II BOB. AMALIY PSIXOLOGNING AXLOQIY-KASBIY FAOLIYATI.
2.1. Amaliy psixologning ijtimoiy roli, kasbiy faoliyati
Psixologik xizmat faoliyati yosh va pеdagogik psixologiya, psixokorrеksiya, psixologik maslahat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pеdagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o`tishlari lozim.
Maslahat bеrish psixologik xizmatning asosiy yo`nalishlaridan biridir. Lеkin psixologik maslahat o`zi nimaligi haqida yagona tushuncha yo`q. Kollеjlardagi yoki akadеmik litsеylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq o`quv muassasasidagi o`qituvchilar va o`quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlari rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo`ladi. U har bir o`quvchi yoki o`qituvchining o`zinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab sistеmasini ham ko`radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi.
Maslahat bеrish ishlari amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat bеrish ishlari o`qituvchilar, o`quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat bеrish ishlari individual va guruhiy bo`lishi mumkin. Psixolog ta'lim-tarbiya ish rеjasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab chiqishda, o`quv dasturi va qo`llanmasini yaratishda faol ishtirok etishi, bosh maqsad bo`lgan shaxsning intеllеktual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish ko`nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdеk muqaddas ishga o`ziniig munosib ulushini qo`shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi.
Yangi tipdagi maktablarga, o`rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o`quv yurtlariga o`quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlarni olib borishi yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va boshqalardan iborat.
Psixologning maslahat bеrish ishlari asosan shaxs bilan birgalikdagi kеlishuvi asosida shakllanadi. Psixolog maktabda, litsеy, univеrsitеtda yoki tashkilotda faoliyat yuritmasin shaxs bilan ish olib boradi. Ishlash jarayonida ularga maslahat yoki yo`llanma bеradi.
Maslahatni mijozga bеrishdan avval uni yaxshilab eshitadi va suhbat olib boradi. Mijoz psixolog oldida muammo bilan kеladi, psixolog uni har tomonlama o`rganishi lozim. Shunda kutilgan natijaga erishishi mumkin. Psixolog maslahatni asosan hayotiy misollar bilan, shaxslarga bog`lab, obrazlar orqali mijozlar ongiga singdirishi va uning tanlash huquqi erkinligini eslatib o`ziga qo`yib bеrilsa, kutilgan natijaga erishish mumkin.
Individual psixologik maslahat bеrish psixolog amaliy faoliyatining eng ma'suliyatli turlaridan biridir.
Maslahatchining fikri, psixik taraqqiyoti bo`yicha har bir bahosi bolaning kеyingi taraqqiyotiga, o`qituvchilarning, ota-onalarning bolaga nisbatan munosabatiga katta ta'sir ko`rsatishi mumkin. Shuning uchun individual psixologik maslahat bеrish bola taraqqiyotini boshidan diqqat bilan tahlil qilishni, har xil manbaalardan olingan ma'lumotlarga asoslanadi. Ma'lumot manbaasi sifatida otaonalar bilan suhbat, o`qituvchilar bilan, bolaning o`zi bilan suhbat, bolani uyda, maktabda va boshqa hollarda kuzatish, psixologik tajriba orqali kuzatuv, ota-onalar bilan tanishish, tibbiy hujjatlar bilan tanishish va boshqalardan foydalanish mumkin.
Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadilar. Amaliyotchi psixolog o‘z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradi. Psixologik xizmat o‘z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari, shuningdek, bola tarbiyasida yordam ko‘rsatuvchi jamoatchilik bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Psixolog ta’lim-tarbiya ish rejasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab chiqishida, o‘quv dasturi va qo’lanmalarni yaratishda faol ishtirok etishi, bosh maqsad bo‘lgan shaxsning intellektual qobiliyati, umuminsoniy fazilati, bilim olish ko‘nikmalari va malakalari, mutaxassislik fazilatlarini shakllantirishdek muqaddas ishga o‘zining munosib ulushini qo‘shishdan iborat sharafli vazifani bajaradi.
Yangi tipdagi maktablarga, o‘rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy o‘quv yurtlariga o‘quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning imkoniyati, istiqboli to‘g‘risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlarni olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va boshqalar.
Boshqa psixologlarning fikricha, amaliyotchi psixologning shaxsiy hayotiy tajribasi muhim ahamiyatga ega, hech qanday eng yuksak kasbiy mahorat va bilimlar bilan ham almashtirish mumkin emas. Ularning fikricha, nizolar va ularni boshqarish usullari haqida o‘n soatlik ma’ruzani eshitish mumkin, lekin agar siz yaqin kishingiz bilan bolgan nizoni boshdan kechirmagan bolsangiz, munosabatlarni buzmasdan amaliy hal qila olmagan bolsangiz, ish joyingizda nizolansi boshqarishga kirishmang. Bunda sizda faqat texnika va faqat kasbiy mahorat namoyon boladi, sizning ichki dunyoingiz, ruhingiz, sizning boshdan kechirganlaringiz, sizning dardingiz bolmaydi. Shunday qilib, kasbiy ishda texnika yoki shaxsiy tajriba bilan boshdan kechirayotgan ichki dunyo, ruh - ikkisidan biri bolishi kerak.
Nima uchun “va” so‘zini emas, yoki so‘zini ishlatish kerak. Bizningcha, amaliyotchi psixologning kasbiy ishi - bu kasbiy bilimlar va hayotiy tajribasidir. Birini ikkinchisidan ajratish mumkin emas. Psixologik kasbda kasbiy bilimlar va shaxsiy tajribasiz ish olib borish qiyin.
Pioninachini kuzatsak. U soatlab texnik vosita hisoblanmish qo‘l va barmoqlarini mashq qiladi. Lekin u chalayotganda “texnik barmoqlari” tagida asar “musiqaviy hayot” sifatida yashay boshlaydi, o’zining musiqiy ruhiyatiga ega boladi. Siz doim texnik ijrochi bilan mumtoz ijroni ajrata olasiz.
Hozirgi vaqldii mnklablsirda, litsey va kollejlarda ikki yol bilan amaliy psixologiyaga kelgan psixologlar ishlashadi. Birinchilari universitetlarning psixologiya fakultetini bitirgan va ikkinchilari maktabda malum vaqt o‘qituvchi bolib ishlab, keyin amaliyotchi psixologlar fakultetini bitirib, so‘ng o‘z maktablariga psixolog sifatida qaytib kelganlar.
Bu ikki psixologlar guruhining qaysi biri mahsuldorroq, degan savol tug‘iladi. Asosiy ma’lumotli psixologlar yaxshi kasbiy bilimga egalar, psixologik metodlarni yaxshi biladilar. Lekin ular maktab hayotidagi ishning barcha xususiyatlaridan xabardor emaslar.
Ikkinchi mutaxassislikni egallagan o‘qituvchi psixologlar, aksincha, maktab va pedagogik amaliyot bilan yaxshi tanishlar, lekin psixologik bilimlar va psixologik ish ko‘nikmalari etishmasligini his qiladilar.
Psixologning shaxsiy va kasbiy moslashuvi.
Psixolog bitiruvchilar dastlab maktabga borganda, o‘zlarini himoyasiz sezadilar, birinchi navbatda nima qilish kerakligini, o‘zini qanday tutishni, kim bilan qanday gaplashishni bilmaydilar. Ular maktabda muammolarga ko‘milib ketadilar, hammasini birdan bajarib, maktabga foydaii ekanligini ko‘rsatishga urinadilar, maktabda har kuni, dam olish kunlari, hatto kechalari ham qolib ketadilar. Natijada zo‘riqish, charchash, ish qobiliyatining pasayishi ko‘zga tashlanadi.
Shu o'rinda psixologlar psixologik xizmat haqidagi Nizomda keltirilgan psixologlarning huquqlari va javobgarligi bilan tanishishlari maqsadga muvofiq.
Nizomda keltirilishicha, psixolog quyidagi huquqiarga ega:
- bolalar, ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari, shuningdek, maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasasi, mehribonlik uyi pedagoglari bilan olib boriladigan ishlarning muayyan yo‘nalishlarini mustaqil shakllantirish
-psixologik xizmatni amalga oshirish doirasida tadbirlaming ketmaketligini, maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasasi, mehribonlik uyi pedagogik jarayonining o‘ziga xos tomonlari, muayyan shart-sharoitlari va kontingentini hisobga olgan holda o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
-muassasa rahbariyatiga o‘zi uchun xona, mebel jihozlari, kompyuter va boshqa texnika vositalari, idora buyumlari ajratilishi to‘g‘risidagi talablar bilan murojaat qilish;
- maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasasi, mehribonlik uyi hujjatlari bilan tanishish;
-psixologik-pedagogik tashxisga oid yangi metodikalar, psixoprofilaktika va korreksion-rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish, ulami sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etish;
-ma’muriyat bilan kelishgan holda sinfdagi va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, shuningdek, boshqa tadbirlarda o‘quvchilarning xulqatvori hamda individual xususiyatiarini, ularning o‘qishga, sinf rahbari va o‘qituvchilar bilan muomala munosabatini o‘rganish maqsadida ishtirok etish;
-psixologik tadqiqot va tajribalar o‘tkazish, ularning natijalarini ilmiy jurnallarda hamda boshqa matbuot nashrlarida e’lon qilish;
- muassasa ma’muriyati ko‘rsatmalari psixologning mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlari, funksiyalari va faoliyat yo‘nalishlarga zid bo‘lsa, ularni bajarmaslik;
-bolalar taqdirini hal etuvchi turli idoralar va komissiyalar ishida maslahat ovozi huquqi bilan qatnashish, qabul qilingan qarorlar qoniqtirilmagan holatlarda yuqori turuvchi idoralarga murojaat qilish;
-joylardagi davlat hokimiyati idoralariga, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish muassasalariga, boshqa davlat va jamoat tashkilotlariga bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha iltimosnomalar bilan murojaat qilish;
-barcha darajadagi tashxis markazlariga maktab o‘quvchilarining kasbiy o‘zligini belgilashi hamda kasb - hunarga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha murojaat etish;
-O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida xalq ta’limi tizimi muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan rag‘batlantirish va imtiyozlardan foydalanish.
Shuningdek, psixologik xizmat haqidagi Nizomda keltirilishicha, psixologlar mehnatini rag‘batlantirish quyidagi holatlarni o‘z ichiga oladi:
- Psixologlar mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Ko‘p yillik mehnatlari natijalari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan psixologlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
- Psixologlar shartnoma asosida haq to‘lanadigan ta’lim va psixologik xizmatlar korsatishda, shuningdek, xalq ta’limi muassasalarining manfaatdor yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan tuzadigan tadqiqotchilik loyihalari (grantlar)ni bajarishda qatnashadilar.
- Psixologlarga malaka toifalari attestatsiya natijalariga ko‘ra belgilanadi hamda ularning mehnatiga haq to‘lash differensial tarzda malaka toifasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |