Ii bob ionitlar



Download 42,24 Kb.
bet3/9
Sana25.06.2022
Hajmi42,24 Kb.
#703436
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUAZZAMA

Adsorbsiya – qattiq yoki suyuq moddalar (adsorbentlar) sirtiga suyuq yoki gaz holidagi modda (adsorbat)larning konsentrlanishi (yutilishi). A. adsorbent sirtidagi molekulalararo kuch ta’sirida sodir boʻladi. Adsor-bat molekulalari adsorbent sirtiga yaqinlashib, unga tortiladi va adsorbatning bir (mono-), ikki (bi-) va hokazo koʻp (poli-) molekulali adsorbsion qavati hosil boʻladi. Adsorbatning adsorbsion qavatdagi konsentratsiyasi ma’lum dara-jaga yetganidan keyin desorbsiya boshla-nadi. Yutilgan modda adsorbsion qavatda oʻz xususiyatini saqlab qolsa, fizik A., oʻzgarsa, ya’ni adsorbent bilan kimyoviy bi-riksa, kimyoviy A. deyiladi. Fizik A. temperatura, bosim, konsentratsiyaga, adsorbent va adsorbatning tabiatiga, shuningdek, adsorbent tuzilishiga ham bogʻliq. A. hodisasi tabiatda keng tarqalgan. Yerga solingan oʻgʻit, avvalo tuproqqa A. lanadi. Oʻsimlik tuproqdagi ozuqani ildizi orqali A. jarayoni asosida oʻzlashtiradi. A. gaz va suyuq aralash-malarni ajratish-da (qarang Xromatografiya), biologik jarayon-da, havoni iflos gazlardan tozalashda, eritmalarni har xil qoʻshilmalardan holi qilishda, ulardan erigan moddalarni ajratib olishda A. dan keng foydalaniladi.
MOLEKULYAR ADSORBSIYA.
Molekulyar adsorbtsiya. Rus kimyogari va farmatsevti T.E.Lovits 1785y. qattiq moddalar satxida eritmalardan bo‘ladigan adsorbtsiyani o‘rgandi. Noelektrolitlar va kuchsiz elektrolitlar adsorbent satxida molekula ko‘rinishida adsorbtsiyalanadi. Bu molekulyar adsorbtsiya deyiladi. Adsorbtsiya natijasida eritmadagi erigan modda kontsentratsiyasi pasayadi. Adsorbtsiyani adsorbat eritmasining dastlabki va muvozanatdagi kontsentratsiyalar farqi bilan aniqlanadi. m С С V а О bu erda CO - adsorbatning dastlabki kontsentratsiyasi, mol l -1 , C - adsorbatning muvozanatdagi kontsentratsiyasi, mol l -1 , V - adsorbtsiya sodir bo‘lgan adsorbat eritmasining hajmi, m - adsorbent massasi, kg; a - adsorbtsiya, mol. kg-1 . Adsorbtsiya adsorbat tabiatiga va kontsentratsiyasiga, temperaturaga, adsorbent va erituvchi tabiatiga, adsorbent solishtirma satxiga bog‘liq. P. A. Rebinder bo‘yicha: Polyar adsorbentlarda kam qutblangan erituvchilardan polyarli adsorbatlar yaxshi adsorbtsiyalanadi; polyarsiz adsorbentlarda qutbli erituvchilarda qutblanadigan adsorbatlar yaxshi adsorbtsiyalanadi. Polimolеkulyar adsorbtsiya Yuqorida ko‘rib o‘tilganidеk, Lеngmyur nazariyasi bo‘yicha adsorbtsion kuchlar bita molеkula o‘lchamida ta'sir ko‘rsatadi va monomolеkulyar adsorbtsion qavat qosil bo‘ladi. Lеkin ba'zi hollarda bu adsorbtsion kuchlar undan uzoqroq masofada ham ta'sir ko‘rsata oladi va polimolеkulyar adsorbtsion qavatlar hosil bo‘ladi. Bu hodisani 1915 yilda M.Polyani nazariyasi tushuntirib bеrdi. Unga asosan adsorbtsiyalangan molеkulalar qavat-qavat bo‘lib joylashadi. Polyani nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: 1) adsorbtsiya fizikaviy kuchlar ta'sirida sodir bo‘ladi; 2) adsorbеnt sathida aktiv markazlar yo‘q, balki uzluksiz maydon kuchi mavjud; 3) adsorbtsion kuchlar masofada ta'sir etadi (adsorbtsion hajmda); 4) adsorbtsion qavat zichligi sathdan uzoqlashgan sayin kamayib boradi; 5) harorat ta'sirida adsorbtsion hajm o‘zgarmaydi, ya'ni harorat ta'sir etmaydi.
Polyani nazariyasi adsorbtsiya izotеrmasida kuzatiladigan kеskin ko‘tarilishni tushuntirib bеra olmadi. 1935-40 yillarda S.Brunauer, P.Emmеt va Е.Tеllеrlar polimolеkulyar adsorbtsiya nazariyasini yaratishdi. BET nazariyaning o‘ziga xos tomonlari: 1) adsorbеnt sirtida enеrgеtik jihatdan bir xil aktiv markazlar mavjud; 2) adsorbtsiyalangan molеkulalar bir-biri bilan ta'sirlashmaydi; 3) har bir qavat o‘zidan kеyingi qavat uchun aktiv markaz vazifasini bajaradi.
BET nazariyasi bo‘yicha polimolеkulyar adsorbtsiya sxеmasi.

Download 42,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish