I.BOB Korxona strategik pozitsiyasini baholash
Kompaniya strategik pozitsiyasini baholash uslubi
Bu mavzuda kompaniya holati tahlilining uslubiyatini ko’rib chiqamiz. Bu 5 ta savolga kelib taqaladi1:
Amaldagi strategiya qay darajada samarali?
Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?
Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi?
Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam?
Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ?
Bu savollarga javob berish uchun 4 ta tahliliy asbobdan foydalaniladi: SWOT - tahlil, qiymatlar zanjiri, xarajatlar tahlili va raqobatbardoshlikni baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |