2.2.Ekologik muxitning inson salomatligiga ta’siri.
Organizmga ta’sir etish xarakteriga ko’ra atrof muxit omillari uch guruxga bo’linadi. Birinchi guruxni sog’liq uchun mutloq zararli omillar (faktorlar) tashkil etadi: turli xil kassaliklarni qo’zg’atuvchilar (bakteriya, virus, zamburug’lar, zaharli va zararli modalar va birikmalar xavodagi chang) Ikkinchi guruhga mutloq foydali omillar kiradi. Masalan, toza havo, tuproq va suv. Uchinchi guruhga odam ulardan qanday foydalanishiga ko’ra, ham foydali, ham zararli omillar kiradi. Masalan organizmning normal faoliyati uchun, quyosh nurlari zarur, ammo ulardan me’yorida foydalanilmasa, soqliqqa zarar yetkazadi. Tabiat toza havo, suv quyosh bilan doimiy ravishda muloqotda bo’lish odamga sog’liqni mustahkamlashga va kassalliklarga chidamli bo’lishga yordam beradi.
Salomatlik el boyligi, yurt qudrati inson ko’rki, baxt saodatidir. Odamning aqliy salohiyati, mexnat imkoniyatlari, turmush farovonligi mana shu mezon bilan o’lchanadi. Biz sog’lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak, sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona axloq odob va umum bashariy g’oyalar ruxida kamol topgan insonni tushinamiz! Bu g’oyani davom ettirib I.Karimov – «Yoshlarimiz qalbida sog’lom hayot tarziga intilishni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat – extirom tuyg’ularini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur deb ta’kidlagan edi».
Atmosfera havosi, tuproq, suvning ifloslanishi inson ma’naviy kamolatiga, ruxiy pokizaligiga, jismoniy baquvvatligiga, irsiyat palagiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlarga ko’ra, 80 % kasalliklar ekologik nochor axvol oqibatida paydo bo’lmoqda. Bularning barchasi insonning o’ziga irsiyatiga ta’sir etmay qolmaydi.
Inson faqatgina vaqtida ovqatlanish, kuniga 7-8 soat uxlash, spirtli ichimlik ichmaslik, chekmaslik hisobga o’z umrini 11 yilga uzaytirishi mumkin ekan.
Uzoq umr ko’rish, sixat – salomatlik va baxtli saodatli bo’lish insonning o’z qo’lida. Tabiiyki odamlarni, shu jumladan bolalarni qanday tashqi ekologik muxit o’rab turgani muhimdir. Masalan so’nggi o’n yilliklarda sayyorada yuz berayotgan salbiy jarayonlar iqlim o’zgarishiga, aniqrog’i ob-havo isishiga sabab bo’lmoqda.
Nufuzli xalqaro tashkilotlar va institutlar ma’lumotilariga ko’ra, iqlim o’zgarishi, ular tabiiymi yoki sun’iymi xar xil kasalliklar va epidemiyalar tarqalishiga sharoit yaratar ekan.
Xozirgi kunda xavo, suv, tuproq ifloslanib borayotgani hammaga ma’lum. Ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 70 % shahar aholisi ma’lum vaqt oralig’ida sog’liq uchun zararli xavodan nafas oladi. Ayniqsa, gaz isi, uglevodorodlar, oltin gugurt va boshqalar inson sog’lig’iga, ayniqsa bolalar sog’lig’iga xavf solmoqda. Dunyoda hozirgi vaqtda amalda 500 mingga yaqin kimyoviy birikmalardan foydalaniladi, shulardan 40 mingi inson salomatligi uchun zararli, 12 mingi esa zaharlidir. SHuningdek, transport vositasi, energetika, qurilish, sanoat korxonalaridan chiqadigan texnologik chiqindilar bilan atrof muhitning texnogen ifloslanishi kuni sayin ortib bormoqda. Bularning xammasi tirik organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa gaz isi miyani shikastlaydi, embrional og’irligini kamaytiradi, prenatal o’lim xavfini oshiradi, qalay bug’i esa bolalar aqliy qoloqligiga sabab bo’ladi, o’sishiga to’sqinlik qiladi, eshitish, nutq va diqqatni jamlashini yomonlashtiradi. Mutaxassislarning hisoblashicha ifloslangan havo tufayli ko’rilgan zarar (u bemorni davolashga ketgan xarajatlar, yo’qotilgan ish vaqti va muddatidan oldin sodir bo’lgan o’lim hollari tufayli ko’rilgan zararlar qiymatlarining yig’indisidan tashkil topadi.) Germaniyada 1.1milliard dollardan 2,7 millardgacha, Frantsiyada 1,2 milliard dollarni tashkil etadi. Inson organizmi o’zgartiruvchi tabiatga moslashishga qobil emas. Shuning uchun tamaddun (tsivilizatsiya) xastaliklari deb nomlanuvchi yurak qon tomirlari, ruxiy asab onkologik - allergiya kasalliklarning sanog’i borgan sari ortib bormoqda. Bolalar katta yoshdagi odamlarga nisbatan tashqi omillar (tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy) va ichki omillarga (oilaviy muhit, ota – onalarning jismoniy ahvoli, ruhiy vaziyat, qadriyatlar barqarorligi) qanchalik ta’sirchan ekan, yosh avlodning jismoniy ruxiy va ma’naviy ahvoli ham kelgusida shularga bog’liq bo’ladi. Yosh avlod sog’lig’i uchun eng xavflisi nasldan naslga o’tadigan kasalliklardir, chunki ularning aksariyatini davolab bo’lmaydi va bor yo’qligini xam oldindan aytish qiyin.
Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra, hozir odamda 4 ming xil irsiy kasalliklar borligini aniqlashgan. Qadimgi mutafakkir Protogor «Sog’lom tanda sog’lom rux» degan mashhur fikrni bejiz aytmagan. Shu bois, yosh avlod sog’lig’ini belgilab beruvchi muhim omil – bu ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy mavqei, sog’lig’i, ta’limi va axborot bilan ta’minlanganlik darajasi, xayotining davomiyligi kabi sifatlar bilan belgilanadi.
Shifokor olimlarning ma’lumotlari ko’ra temir mikroelimenti yetishmasligi kamqonlikning bir turiga olib kelib, organizmning qarshilik ko’rsatish qobiliyatini zaiflashtiradi va odamlarning aqliy, jismoniy layoqatini pasaytiradi. Xozir dunyoda xar 3 kishidan biri kamqonlikdan, qariyb 3 miliard kishi esa temir yetishmasligidan azob chekadi. Bu tanqislik ayniqsa rivojlanayotgan kambag’al davlatlarda ko’p uchraydi.
Yod yetishmasligi bosh miyani zararlaydi, bola tug’ilguncha va undan keyin ham aqliy qoloqlikni yuzaga keltiradi. Oxirgi yillarda ko’p uchrab turgan bo’qoq xastaligini oldini olishdan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarida, suv tarkibida, shuningdek ayni vaqtda tuproqda yod yetishmasligi katta yoshdagi kishilarda ham, bolalarda ham qalqonsimon bezlarning kattalashib ketishiga sabab bo’lmoqda.
Endi yosh bolalarda ko’proq uchraydigan oziq – ovqat maxsulotlaridan zaharlanish haqida; nitratlar – azot kislota tuzlari odatda poliz va sabzavotlarda ko’plab ishlatilishi natijasida insonlar har-xil kasalliklarga duchor bo’lishadi.
Yana bir muammo – xorijiy mamkatlardan keltirilayotgan turli konservantlar qo’shilgan oziq-ovqat mahsulotlari: margarin, shokolad, pechenьe, go’sht mahsulotlari, saqichlar, va shu kabilar haqida. Xaridor ularga diqqat bilan qarab, ko’plab tushunilmas turli belgilar, raqamlarga ko’zi tushadi. Birgina «E» harfida berilgan guruhdagi mahsulotlar allergiya, jigar va buyrak faoliyatiga ta’sir ko’rsatar va qon bosimini ko’tarilishiga sabab bo’lar ekan.
Shuni ham taьkidlash kerakki, Samarqand shahar aholisining har to’rttasidan bittasiga bitta avtomobil transporti to’g’ri keladi. Ana shu avtomobilni bittasi 200 dan ortiq turli xil zararli kimyoviy element va birikmalarni havoga chiqaradi.
Hozirgi vaqtda Samarqand shahrining havosi chang, azot, oltingugurt, uglerod oksidlari, ftorli vodorod, xlorli vodorod, va boshqa turli zararli chiqitlar bilan ifloslanmoqda.
Ayrim zararli moddalarning insonga ta’sirini ko’rib chiqaylik: Havoning oltingugurt gazi ta’sirida ifloslanishi odamning nafas olish, ko’rish, eshitish a’zolari kasalliklarini kuchaytiradi.
Azot oksidlari esa ayniqsa bolalarda ko’z, tomoq, nafas yo’llari xastaliklarini keltirib chiqaradi. Kantserogen elementlar esa insonning asab va jinsiy sistemasiga, organizmda to’plana borish xususiyatiga, ferment sistemalariga, tirik hujayralarda modda almashuviga salbiy ta’sir etadi.
Inson salomatligi ko’p jihatdan u istemol etayotgan oziq- ovqat tarkibi va sifatiga ham bog’liq. Masalan: nitrat moddasini olaylik, u odam organizmiga tez salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu modda asta-sekinlik bilan odam organizmiga singib, bora- bora kamqonlik, gepatit va turli yurak-tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi.U ayniqsa yosh organizmga tez ta’sir ko’rsatadi.
Eng xavflisi, oliy nerv sistemasini ishdan chiqara boshlaydi va insonni bepusht qilib qo’yishi mumkin.
Hozirgi kunda sayyoramiz aholisining beshdan bir qismi toza ichimlik suvidan mahrum. Har kuni dunyo bo’yicha 6000 ming kishi rivojlanayotgan mamlakatlar bolalari sanitariya- gigiena qoidalariga mutlaqo to’g’ri kelmaydigan suv isteьmol qilganliklari tufayli halok bo’lmoqdalar.
Er yuzidagi daryolarning yarmiga yaqini jiddiy ifloslangan, ularning resurslari tugab bormoqda.Er sharidagi botqoqliklarning maydoni va ichki suv resurslari qisqarmoqda.SHu jumladan Orol dengizi keskin qisqarib eng avvalo insonning o’zi, nabobot va hayvonot dunyosining ekologik muammolarini tug’dirmoqda.
Ikki milliard kishi, ya’ni Yer yuzasi aholisining uchdan bir qismining hayoti yer osti suvlari resursiga bog’liq.Ayniqsa Xitoy, Hindiston, Afrika, Osiyo, Arab yarim orollari, sobiq sovet ittifoqi mamlakatlari va boshqa mintaqalarda yer osti suvlari zaxiralari keskin kamaymoqda.
2050 yilga kelib Yer yuzi aholisi 8 milliardgacha ko’payishi kutilmoqda. Ob-havoning global isib ketishi natijasida tabiatda turli xil xavf –xatarlar, qurg’oqchilik yuz berishi mumkin.Ilm-fan shuni tan oldiki, agar kelajakda oziq-ovqat mahsulotlari, ayrim tugaydigan tabiiy resurslari (masalan: gaz, neft va hakozolar) va boshqa mahsulotlar yetishmasa ular o’rnini boshqa kimyoviy usullar bilan yaratilgan mahsulotlar bosishi mumkin, lekin suvning o’rnini boshqa biror narsa bosolmaydi. Shu bois Yer yuzida ichimlik suvining kamayib borayotganligi o’ta og’ir xavflarni tug’diradi.Bu xavf esa turli xil ximikatlar yer osti, yer ustidagi daryo va ko’llar suvining ifloslanishi natijasida kelib chiqmoqda.
Suvga bo’lgan vahshiylarcha munosabat bu faqat tabiatni bulg’ash, ifloslantirishgina emas, balki insoniyat uchun katta ma’naviy zarar hamdir.
Albatta halqimizning sog’-salomatligi, kelajagi bevosita toza ichimlik suvi bilan bog’liq, lekin shuni ham unutmaslik kerakki, keyinggi yillarda tog’ zonalaridagi suv zaxirasini to’plovchi o’rmonzorlar, archazorlar ayovsiz qirqib kesilmoqda, duch kelgan joydan artezian quduqlari qazilib, yer osti suvlari zudlik bilan tortib olinmoqda.Toza ichimlik suvi borasida Respublikamizda katta tadbirlar qilindi va ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa Prezidentimizning «qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan taьminlash to’g’risida» gi farmonini amlga oshirish yo’lida talay ishlar amalga oshirildi.Bu boradagi ishlarni yo’lga solish uchun «Suv va suvdan foydalanish» to’g’risidagi qonun qabul qilindi. Bulardan tashqari «2010 yilgacha bo’lgan muddatda respublikamizda suv taьminotini rivojlantirishning yangi meyoriy va texnologik asoslari» huqumatimiz tomonidan ishlab chiqildi.
Ichimlik suvini muhofaza qilishning eng asosiy shartlaridan biri uni tejab-tergab sarflash ekanligini hech birimiz unutishga haqqimiz yo’q. Chunki, suv bu- hayot manbai.
Hisob- kitoblarga ko’ra 2020-yilga kelib Respublikamiz aholisi 31- million kishiga yetishi, mavjud suv zaxiralarining hajmi esa 15-20%kamayishi kutilmoqda.
Samarqand viloyatining tabiiy boyliklaridan unumli foydalanish, uni muhofaza qilish haqida ga’ yuritilganda, eng avvalo suv resurslari, xususan Zarafshon daryosi kabi suv havzasining mohiyati, ahvoli, ekologik holati va o’zgarishlari salbiy holatlarning oldini olish kabi eng muhim muommolarga qaratilishi kerak. Zarafshon daryosining ekologik holati hozirgi kunda deyarli tang ahvolda.
Daryo suvining ximiyaviy tarkibi talay tabiiy omillar, Samarqand, Jomboy, Bulung’ur va boshqa shahar, tumanlaridagi sanoat, transport, maishiy kommunal va boshqa korxonalaridan chiqayotgan chiqindilar hamda qishloq xo’jalik korxonalarining oqova suvlaridagi iflosliklarning ta’sirida xiyla bulg’angan. Buning oqibatida daryoda mineral va organik iflosliklarning miqdori normadan oshib ketmoqda, zararli bakterial darajasi esa yuqori ko’tarilmoqda, tabiiyki bu har –xil kasalliklarni vujudga keltirib chiqarishga sabab bo’lmoqda.
Insonda sog’lom yashash tarzini shakllantirish uchun, uning bu boradagi fikriy va ruhiy olamini ya’ni uning ichki ma’naviy dunyosini takomillashtirish kerak. Shu ma’naviy va ruhiy holati, unga atrof muhitga bo’lgan munosabatini, kundalik yashash turmush va hayot tarzini namoyon etadi.Umuman insonni yashash tarzi bu uning tashqi muhitga bo’lgan munosabati evaziga vujudga keladigan xulq-atvorlar majmuasidir. Insonning yashash tarzi, kun tartibi, ruhiy osoyishtaligi, meyoriy ovqatlanishi, faol jismoniy harakati, o’z sog’lig’ini o’zi nazorat qilish, oila va nikoh meyori, mehnat qilishi va dam olishi, tibbiy va shaxsiy gigienasi, ekologik faolligi va noananaviy tabobatlarning tartib qoidalari munosabatlari evaziga shakllanadi. Agar inson sog’liq odobnomasini buzsa u holda insonda nosog’lom yashash tarzi shakllanadi. SHunday nosog’lom sharoit vujudga kelsa inson sog’lig’iga ta’sir etuvchi xavf- xatarli omillar ‘aydo bo’ladi. Natijada uning sog’lig’i yomonlashib boradi. Sog’liq «Xazina» faol jismoniy harakatdir. Ibn Sino yozganidek harakat o’z ta’siriga ko’ra hamma dorivor moddalarning o’rnini bosish mumkin, ammo hamma dorivor moddalar harakat o’rnini bosa olmaydi.
Aristotel aytganidek «Hech bir narsa-kam harakatlikday inson organizmini yemirmaydi va ozib to’zdirmaydi».
Hozirgi payt da aksariyat odamlar ovqatlanish odobiga rioya qilmaydigan bo’lib qolmoqda. Natijada Inson organizmi o’zini o’zi zaxarlay boshlaydi, yani «autointokatsiya» jarayoni yuz beradi va oqsillar organizmda to’liq ‘archalanmaydi. Shu tufayli hosil bo’lgan turli unsurlar bo’g’in, ‘aylarda, siydik yo’llarida joylashib shu organlarda tosh hosil bo’lishiga va bo’g’in va ‘aylarda tuz o’tirib qolishga sabab bo’ladi. Shu o’rinida taniqli ingliz shifokori Breg haftada ikki marta go’shtlik ovqat iste’mol qilishni tavsiya qiladi.
Shuningdek u organizmni zaharli moddalardan tozalash uchun haftada bir kun, oyda olti o’n kun ovqat yemaslik (och qolish) kerak ekanligini asoslab bergan,
Halqimiz turmush tarziga aylangan ro’za tutish udumi naqadar muxim axamiyatga ega ekanligini chet el olimlari tasdiqlashayotir. O’rtacha 120 130 yil umr ko’radigan Hunza (Hindiston, Tibit) go’shtni faqat bayramlarda iste’mol qilar, ular non o’rniga esa turshakni maydalab non qilib yer ekan. Asosan meva va sabzavot mahsulotlari bilan ovqatlanishlari ko’plab manbalarda keltirilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, insonning sog’lig’i o’z qo’lida, u faqat o’zining nafsi ochko’zligi va erinchoqligi tufayli kasal bo’ladi. Tibbiyot ilmi erishgan yutuqlar salmoqli bo’lishiga qaramay insonning har xil hastaliklarini kuchayishi birinchi holda atrof-muxitning ifloslanishi bilan bevosita bog’liqdir.
Shuning uchun tibbiy sog’lom muxit uchun kurash jaxonshumul axamiyatga ega va shu nuqtai nazardan Yer kurrasida yashovchi har bir shaxs o’zini «Ekologist» sifatida namayon qiladi. Chunki, inson yashashi uchun yaroqli bo’lmagan muxitda har qanday maromli gimnastika ham infarkdan qochishga qaratilgan yugurish ham, mo’jizaviy dori-darmon ham uning salomatligining garovi bo’la olmaydi.
Inson zimmasida asosan ikkita muqaddas burch borligini unutmaslik kerak. Bularning biri o’z nasl nasabini voyaga yyetkazib, tarbiyalash bo’lsa, ikkinchisi o’zi va avlodlari uchun tabiatni va uning boyliklarini asrab avaylashdir.
Sivilizatsiyaning asosiy ziddiyati shundaki, inson texnika taraqqiyoti yo‘liga o'tib, o‘ziga kerakli bo‘lgan mahsulot vabuyumlarni ishlab chiqarishda tabiatdan bepul xom ashyo manbasi sifatida foydalanmoqda.
Rivojlanish jarayoni asta-sekin boshlanayotgan davrda insoniyat uchun tabiat manbalari abadiy va bitmas-tuganmasdek tuyulgan. Biroq XX asrning sanoqli o‘n yilliklarida tabiiy manbalardan foydalanish shunday darajaga etdiki, ularning kamayishi jadal tus oldi. Havo, suv va tuproq sanoat hamda boshqa chiqindilar bilan ifloslanib, sayyoramiz aholisining salomatligiga xavf tug‘dira boshladi.
So‘nggi 30-40 yil davomida insoniyat hayoti atrof-muhit taqdiri bilan bog‘liq ekanini angladik. Ammo bu vaqtga kelib sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetikaning jadallik bilan rivojlanishi va yonilg‘ining ko‘p miqdorda yoqilishi insoniyatni ekologik halokat yoqasiga olib kelgan edi.
Insoniyat oldida salomatlilk va hatto vujudga kelgan vaziyatda qanday jon saqlash muammosi paydo bo‘ldi.
Kapitalizm rivojlanayotgan XIX asr boshlarida yirik fransuz biologi va faylasufi J. Lomark ushbu satrlami yozgan edi: "Yer yuzini yashash uchun yaroqsiz holga keltirgan insoniyat vazifasi go’yo о ‘z zotini yo ‘q qilishdan iboratga o’ xshaydi”.
Ko‘plab kasalliklarning asl sababi nimada?
Bu birinchi navbatda shaharlarimizning bulg’angan havosi, ichayotgan suvimizning sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqava suv va suyuq chiqindilar bilan ifloslangani bilan bog’liq. Biz iste’mol qilayotgan ovqat tarkibida ko‘pincha kimyoviy moddalar bo‘ladi, chunki tabiiy mahsulotlar yetishtirishda kimyoviy o‘g'itlar qo‘llanadi. Axlatxonalar va sanoat korxonalari tuproqni ifloslantiradi. Yana bir sabab - ekologik savodsizligimizda, biz o‘zimizni kasalliklardan saqlash uchun atrof-muhitga tog’ri munosabatda bo’lishni bilmaymiz.
Inson salomatligi uchun atmosferaning kimyoviy ifloslanishi xavfli hisoblanadi. Hozirgi paytda atmosferaga ilgari tabiatda bo‘lmagan yuzlab moddalar tushmoqda,
Havoni eng ko’p ifloslantiruvchi omil bu avtoulovlardir. Avtoulov havoga isli gaz, azot oksidi, oltingugurt, zaharli benzapiren chiqaradi. Atmosferani ifloslantiruvchi moddalaming 30 foizi - bu avtoulovlaming ulushi. Bundan tashqari, avtoulov kislorodni ko’p iste’mol qiladi va ko’p yonilg‘i sarflaydi.
Atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda issiqlik elektr stansiyalari, qozonxonalar, neftni qayta ishlovchi korxonalar turadi.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalar turli-tumandir. Ekologlar 2 mingga yaqin atmosferani ifloslantiruvchi moddalami sanab о ‘tishgan. Ular о ‘z tabiati, ya’ni zichligi va inson organizmiga ta’sir muddatidan kelib chiqib turli noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Atmosfera ifloslanishining organizmga ta’siri insonning individual xususiyatlari - yoshi, jinsi va salomatligiga bog’liq. Odatda, yoshbolalar, keksalarva bemorlar zaif bo‘ladilar. Atmosferaning ifloslanishi o‘pka, allergiya, yurak-tomir, onkologik kasalliklar rivojlanishiga sharoit tug’diradi.
Suv havzalarning ifloslanishi ham inson salomatligiga jiddiy xavf soladi. Ayniqsa, ochiq suv manbalari - daryo, ko‘l va hovuzlar odatda ifloslangan bo‘ladi. Ifloslangan suv manbalari ich ketish, sariq, ich terlamasi kabi epidemiyalar keltirib chiqargani ham ma’lum.
Atrof-muhitga shovqin bilan ta’sir ko’rsatish ham salomatligimizga putur yetkazadi. Doimiy yangragan baland tovush va shovqin insonning eshitish a’zolari, yurak-tomir va markaziy asab tizimi kasallanishiga olib keladi.
Shovqin turlicha bo‘ladi va inson organizmiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda shifokorlar yangi - shovqin kasalligi haqida gapirishmoqda.
Bizning sog‘lig‘imiz axlatxonalar va sanoat korxonalari chiqindilari qanday saqlanayotgani hamda shaharlarimizdagi mavjud sharoit tabiiy muhitga qanchalik yaqin ekaniga bog'liq. Shahar qanchalik yashil va daraxtlar qanchalik ko‘p bo‘Isa, dard shunchalik kam bo‘ladi.
Xiyobon va bog‘larni bekorga shaharlarning "o‘pkalari” deyishmaydi. Daraxtlar havoni tozalaydi, shovqinni kamaytiradi, atmosferani namlaydi, shahar ekologiyasini yaxshilaydi.
Ekologlarning fikricha, shaharliklar yaxshi nafas olishlari uchun ularning har biriga 50 m.kv.ga yaqin yashil hudud kerak. Afsuski, bizda hozir bunday sharoit yo‘q. Yana shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunga kelib ham atrof-muhitni yaxshilashdagi o‘z o’mimizni anglab olmadik va shuning uchun salomatligimizga putur yetmoqda. Keling, bu haqda yaxshilab o‘ylab ko‘raylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |