Ii bob. Golland va inglizlarning yaponiyaga kelishi


Xristianlarni ta’qib qilishning boshlanishi



Download 447,28 Kb.
bet4/29
Sana29.01.2022
Hajmi447,28 Kb.
#415930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
токугава

1.3 Xristianlarni ta’qib qilishning boshlanishi
Mamlakatni birlashtirishni yakunlash davomida Hideyoshi Satsuma knyazi Shimadzuga qarshi yurish qildi. Shimadzu Mori feodal oilasining ittifoqchisi edi, u oila esa Hideyoshiga dushman hisoblanardi. Ushbu kampaniya davomida u avval yahudiylarga ko‘r-ko‘rona ishongan va “butparast” hokimiyatga bo‘ysunishni rad etgan nasroniy aholi bilan uchrashdi. Ushbu holat Hideyoshida yangi qarashlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, u missionerlarning qul savdosi bilan shug‘ullanganini va yaponlarni Hindistondagi qul bozorlariga sotganligini bilib qoldi. Buddist ruhoniylarning qarshilik ruhi allaqachon so‘nganligi sababli, endi xristianlar bilan ittifoqni saqlab qolishga ehtiyoj yo‘qolgan edi. 1587-yil iyun oyida Hideyoshi ikkita farmon chiqardi. Ulardan birinchisida 200 tyodan oshgan daymyoga nasroniylik dinini qabul qilishni taqiqlagan, ikkinchisida esa barcha missionerlarga 20 kun ichida Yaponiyani tark etishmasa o‘lim jazosiga mahkum qilinishlari haqida edi. Ushbu farmon aslida amalga oshirilmadi. O‘sha paytda Yaponiyani tark etish uchun mos keladigan kema topilmadi va tutib kelingan barcha ruhoniylar Xiradoga olib ketildilar. Ular nazoratga ham olinishmadi va shu sababli ular yana mamlakat bo‘ylab tarqalib, o‘z missionerlik faoliyatiga yana qaytishdi.
Birinchi qarashda hech qanday o‘zgarishlar yuz bermaganday edi. Ammo o‘sha paytdan boshlab Hideyoshining nasroniylikka bo‘lgan munosabatida o‘zgarish yuz bergandi. 1590-yilda Rim ketgan elchilar qaytib kelishdi. Ularning sharafiga ajoyib ziyofat uyushtirildi. Yevropadan qaytgan yaponlar Rim Papasining o‘zidan sovg‘a qilingan boy kiyimlarni kiyib, Yevropa musiqa asboblarida chalishni o‘rganib kelishgandi. Zalga kirgan Hideyoshi Rimga bo‘lgan sayohatni boshqargan pater Valinyaning oldiga bordi va hurmat belgisi sifatida uning yoniga o‘tirdi. U ruhoniyning hikoyasini diqqat bilan tingladi, lekin suhbat nasroniylik haqida ketishi bilanoq, darhol suhbatni tugatdi.
1593-yilda bir guruh ispan fransisk rohiblari ruhoniy Pedro Baptiste boshchiligida Yaponiyaga kelishdi. Iezuitlar va fransisklar o‘rtasida ta’sir uchun zudlik bilan kurash boshlandi. Keyin fitnalar, o‘zaro chetlatish, Rimga shikoyatlar boshlandi. Raqiblar bir-birlarini obro‘sizlantirishga urinib, o‘zlarining Yaponiya hokimiyatiga sodiqligini isbotlashga urindilar. Bu masala kutilmaganda hal qilindi.
Kunlardan bir kuni Hideyoshi ispan kemasining kapitanini qabul qildi va u unga Filipp II mol-mulki xaritasini ko‘rsatdi. Hideyoshi Ispaniya qirolligi o‘z qirollik hududini qanday qilib shu qadar kengaytirganiga hayron bo‘ldi, kapitan unga soddalik bilan javob berdi:
Qirol avval odamlarni ishonchiga kirish uchun chet ellarga missionerlarni yuboradi, so‘ngra bu mamlakatlarni bosib olish uchun askarlarni yuboradi.”5
Hideyoshi g‘azabga tushib, xristianlikni zararli va xavfli mazhab sifatida darhol yo‘q qilishni buyurdi. Uning askarlari Osakadagi Fransisk monastiriga bostirib kirdilar va to‘rt kishini, shu qatorda monastirning qarovchisi Pedro Baptisteni ham qo‘lga oldilar. Bundan tashqari, Kiotoda 15 yapon nasroniylari va beshta ispaniyaliklar qo‘lga olindi. 24 kishining hammasi Kioto qamoqxonasida edi, u yerda ularning har birining chap qulog‘ining bir bo‘lagi 1597-yilning 4-fevralida kesilgan va ularni aravaga solib Nagasakiga olib ketishgan. Aravaning boshida shunday yozuv bor edi: “Bu odamlar hukmdorga bo‘ysunmaganliklari uchun Nagasakida xochga mixlanadi”6. O‘sha paytda Yaponiyada jami 80 dan ortiq xristian missionerlari qatl etilgan. Hideyoshi yana barcha missionerlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni buyurdi, ammo bu buyruq yana bajarilmadi, chunki missionerlarlar xristian feodallaridan himoya topdilar.
1598-yilda Hideyoshi vafotidan keyin ham Yaponiya hukumati va nasroniylar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashishni davom etdi. Hokimiyatni qo‘lga kiritgan Tokugava Ieyasu dastlab keskin chora ko‘rishni istamadi, chunki u savdo-sotiqqa jarayoniga zarar yetkazishni xohlamadi. Biroq, shu bilan birga, u ispanlar va portugallarga juda shubha bilan qaradi va ularning aholi bilan aloqalarini cheklash uchun har tomonlama harakat qildi. Ko‘p o‘tmay, yangi savdogarlar Yaponiyaga kirib kela boshladi.


Download 447,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish