4.5 Kredit tarmoqlarini rivojlantirish
Toku gava davrida pul tizimini soddalashtirishga harakat qilindi. Bungacha mamlakatda muomalada 3 turdagi pul (oltin, kumush, mis) mavjud edi. Ular butun Yaponiya boʻylab muomalada boʻlgan va bakufu ularni chiqarishga haqli edi. Bundan tashqari, mahalliy valyuta (qogʻoz pul) ham muomilada boʻlgan, Syogunat bunday pulni chiqarmagan. Qogʻoz pullar (“Yamagata hagaki”) Ise provinsiyasida muomalada boʻlib, u yerda Yamadaning savdogarlari uni muomalaga kiritdilar. 1661-yildan Fukui knyazligi “shahzodalar qogʻoz pullari” ni chop etishni boshladi va XXVII asrning boshlariga kelib, ushbu amaliyot yana 46 ta knyazlikka tarqaldi. oʻzlarining qogʻoz pullari shaharlarda, qishloqlarda, ibodatxonalarda va hatto alohida savdo uylarida paydo boʻlgan. Ushbu holatning sabablaridan biri kumush tanga etishmasligi edi. Muomalada turli xil pul turlarining mavjudligi, tovar-pul iqtisodiyotining rivojlanishi va bozor munosabatlari ayirboshlash shoxobchalarining, shuningdek, kasbiy faoliyati moliyaviy operatsiyalarni olib boradigan shaxslarning paydo boʻlishiga olib keldi. Hatto XIX asrda mamlakatda muomalada boʻlgan koʻplab banknotalar faqat ayrim knyazliklarda muomalada boʻlgan. Shunday qilib, 1868-yilda 1694 turdagi banknotalar ishlatilgan. XVII asrning oʻrtalariga kelib tijorat amaliyotida barcha turdagi kredit turlari paydo boʻlganligi haqida hujjatlar mavjud.
Tashqi savdoni amalga oshirish imkoniyatidan mahrum boʻlgan yapon savdogarlari har qanday faoliyat sohasidan foyda olib, ixtiro moʻjizalarini namoyish etishdi. XVII asrdagi yapon savdogarlari haqida gapirganda, frantsuz tarixchisi F. Brodel yaponlar manipulyatsiyasidan qanday foyda olish mumkinligini erta tushunganliklarini ta’kidladilar. Yaponiya valyuta ayirboshlash shoxobchalarida kreditga pul olish, pulni almashtirish va pulni saqlash uchun qoldirish mumkin edi. Qizigʻi shundaki, yapon valyuta ayirboshchilari Londondagi ayiraboshlovchilar bilan bir xil tartibda ishlashardi. Ular har kuni soat 10 dan boshlab ochiq boʻlar edi, ularning ishlash yoki ishlamayotganligini bino ichidagi chiroqning yonib turishidan bilishgan, ularning ish vaqti taxminan 2 soat tashkil etgan, Londonda esa ish vaqti bir shamning yonish vaqti bilan belgilangan feodalga kredit berish shunchalik keng tarqalganki, maxsus atama ishlatilgan daymyokashi (daymo uchun qarz). Ba’zi savdogarlar (fudasashi) samuraylarga guruch bahosida qarz berishgan. Osakada ikkalasi ham juda koʻp tarqalgan edi.
Ayirboshlash shoxobchalari yapon savdogarlarining boshqa moliyaviy faoliyat turlaridan keng foydalanish sabablarini tushunish uchun guruch va qimmatbaho mahsulotlarining boshqa turlari qanday sotilganligi, boshqacha qilib aytganda, yuqori tabaqa va quyi tabaqa oʻrtasida munosabatlar qanday qilib oʻrnatilganligi qanday qilib koʻrib chiqish kerakkligi tushunushgan. Shu tariqa Yaponiya jamiyati rivojlangan. Tokugava uyining mol-mulki butun mamlakat boʻylab tarqalib ketgan, ulardan, asosan, guruch shaklida, Osakaga yetkazilgan, u yerda sotilgan va pul syogunning qarorgohi Edoga oʻtkazilgan. Daimalar, shuningdek, Osaka shahriga oʻz knyazliklarining guruchi va boshqa mahsulotlarini joʻnatishdi Edoga berishga majbur boʻlgan va ular garovga olish tizimiga boʻysinib yashashga majbur boʻlgan, bu tizim sankin kotai deb nomlangan.
Tarixiy hujjatlarga koʻra guruch va boshqa mahsulotlarni sotish feodal zimmasiga yuklangan. Asta-sekin, ikkinchisi guruch sotilishidan oldin ham, ba’zida kelajakdagi sotuvlar hisobiga feodal bilan ilgarilay boshladi. Sakada feodalni moliyalashtirish va ularning mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanadigan savdogarlarning butun guruhi (kuramoto, kakeya) shakllandi. Bunday sotib olish va sotish tizimi Kambun (1661-1672) yillarda rivojlangan, ammo uning elementlari undan ham oldinroq, Kyoho yillarda (1644-1647) paydo boʻlgan.
Bunday operatsiyalarni boshlagan Osaka savdo uylaridan birinchisi va eng kattasi 33 ta daymo biznesini boshqargan “Yodoya” uyi boʻlgan. Shunga qadar saqlanib qolgan hujjatlar shundan dalolat beradiki, janubiy-gʻarbiy knyazliklarning bu uyga qarzi boʻlmagan bironta daymyo ham qolmagan. Guruchni sotishdan tushgan pul Okadan Edoga yuborilgan. Buning uchun pochta xizmati tashkil etilgan edi.
Pularni otlarda olib yurishgan yoki ularni xabarchi olib borgan, bu xatarli ish edi, yoʻlda har hil noxush voqealar boʻlishi mumkin edi. Shuning uchun Osakadan kelgan Tonamura ismli savdogar sotuvchi va xaridorlar oʻrtasida hisob-kitob qilishning osonroq usulini taklif qildi, ya’ni bu ish pul bilan emas, balki Edodagi feodal olishi kerak boʻlgan pul qiymatini beruvchi valyuta cheklari edi. Shunday qilib, savdo uylari oʻrtasida savdo-sotiq ishlari ishonchnoma va cheklar orqali olib borildi. Edo shahridagi savdo uyi ham imtiyozlarga ega boʻldi, ba'zida feodal bir vaqtning oʻzida barcha summani talab qilmadi va shuning uchun qolgan pullar vaqtincha muomalaga chiqarilishi mumkin edi. Osaka shahrida biznes yuritishning ushbu usuli keng tarqalib ketdi va koʻplab savdo uylari uchun ularning faoliyatining asosiy yoʻnalishi boʻlib, ularni bank tizimining prototipi deb hisoblash mumkin edi.
Edo hayoti feodalni tobora koʻproq pul ayirboshlovchilar xizmatiga murojaat qilishga majbur qildi. Feodal tomonidan toʻlovni kechiktirish odatiy hol edi, chunki jamiyat savdogarlarning manfaatlarini himoya qilishdan unchalik tashvishlanmagan, garchi qarzlarni toʻlamaslik holatlari shahar sudlarida koʻrib chiqilgan boʻlsa ham. Savdogarlar oʻzlarini hokimiyat oʻzboshimchaliklaridan faqat pul kuchi bilan himoya qilishlari mumkin edi. Masalan, foiz stavkasini oshirish orqali.
Do'stlaringiz bilan baham: |