Kimyoning asosiy qonunlari.
Kimyoning asosiy qonunlari quyidagilar: moddalar massasining saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni, Avagadro qonuni, Ekvivalentlar qonuni.
Stexiometriya (yun. stoicheion asos, element va ... metriya) — kimyoning reaksiya ga kirishuvchi moddalarning miqdoriy nisbat qonunlarini, kimyoviy formulalar va kimyoviy reaksiyalar tenglamasini keltirib chikarish bilan shugʻullanuvchi boʻlimi. Avogadro qonuni, GeyLyussak qonunlari, tarkibning doimiylik qonuni, massaning saqlanish qonuni, karrali nisbatlar qonuni S.ning asosini tashkil etadi. Stexiometrik hisoblashlar kimyoviy texnologiya va metallurgiyada keng qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |