
1991 yilda e’lon qilingan Mustaqillik О‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochdi. Qisqa tarixiy davr ichida mamlakatimizda davlat va jamiyat kurilishining mutlaqo yangi siyosiy asoslari yaratilishi bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’navii sohalar rivojlanishining ustuvor yо‘nalishlari belgilab berildi.
Mustaqillikning ilk yillaridayok О‘zbekiston xalqaro huquqiy subyektga aylanib, 1992 yil BMTga, 1993 yili YUNESKOga a’zo bо‘ldi. Hozirgi paytda respublikada yuzdan ortiq xorijiy mamlakat elchixonalari, qator xalqaro tashkilotlar, yirik jahon banklari va firmalari vakolatxonalari faoliyat kо‘rsatmoqda. Buyuk vatandoshlarimiz - Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Xoja Baxouddin Naqshbandiy, Imom Moturidiy, Burxoniddin Mar-g‘inoniylarning nomlari qayta tiklanmokda. О‘tmishning buyuk mutafakkirlari, shoirlari va musavvirlari - Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muxammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Axmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Kamo-liddin Behzod, Muxammad Murod Samarqandiy hamda jadidchilik harakati vakillarining nomlari g‘urur bilan tilga olinmoqda. Ularning sharafiga yodgorlik majmualari qurilib, kitoblar chop etilmoqda, faoliyatlari keng targ‘ib qilinmoqda. Ulug‘ sohibqiron Amir Temurning tariximizda tutgan о‘rni va axamiyati ham nixoyat xaqqoniy talqiniga erishdi. Ana shunday milliy uyg‘onish davrida О‘zbekiston Prezidenti I.Karimov Mustaqillik bilan bog‘liq barcha ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy masalalar qatorida inson, ayniqsa yosh avlod ma’naviyati, erkin, ozod shaxs ma’rifatiga, madaniyat va san’atning rivojiga alohida e’tibor berdi. Zotan, takomil ma’na­vii madaniyat va san’atsiz, milliy qadriyatlarni yanada yuqori bosqichga kо‘tarmasdan turib, yangi jamiyatni, yangi ijtimoiy-tarixiy munosabatlarni va yangi dunyoqarashni barpo etish mumkin emasligi ayon bо‘ldi. "Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq, — deb yozadi Prezident I.Karimov — ajdodlarimiz tomonidan kо‘p yillar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’­navii va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga kо‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bо‘lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy о‘zlikni anglashni о‘sishidan, xalqning ma’navii sarchashmalariga, uning ildizlariga kaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz'". О‘zbekistonda yangi ma’naviy-g‘oyaviy yо‘nalishlarning shakllanishi о‘z navbatida, zamonaviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yana­da jadallashtirdi. Tarixiy, madaniy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish g‘oyalari, yangilanish tamoyillari me’morlik, tasviriy va amaliy bezak sohalarida, musiqa va tomosha san’atlarida, badiiy va xujjatli kino hamda, televideniye tizimida yaqqol namoyon bо‘lmoqda.
Mazkur nashr milliy san’atimizning yangi tarixiy sharoitdagi taraqqiyoti tahliliga bag‘ishlangan ilk fundamental tadqiqot bо‘lib, unda 1991—2001 yillarda О‘zbekiston san’atida, badiiy-madaniy xayotida kechgan jarayonlar, yangi ijodiy yо‘nalishlar va an’anaviy shakllarning mutanosibligi masalalari yoritiladi.
Mustaqillikning qо‘lga kiritilishi va yangi mafkuraning о‘z mavqeiga erishishi na-tijasi о‘laroq, milliy tarix alohida ahamiyat kasb etdi. Davlatimiz ravnaqi va musta-qilligiga ulkan hissa qо‘shgan О‘zbekistonning kо‘zga kо‘ringan madaniyat va tarix namoyondalari siyosiy unutishdan va yо‘qlikdan qayta tug‘ilishi bilan san’atda ularning portretlari galereyasi vujudga kelishiga turtki bо‘ldi.
О‘zbekistonda kuchli realistik maktab tarkib topishi ajoyib portretnavis rassomlar sulolasini vujudga keltirdi. Ular orasida A. Abdullayev, R. Axmedov, R. Choriyev, T.Oganesov, V.Burmakin kabi portret ustalari jahonda keng tan olinganligi e’tirof etiladi. Mustaqillikning ijobiy ta’siri о‘laroq, san’atning turli yо‘nalish va uslublarida erkin ijodga yо‘l ochildi. Jumladan portret janrida ham. Buning natija­sida portret zamonaviy badiiy jarayonida yetakchi bо‘lib qoldi. Respublikamizning yetakchi badiiy oliygohi K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida aynan, realistik maktab asosida о‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Bu esa rangtasvirning rea­listik janrida ijod etgan о‘tmish ijodkor-larimizning boy merosini tan olinganligi, shuningdek, jahon san’ati ilg‘or tajribasini chuqur о‘rganishdan dalolat berib, butun dunyoda avangard yо‘nalish bilan bir qator­da, aynan, realistik yо‘nalish rivojiga e’tibor bilan qaralganligini kо‘p jihatdan na­moyon etadi.
Milliy tafakkurdagi tub yangilanishlar san’atimizni qayta idrok etish va uni ijtimoiy ongning bugungi darajasiga muvofiq san’atshunoslik ilmining talablari asosida baholash zaruriyatini takozo etadi. Ushbu kitobda san’atning mavjud sohalari tasviriy va amaliy san’at, me’morlik, musiqa, teatr, kino, televideniyening sо‘nggi о‘n yil mobaynidagi taraqqiyoti, badiiy izlanish ja-rayonlari, asosiy rivojlanish tamoyillari aks etgan. Mazkur kitobning avvalgi nashrlardan prinsipial farqi - ilmiy-uslubiy yondashuvning yangiligidadir.
O’zbek san’atshunoslik fanida shu vaqtga qadar — san’atning barcha sohalarini mujassam etgan holda. badiiy jarayonlarning rivojlanish yо‘llari va ichki qonuniyatlarini umumlashtiruvchi, xolisona baholab, istiqbollarni belgilab beruvchi bu kо‘lamdagi ilmiy nashrlar mavjud bо‘lmagan. Ittifoq, mazkur tadqiqotda istiqlol davri О‘zbekiston san’atining rivojlanish dinamikasi keng kо‘lamda tadqiq etilib, joiz bо‘lsa, san’atimizning yangi tarixi yaratildi.
Rangtasvirda badiiy jarayon bir muncha shiddatli va serharakat kechdi. 1991-2001 yillarda bо‘lib о‘tgan kо‘p sonli kо‘rgazmalar shuni tasdiqlaydiki, mazkur davr rangtasviri uslub va kompozitsion yechimning turli-tumanligi bilan alohida ajralib turadi. Bu esa rangtasvirchilarga ijodiy erkinlik, shuningdek badiiy tasvirni akslantirishda shakl va vositalarni mustaqil tanlash imkonini yaratuvchi yangi davrga kо‘p jihatdan bog‘liqdir. Oxirgi о‘n yillar davomida xorij va respublikada о‘tkazilayotgan kо‘p sonli guruhiy va shaxsiy kо‘rgazmalariing katta qismi an’anaviy tarzda dastgoxli rangtasvir asarlaridan tashkil etildi. Mustaqillik yillarida о‘z navbatida ustivor, ya’ni rassomlar ijodining hisoboti tarzida uyushtirilgan kо‘rgazmalar muqim о‘rin egalladi. Mamlakatimiz Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan, doimiy о‘tkazilib kelinayotgan kо‘rgazma bu borada eng yetakchi bо‘lib keldi. Bu kо‘rgazmada respublika miqyosida tasviriy va amaliy san’atning barcha turlarida yuzaga kelgan yetuk va namunali asarlar namoyish etilib, uning aso-siy qismini esa rangtasvir asarlari tashkil etdi. Respublika umummilliy kо‘rgazmalarda Toshkentlik rangtasvirchilar asosiy guruhni tashkil etib kelmoqda, bu esa keyingi yillarda gо‘yo qonuniy tarzda kechmoqda. Mustaqillik yillarida, shuningdek, badiiy ta’lim markazlarini kengaytirish masalasi dolzarb deb qaraldi. 1997 yilga kelib, О‘zbe-kiston Badiiy Akademiyasining tashkillash-tirilishi bilan boshlang‘ichdan to oliygacha bо‘lgan badiiy ta’lim tizimi paydo bо‘ldi. Milliy rassomlik va dizayn instituti, Res­publika badiiy kollej va litsey-internati, shuningdek, Toshkentdagi о‘quv yurti bilan bir qatorda viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda tas­viriy va amaliy san’at о‘quv yurtlaridan iborat tarmoq vujudga keldi. 1998-2001 yillarda AQSH, Yevropaning kо‘pgina mamlakatlari, Osiyo va Lotin Amerikasida bolalar ijodiyoti doirasida tashkil etilgan Xalqaro tanlov va festivallarda О‘zbekistonning turli viloyatlaridan yuzga yaqin о‘quv yurtlari talabalari laureatlar bо‘lishdi. Yaponiyaning Xirosima shahrida о‘tkazilgan bolalar suratlari Xalqaro tanlovining birinchi sovrindori, Andijon viloyati, Izboskan tumani tas­viriy va amaliy san’at litsey-internatining 5-sinf о‘quvchisi Dilfuza Matboyevaning onasi mamlakatimiz Prezidentiga yо‘llagan min-natdorchilik maktubi namunali bо‘lib qoldi. Prezident I.Karimovning mazkur maktubga yozgan javobi olis qishloq va shaharlardagi iqtidorli о‘g‘il-qizlarimizning Xalqaro miqyosdagi e’tiborga molik kо‘rik va festi­vallarda ishtirok etib taqdirlanishining yuksak ahamiyatini yana bir bor ta’kidladi. Haqiqatan ham jahon darajasida о‘tkazil­gan tanlovlarda qatnashgan iqtidorli yoshlarimizning ijodiy quvvatlarini tan olinishi, yaqin kelajakda kо‘pgina viloyat markazlari va Qoraqalpog‘istonda о‘ziga xos va yorqin rangtasvir maktablari shakllanadi, deb umid qilishga imkoniyat beradi. Shunday qilib, tadqiq etilayotgan davrning bosh yutuqlaridan biri hozirdanoq о‘z mevalarini bergan keng kо‘lamli badiiy ta’lim milliy tizimning barpo etilishidir.
Rangtasvirning bugungi kundagi geografik hududi tо‘g‘risida gapiradigan bо‘lsak, Samarqand, Andijon, Buxoro, Namangan, Nukuslar Toshkent kabi kо‘zga kо‘ringan markazga aylanmoqda. Samarqandda eng yorqin va iste’dodli rassom A. Isayev hisoblansa, Andijonda O.Bakirov, U.Boltaboyev, N.Holiqov singari rangtasvirchilar samarali ishlamoqdalar. Namanganda esa I.Valixо‘jayevni kо‘rsa-tish mumkin. Buxorodagi о‘ziga xos va iste’dodli rangtasvirchilar orasida M.Abdullayev, B. Salomov, Saidjonovlarni alohida ta’kidlash joiz. 1997 yilda О‘zbekiston Ba­diiy Akademiyasiga uzviy bog‘liq tarzda uning Qoraqalpoq bо‘limi tashkil etildi. Unga Akademiyaning haqiqiy a’zosi J.Izentoyev rahbarlik qilmoqda. Mazkur bо‘limda B.Aytmurodov, V.Japarov, B.Serekeyev kabi realistik yо‘nalish asosida ijod etayotgan, iste’dodli musavvirlar ijod qilmoqdalar.
Agar dastgohli rangtasvir uslubiy yо‘nalishlari va oqimlari haqida gapiradigan bо‘lsak, hatto.ular orasidagi chegaralar shartli xususiyatlarga ega bо‘lishiga qaramay, ularni bir necha guruhlarga ajratish mumkin. Bunda esa birgina rassomning bir necha yо‘nalishlarda ijod qilishini ham ta’kidlash lozim.
Realistik, akademistik yо‘nalishni Mus-taqillik yillarida sermahsul ijod qilayotgan an’anaviy tarzda keksa va о‘rta avlod rassomlar ijodiga mansub deyish mukin. Ular orasida О‘zbekiston xalq rassomlari va faxriy akademiklar R.Ahmedov, N.Qо‘ziboyev, M.Nabiyev, T.Oganesov, M.Saidov, M.Yо‘ldoshev, R.Choriyev, T.Kuryazov, Akademiyaning haqiqiy a’zolari S.Abdullayev, B.Bo-boyev, V,Burmakin, J.Izentoyev, A.Ikromjonov, T.Mirjalilov, Y.Tursunnazarov, T.Qо‘ziyev, shuningdek, taniqli rangtasvirchi­lar R.Xudoyberganov, M.Nuriddinov, E.Masharipov, V.Yenin, Z.Fahriddinov, A.Aliqulov, SH.Qо‘ziyeva, R.Rizamuhammedov, O.Mо‘inov, R.Gagloyeva, A.Mirsoatov, Y.Taldikin, Y.Strelnikov, Y.Melnikov, M.Toshmuro­dov, V.Ziyoyev va boshqalarni sanab о‘tish mum­kin. Ularning asarlarida bu yо‘nalish uchun an’anaviy bо‘lgan tarixiy va janrli kartinalar, portret, manzara va natyurmort - janr va mavzular о‘z ifodasini topadi.
Mustaqillikning qо‘lga kiritilishi va yangi mafkuraning о‘z mavqeiga erishishi natijasi о‘laroq, milliy tarix alohida ahamiyat kasb etdi. Davlatimiz ravnaqi va mustaqilligiga ulkan hissa qо‘shgan О‘zbekistonning kо‘zga kо‘ringan madaniyat va tarix namoyondalari siyosiy unutishdan va yо‘qlikdan qayta tug‘ilishi bilan san’atda ularning portretlari galereyasi vujudga kelishiga turtki bо‘ldi.


1 Б.Орипов. Тасвирий санъат асослари. Н.2001 й

Download 91,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish