O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat Universiteti Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti 181- Dorivor o`simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi yo`nlishi talabasi Xudayberganov Javoxirning Dorivor o`simliklar urug`chiligi va ko`chatchiligi fanidan tayyorlagan KURS ISHI
Mavzu: Tarkibida monotsiklik monoterpenlar bo'lgan efir moylar va dorivor o'simliklar.
Topshirdi: Xudayberganov Javoxirbek Qabul qildi: ________________________ Baholash: Urganch-2021
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………3
I.BOB. Terpenoidlar haqida umumiy tushuncha.
1.1. Terpenoidlar to‘g‘risida umumiy tushuncha va tavsifi …………….…….…7
1.2. Tarkibida efir moylar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va ularning tasnifi…...10
II.BOB. MONOTSIKLIK MONOTERPENLAR SAQLOVCHI EFIR MOYLI DORIVOR O‘SIMLIKLAR
2.1. Qalampir yalpiz bargi va moyi………………….……16
2.2.Marmarak (mavrak) bargi …..……………………….23
2.3. Evkalipt bargi va moyi…………………………….28
2.4. Qorazira mevasi va moyi………………………….33
Xulosa…………………………………………36
Foydalanilgan adabiyotlar……………….…..40
KIRISH
Ma’lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarirting taxminan 50% i dorivor o‘simliklar xom-ashyosidan tayyorlanmoqda.
Mutloq ko`pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O ‘zbekiston R.espublikasida farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi bunday korxonalaming dorivor o ‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy holda o‘suvchi dorivor o ‘simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati korxonalaming dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabini, asosan, dorivor o‘simliklar o ‘stirish orqaligina qondirish mumkin.
Buning ustiga hozirgi vaqtgacha mamlakatimizning ixtisoslashgan, fermer, o‘rmon. dehqon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklarni, ularni o‘stirish texnologiyalari mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli, ilmiy asoslanmagan holda parvarish qilinmoqda.
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ishlarining mavsumiyligi, agrotexnika tadbirlarni aniq belgilangan muddatlarda etkizish lozimligi, har yilgi ob-havo sharoitining bir-biriga deyarlik o‘xshamasligi, har bir mintaqaning tuproq, iqlim sharoitini bir-biridan keskin farq qilishi va boshqa ko'pdan-ko'p omillar dorivor o‘simliklar o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqishda ko‘plab noqulayliklami keltirib chiqaradi.
Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda mam lakatimizda farmatsevtika sanoati va dorixonalarni o‘simhklar xom-ashyosi bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan, fermer, o‘rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaiiklarida eng ko‘pi bilan 42 tagacha dorivor o‘simliklar turlari o‘stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |