Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida3-7%efir moyi, 14-22%yog‘, 20-23%oqsil moddalar, flavonoidlar ( kversetin va kemferol) hamda oshlovchi moddalar bo‘ladi. XI DFga ko‘ra meva tarkibidagi efir moyining miqdori 2% dan kam bo‘lmasligi lozim. Efir moyi maydalangan mevadan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Qoraziraning efir moyi sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, zichligi 0,905-0,915; refraksiya soni 1,4840-1,4890. Moy tarkibida 50-60 % karvon, 40-50 % limonen, 40-70 % karvakrol, digidrokarvon va digidrokarveol birikmalari bo‘ladi.
Ishlatilishi. Qorazira mevasining preparati ichak atoniyasinidavolashda, og‘riq qoldiruvchi hamda ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun, mevasi ba’zan boshqa dorivor o‘simliklar bilan birga siydik va el haydovchi vosita sifatida, shuningdek, me’da kasalliklarida, meva suvi esa ichak sanchig‘ida (ayniqsa, bolalarda), tish og‘rig‘ida va miozitda ishlatiladi (badanning yallig‘langan joyiga surtiladi). Qorazira mevasi oziq-ovqat, parfyumeriya va boshqalarda ham katta ahamiyatga ega.
Dorivor preparatlari. Qorazira mevasi,efir 8-rasm. Qoraziradan olinadigan preparat moyi(qandga13tomchitomizib iste’mol qilinadi) va meva suvi. Mevasi me’da yig‘malari choylari tarkibiga kiradi.
Xulosa
Xulosa o’rnida aytishim mumkinki dorivor o’simliklarning qanday xususiyatlarga ega ekanligi, uni qanday maqsatda va qanday vaqtda foydalanish kerakligini bilib oldim. Bundan tashqari O’zbekistonda o’smaydigan dorivor o’simliklarni chet ellardan introduksiya olib kelishimiz kerak. Biz bu dorivor o’simliklarni asrab avaylashimiz va qat’iy muhofazasini yo`lga qoyishimiz kerak bo`ladi va ulardan oqilona foydalanishni yo`lga qoyishimiz lozim.
Dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanishda, ularni biologik rivojlanish qonuniyatlari bilimini bilish, terilgandan keyin qancha muddatda bu o‘simlik yana o‘zining tabiiy zahirasini tiklanish muddatini aniqlash, shu o‘simlikdagi biologik faol, ta’sir qiluvchi moddasini hosil bo‘lishi va to‘planish dinamikasiga atrof-muhitni ta’sirini hisobga olish. bular o‘simlik mahsulotlarini yig‘ishni optimal muddati, usuli va sharoitini aniqlash, shu bilan birga tayyorlash ishlarini samarali bo‘lishiga olib keladi.
Mahsulot tayyorlashni me’yorlash.
Asoslanmagan va me’yorlanmasdan dorivor o‘simliklarni va boshqa foydali o‘simliklarni tayyorlash, ularning tabiiy zahirasini tez kamayib ketishiga olib keladi. bunday hollar, ko‘pincha tayyorlash ishlari bilan ma’suliyatsiz mutuxassis bo‘lmagan, tasodifiy odamlar va tashkilotar shug‘ullanganda sodir bo‘ladi. ko‘pchilik dorivor o‘simliklar, o‘zlari bilan birga o‘sadigan o‘simliklarni orasida alohida ahamiyatli o‘rni bo‘lib, ularni ko‘plab terish, birga o‘sadigan o‘simliklar orasidagi bog‘liqlikni, tizimni, mutanosiblik (balans)ni buzilishiga olib keladi. masalan doimi terish chimyonda dalachoy, oddiy va tubulg‘ibargli bo‘ymadaron, achchiq shuvoq, samarqand bo‘znochi kabi o‘simliklarni kamayib ketishiga olib kelgan.
Hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 ga yaqin dorivor o‘simliklar
mahsulotidan foydalaniladi. Dorivor o‘simliklar mahsulotining 48 % i yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan, 30 % i jamoa va davlat xo‘jaliklarining dorivor o‘simliklar o‘stiriladigan dalalar — plantatsiyalarda tayyorlanadi. Qolgan 22% i „aralash“ guruhni tashkil qiladi. Ya’ni bu dorivor o‘simliklar mahsuloti hamyovvoyi holda o‘sadigan, ham plantatsiyalarda o‘stiriladigan o‘simliklardan yig‘iladi. „Aralash“ dorivor o‘simliklardan tayyorlanadigan mahsulotlarning salmog‘i umumiy yig‘iladigan dorivor mahsulot miqdorida yil sayin oshib bormoqda. Plantatsiyalarda o‘stiriladigan dorivor o‘simliklar yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklardan katta farq qiladi, ya’ni o‘stiriladigan dorivor o‘simlik mahsulotida begona o‘simliklar aralashmasi bo‘lmaydi. Agrotexnika qoidalari asosida o‘stirilgan dorivor o‘simliklar serhosil va ko‘pincha biologik faol moddalarga boy bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta 1973-yilda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi davlat xo‘jaliklaridan birida dorivor o‘simliklar ekila boshlandi. Keyinroq (1978- yilda) Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor o‘simliklar o‘stiriladigan davlat xo‘jaligi tashkil qilindi. Hozirgi kunda bu xo‘jalik dalalarida qalampiryalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor tirnoqgul, na’matak, achchiq shuvoq (erman), bo‘lakli ituzum, mayda gulli tog‘rayhon va boshqa dorivor o‘simliklar o‘stiriladi.
Dorivor o‘simliklar o'stirish texnologiyasi qishloq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, farmatsevtika sanoati hamda dorixonalarni sifatli shifobaxsh o‘simliklar xom- ashyosi bilan ta’minlashni o'z oldiga maqsad qilib qo‘ygan fandir. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ishlarining mavsumiyligi, agrotexnika tadbirlarni aniq belgilangan muddatlarda etkizish lozimligi, har yilgi ob-havo sharoitining bir-biriga deyarlik o‘xshamasligi, har bir mintaqaning tuproq, iqlim sharoitini bir-biridan keskin farq qilishi va boshqa ko'pdan-ko'p omillar dorivor o‘simliklar o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqishda ko‘plab noqulayliklami keltirib chiqaradi.
Men bu kurs ishimda terpenoidlardan monotsiklik monoterpen saqlovchi efir moyli dorivor o`simliklar haqida yozdim. Monotsiklik monoterpen saqlovchi dorivor o`simliklarga qalampir yalpiz, qora zira, evkalipt kabi o`simliklarni misol tariqasida oldim. Terpenoidlar o‘simlik dunyosida keng tarqalgan bo‘lib, o‘simliklarning hamma organlarida uchrashi va ko‘p miqdorda to‘planishi mumkin.
O‘simliklar dunyosida efir moylari keng tarqalgan. Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra er sharining florasidagi o‘simliklardan taxminan 2500 dan ortiq turi tarkibida efir moyi bo‘ladi. SHundan 77 oilaga kiradigan 1050 dan ortiq o‘simlik turi Sobiq Ittifoq hududida o‘sadi. Ayniqsa, yasnotkadoshlar - - Lamiaceae (labguldoshlar - Labiatae), selderdoshlar - Apiaceae (soyabon-guldoshlar - Umbelliferae), astradoshlar - Asteraceae (murakkabguldoshlar – Compositae), sho‘radoshlar - Chenopodiaceae, archadoshlar (sarvindoshlar) - Supressaceae, mirtadoshlar - Myrtaceae, rutadoshlar - Rutaceae, ra’noguldoshlar - -Rosaceae va boshqa oilalarning vakillari efir moyiga boy. Tarkibida efir moyi bo‘lgan o‘simliklar asosan Ukraina, Moldova, Gruziya, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalarida, SHimoliy Kavkaz, Qrim, Voronej viloyatlarida ko‘plab o‘stiriladi. O‘simliklarning deyarli barcha organlarida efir moyi bo‘ladi. U gul va meva, barg va er ostki organlarida hamda o‘simlikning butkul er ustki qismida to‘planadi. Ba’zan bitta o‘simlikning turli organlarida tarkibi jihatidan turlicha bo‘lgan efir moylari bo‘lishi mumkin. Masalan, pomeranets daraxti bargidan, gulidan, xom mevasidan va pishgan mevasi po‘stidan tarkibi turlicha bo‘lgan 4 xil efir moyi olinadi. Efir moyining miqdori o‘simliklarda 0,001-20 % bo‘lishi mumkin. Bu moyning miqdori va tarkibiy qismi o‘simlikning o‘sish joyiga, rivojlanish davriga, yoshiga va naviga qarab o‘zgarib turadi. Turli o‘simliklarda efir moyining ko‘p miqdorda to‘planishi turli vaqtlarga to‘g‘ri keladi. Odatda o‘simliklar gullash, ba’zilari g‘unchalash davrida yoki bundan ham ertaroq efir moylarini maksimal miqdorda to‘playdi. Efir moyining o‘simlik tarkibida ko‘p yoki kam miqdorda to‘planishi havo haroratiga va namligiga, tuproq namligiga hamda erdagi mineral moddalarning ko‘p yoki ozligiga bog‘liq.
Efir moyi saqlovchi dorivor o‘simliklar va mahsulotlar tarkibidagi moyni asosiy qismining kimyovii tuzilishiga qarab, olti guruhga bo‘linadi:
1. Tarkibida atsiklik (ochik zanjirli) monoterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
2. Tarkibida monotsiklik monoterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
3. Tarkibida bitsiklik monoterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
4. Tarkibida aromatik monoterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
5. Tarkibida atsiklik (ochik zanjirli) seskviterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
6. Tarkibida siklik seskviterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |