Ii bob. Ahmad al-farg’oniyning tabiiy va ilmiy qarashlari 1 Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy tahlili



Download 112 Kb.
Sana10.01.2020
Hajmi112 Kb.
#33060
Bog'liq
AHMAD AL-FARG’ONIY

AHMAD AL-FARG’ONIY
KIRISH
I BOB. VIII-IX asrlarda Movarounahrda ijtimoiy-madaniy hayot


    1. VIII-IX asrlarda Movarounahrdagi ilmiy muhit

    2. Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va ijodi (Marv va Bag’dod


II BOB. AHMAD AL-FARG’ONIYNING TABIIY VA ILMIY QARASHLARI
2.1 Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy tahlili

2.2 Ahmad al-Farg’oniyning tabiatshunoslik falsafasiga qo’shgan hissasining falsafiy tahlili
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish

Kishilik taraqqiyotiga o’zining o’chmas ulushini qo’shib, mamlakatimiz shuhratini olamga taratib, tarix sahifalariga abadul-abad muhrlangan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahoviddin Naqshband, Alisher Navoiy singari ulug’ siymolarni yetishtirgan millat har qancha g’ururlansa arziydi. Bir haqiqatni barchamiz anglab olishimiz zarur. O’zbek zaminida asrlar davomida fan va madaniyatning turli sohalarida buyuk iste’dodlarning parvarish topgani bejiz emas, albatta. Buning uchun, avvalo, asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma’rifiy muhit mavjud bo’lmog’i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo’sh urishi lozim. Ahmad al-Farg’oniyning olamshumul merosi dunyo madaniyati va ma’rifati xazinalaridan biri bo’lib, milliy salohiyatimiz, milliy tafakkurimiz ko’lami va qudratining isbotidir.Ahmad al-Farg’oniy islom madaniyati davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o’z zamonasining fundamental fani asoschilaridan edi.

Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho’qqilariga ko’tarilishiga sabab bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo’lib xizmat qildi. Farg’onalik bu fozil zotning “Astronomiya asoslari” nomli shoh asari o’n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima qilingan edi.Yevropada kitob nashr etish boshlangan XV asrda esa bu asar Italiyada, keyinchalik Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSH kabi mamlakatlarda qayta-qayta chop qilingani uning naqadar yuksak ahamiyatga egaligini ko’rsatadi. Inson tafakkurining bebaho mahsuli bo’lgan bu kitob asrlar davomida astronomiya fani bo’yicha o’ziga xos qomus vazifasini o’tagan. Dunyoning eng nufuzli dorilfununlarida undan asosiy darslik sifatida foydalanib kelingan.Ahmad al-Farg’oniy yerning sharshimon shaklga egaligi borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o’tib amalda isbotlagan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb, Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg’oniy hisoblarining to’griligiga to’la ishonch hosil qildim, degan dastxat qoldirgan.

VIII va IX asrlarda Movaronnahrda ijtimoiy-madaniy hayot

1.1. VIII va IX asrlarda Movaronnahrdagi ilmiy muhit.

O’rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishiga qadar arab lashkarlari bu yerga Amudaryo janubidagi Xuroson tuprog’idan turib tez-tez hujum qilar, o’ljalarni qo’lga kiritib yana qaytib ketar edilar.

Arablarning nisbatan yengil muvaffaqiyat qozonganliklari O’rta Osiyoda yagona markazlashgan davlatning yo’qligi bilan izohlanadi. Chunki o’sha davrda O’rta Osiyo ko’pgina mayda davlatlarga bo’lingan bo’lib, ularning har biri uncha katta bo’lmagan hududdagi bir necha mustahkamlangan shaharlardan iborat edi.

Xalqlarning islomga qadar bo’lgan madaniyatining yo’q qilinishi uning islom aqidalariga mos kelmasligi bilan bog’liq edi.

Aniqlanishicha, O’rta Osiyo arablar tomonidan istilo qilinganidan bir asr keyin yangi madaniyat shakllana boshladi, uning gullab-yashnash davri IX-XII asrlarga to’g’ri keladi. Uning barcha sohalarida dastlab arab islom madaniyatining kuchli ta’siri, shuningdek, arab va mahalliy an’analarning o’zaro ta’siri ham sezilar edi. Mafkura sifatida faqat islom, ilm va ilohiyot tili hukmron edi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, O’rta Osiyoga kirib kelgan davrda islom hali tugallangan diniy tizim bo’lib shakllanmagan edi, buning uchun undan to’rt asrdan (VIII-XI) ko’proq vaqt kerak bo’ldi. Bu davrdagi islom ilohiyot adabiyotini tahlil etish islomning tugallangan diniy tizim sifatida shakllanish jarayoni Eron, Xuroson, O’rta Osiyo, Kavkaz orti istilo qilingandan so’ng sodir bo’lganidan dalolat beradi. Qur’onni talqin qilish, hadislarni to’plash, IX-XI asrlarda shariat qonunlarini ishlab chiqish O’rta Osiyodagi Buxoro, Samarqand, Termiz va boshqa shaharlarda sodir bo’ldi.

Ta’lim va maorif masalasida ham islom ma’lum rol o’ynagan. Madrasa va maktablarda bolalarni o’qitish asosan diniy bo’lib, oddiy savod chiqarilgan. Jamiyatda umuman dinning, xususan islomning xalq ommasiga axloqni singdirishdagi va targ’ib qilishdagi roli g’oyat kattadir.

Bundan tashqari Qur’on, hadis va shariatda kishilarning hayoti va turmushini adolatli boshqarishga qaratilgan ko’pgina tadbirlar: chunonchi, o’z mehnati, hunari bilan yashash, boshqalar mulkiga xiyonat qilmaslik, ota-onalar, bevalar, yetim-yesirlar haqida g’amxo’rlik qilish, o’z bolalarini boqish va tarbiyalash qonun qilingan, manmanlik, adovat, hasad, xasislik, munofiqlik, takabburlik va hokazolar qoralangan.

Movarounnahr va, jumladan, Farg’ona arab xalifaligi tarkibiga kirganidan so’ng bu yerlarda xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida biror muddat turg’unlik yuz beradi. Bu yerda kushonlar davridayoq boshlangan feodallashish jarayoni arab fathi davrida biroz to’xtab qoladi. Bu davrda xalifalikning markaziy qismlari – Iroq, Suriya va Misrda feodal munosabatlar jadal rivojlanadi. VII asr boshida arab jamiyati hali ijtimoiy tuzumning qabila-urug’chilik bosqichida turgan bo’lsa, markazlashgan yagona xalifalik shakllanishi bilan xalifalikning ilg’or viloyatlarining xo’jalik, iqtisodiy va madaniy yutuqlarini o’zlashtirish natijasida u feodal munosabatlarga to’laqonli ravishda kirishadi. Shunga ko’ra VIII asr o’rtalarida xalifalikning markaziy viloyatlarida feodalizm Movarounnahrdagiga nisbatan ancha yuqori pog’onaga ko’tarilgan edi. Lekin xalifalikning yagona iqtisodiy doirasiga kirish, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining rivojlanishi, xalifalikning boshqa viloyatlari bilan faol savdo munosabatlari olib borish natijasida VII asr oxirlaridan shaharlar rivojlanib va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiy topib, Markaziy Osiyo hududa ham, xalifalikning boshqa yerlaridagi kabi taraqqiy etgan feodalizm bosqichi boshlanadi. Markaziy Osiyoning boshqa yerlaridagi kabi, Farg’onada ham fan va madaniyat yangi tarixiy sharoitda taraqqiy etadi. IX asrda butun xalifalikda fan va madaniyatning qudratli rivojlanishi yuz beradi. Markaziy Osiyo xalqlari ham bu jarayonda xalifalikning boshqa xalqlari kabi faol ishtirok etadilar. Bu payt xalifalik tarkibiga kirgan xalqlar “islom madaniyati”, deb ataladigan, lekin aslida turli xalqlar madaniyatlarining o’zaro singishi natijasida yuzaga kelgan yagona madaniy harakatning qatnashchilari bo’lib qoldilar.

1.2 Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va ijodi

O’rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik olimlar orasida buyuk astronom riyozidon(matemika) va jug’rofiydon(geograf) al-Farg’oniy salmoqli o’rin egallaydi. Uning to’liq ismi Abul Abbos Ahmad Ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniydir. U Farg’ona vodiysining Qubo (Quva) tumanida tug’ilgan. Quva shahri o’sha davrning madaniy –ilmiy markazlaridan bo’lgan. 20 yoshgacha Quva shahrida yashab, shu yerda ta’lim oladi.

Aniqlanishicha, Al-Farg’oniy haqidagi biografik ma’lumotlar saqlanmaganligi uchun u qachon va qayerda tug’ilganligi, qayerda ta’lim olganligi haqida faqat taxmin qilishimiz mumkin. U haqidagi eng so’nggi ma’lum sana 861 yil bo’lgani uchun shu sanadan so’ng u ko’p yashamagan ko’rinadi. Uning vafoti 865 yil atrofida deyish mumkin.

VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Farg’onaning poytaxti Axsikant(yoki Axsi) edi va bu shaharni vodiyni nomi bilan Farg’ona, deyilardi. Axsikantda arab noibi turar edi, shuning uchun arablar uni poytaxt hisoblardilar.

U 809-819 yillar oralig’ida Marvda Abdulloh al-Ma’mun saroyida boshqa qator olimlar bilan birga to’planganligi ma’lum. Bu o’n yilning qaysi pallasida al-Farg’oniy Marvga al-Ma’mun saroyiga kelgani haqida esa, quyidagi mulohazani yuritish mumkin.

Aniqlanishicha, Al-Farg’oniy Marvga ketishidan avval Axsikantda arab noibiga yaqin bo’lgani ehtimol, aks holda al-Ma’munning ta’sir doirasiga tushishi amri mahol edi. Lekin u aslida Axsikantlik emas. Qubo (Quva)lik bo’lganligi ehtimolga yaqin. U Farg’onaning boshqa shaharlariga nisbatan ancha obod edi.; hatto ba’zilar Quboni Farg’onaning ikkinchi shahri, deb hisoblaganlar. Suvga serobligi va bog’lari ko’pligi jihatidan u Axsikatdan ustun bo’lgan.

Al-Farg’oniyning 1998 yilda 1200 yillik yubileyi munosabati bilan shaharda keng ko’lamda arxeologik qazishmalar olib borildi.

Yuksak madaniyatli shaharlar – Qubo yoki Axsikatdan kelib chiqqan al-Farg’oniy qadimgi an’analarga asoslangan bilim va ma’lumotni o’z vatanida olganiga shubhalanmasa bo’ladi. Ana shu chuqur bilimlari tufayli al-Ma’mun uni o’z huzuriga taklif qilgan.

Tadqiq qilinjshicha, yosh, navqiron Ahmad olim sifatida Farg’ona zaminida shakllanadi. Uning nomi o’sha davrlardayoq keng tarqalib, Marv ( hozirgi Turkmanistonning Mari) shahriga taklif etiladi. Ahmad al-Farg’oniy nomi ko’p o’tmay, ko’p e’tibor qozonadi. Al-Farg’oniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy yerlaridagi noibi, o’g’li Abdullohning (bo’lajak xalifa al-Ma’munning) Marvdagi olimlari doirasiga kirgan. Marv avvaldan, Sosoniylar davridanoq yirik ilmiy markaz hisoblangan. 651 yili eng so’nggi Sosoniy shahonshoh Yazidgard ibn Shahriyor arablar taqibidan qochib, bu yerga kelganida poytaxtdagi kutubxona kitoblarini ham olib kelganligi ma’lum. Marv arablar qo’l ostida ham madaniy markaz sifatidagi o’z mavqeini yo’qotmadi, aksincha to mo’gul istilosigacha taraqqiy etib bordi. Xalifa Xorun ar-Rashid 809 yili Tusda to’satdan vafot etadi va uning vasiyatiga ko’ra, Bag’dodda taxtga o’g’li – Muhammad al-Amin nomi bilan o’tiradi. Saroydagi xurosonlik a’yonlar esa Abdullohni taxtni qol’ga olishga da’vat etadilar. 811 yildan 813 yilgacha aka-uka Muhammad va Abdulloh O’rtasidagi taxt uchun olib borilgan kurash Abdullohning g’alabasi bilan tugaydi va al-Amin qatl qilinadi. O’sha yili Abdulloh taxtga al-Ma’mun nomi bilan o’tiradi. Lekin u Bag’dodga bormay 819 yilgacha Marvda yashaydi. Natijada, Marv 813 yildan 819 yilgacha xalifalikning vaqtincha poytaxti bo’lib turadi. 819 yili al-Ma’mun butun saroy a’yonlari va ulamolari bilan birga Bag’dodga ko’chadi. Ular orasida al-Farg’oniy ham bor edi. Xorun ar-Rashiddan keyin Abdulloh al-Ma’munning yirik allomalarni o’zi bilan birga Marvdan Bag’dodga olib kelishi va donishmandlar uyining tashkil qilinishidagi tashabbusi Abdulloh al-Ma’munning ham ancha ma’rifatparvar bo’lganligini ko’rsatadi.

Ma’lumki, Markaziy Osiyolik olimlar, jumladan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abbos ibn Said Javhariy va Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy kabi ko’plab olimlarimiz Yevropa adabiyotlarida arab olimlari, deb nomlanib kelindi. Ehtimol buning sababi o’sha davrlarda arab imperiyasining kuchaygan davri bo’lishi, bundan tashqari, islom dini Markaziy Osiyoga Qutayba tomonidan yoyilishi natijasida arab tilining asosiy adabiy va aloqa tili bo’lib qolishi sababli allomalarimizning asarlari ham arab tilida yozilganligi sabab bo’lgandir.

Al-Farg’oniyning Misrga qanday qilib kelib qolganligini Ashraf Ahmedov shunday izohlaydi. “Ma’lumki, al-Ma’mun Marvdan Bag’dodga nafaqat olimlarni, g’ulomlari bo’lmish turk askarlarini ham olib kelgan edi. Bag’dodga kelishi bilan u ma’lum ma’noda askarlarni turklashtirdi: ana shu turk askarlaridan lashkarboshilar tayinladi. Xalifa turk g’ulomlaridan biri Buxorolik To’lunni Suriya, Falastin va Misrdagi lashkarboshilarning amiri etib tayinladi. Uning o’gli Ahmad esa Suriya va Misrni mustaqil, deb e’lon qilib, To’luniylar sulolasiga asos soldi. Al-Xorazmiy xalifa al-Ma’munnig yaqin odami va maslahatchisi bo’lgani kabi al-Farg’oniy ham T’olunning yaqin odami bo’lishi mumkin yoki “Ahmad Farg’oniyning osmon yoritgichlarining ko’tarilish vaqtlarining har xil joylarda turlicha bo’lishi, tutilish sabablari va tutilishlarning vaqtlarini oldindan belgilash kabi ishlari o’sha vaqtdayoq keng tarqaldi. Ahmad Farg’oniyning al-Ma’mundan keyin, Mutavakkil zamonida (846-862) Nil daryosining suvini o’lchaydigan yangi o’lchov asbobini (Miqyos jadidni) ixtiro qilishi uning shuhratiga yana shuhrat qo’shdi. ”

Afsuski, shuhrati butun olamga tanilgan, Muhammad Xorazmiylar bilan bir qatordan joy olgan buyuk bobokalonimizning ulug’ kashfiyotlari haqida ma’lumotlarning hozirga qadar o’z Vatanida va o’z ona tilida yo’qligi,mahrum qilib turibdi. O’z xalqini uning merosidan Ahmad Farg’oniyning ijodi ham boshqa allomalarimiz kabi ko’p qirrali bo’lganligida hech shak- shubha yo’q.

O’ylaymizki, Al-Farg’oniyning ijodi va ilmiy merosiga kelsak, uning asarlari nomlari dalolat berishicha, ular asosan astronomiyaga bag’ishlangan.

Ahmad Farg’oniy asarlaridan astronomiyaga oid bo’lgan faqat quyidagi sakkiz asarning yetib kelganligi, ularning zamonaviy tillardagi tarjimasining yo’qligi yana ham achinarli. Ular quyidagilardir: “Astronomiya asoslari haqida kitob”, “Astrolyabiya yasash haqida kitob”, “Astrolyabiya bilan amal qilish haqida kitob”, “Al-Farg’oniy jadvallari”, “ Oyning Yer ustida va Yer ostida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola”, “Quyosh soatini yashash haqida kitob” va “Al –Xorazmiy zijining nazariy qarashlarini asoslash ”. Bu qo’lyozmalarning va ulardan ayrimlarining chet tillardagi tarjimasining ham bizda yo’qligi nihoyatda achinarlidir.

Manbalardan ma’lum bo’lishicha, Ahmad Farg’oniyning hozircha ma’lum bo’lgan va yuqorida nomlari keltirilgan asarlaridan faqat ikkitasi, “Astronomiya asoslari haqida kitob” va “Astrolyabiya yashash haqida kitob” XII asrdan boshlab dastlab ispan va lotin tillariga tarjima qilingan.

Shunday qilib, xalifalikda VIII asr oxiri va IX asrda fan hamda madaniyat sohasidagi ulkan ko’tarilish asosan xalq ommasi ongi va tafakkuridagi progressiv o’zgarishlar tufayli yuz bergan edi.

Al-Farg’oniy yashagan davr – ijtimoiy-siyosiy hayotda suronli voqealar, fan va madaniyatda ulkan ko’tarilish davri edi.

Olimning o’ziga kelsak, al-Farg’oniy nomi tarixda ma’lum bo’lishiga qaramay, uning haqida ma’lumot deyarli saqlanmagan. Uning hayoti haqida faqat bir sana – 861 yil eslatiladi: al-Farg’oniy o’sha yili xalifa al-Mutavakkil farmoni bilan Qohirada Nil daryosidagi Ravzo orolida miqyos – suv sathini o’lchovchi asbob yasaydi.

Abu Rayhon Beruniyning bir xabariga ko’ra, Bag’dod rasadxonasining ishida Yahyo ibn Abu Mansur, al-Xorazmiy va boshqa olimlar, Damashq rasadxonasida esa Xolid ibn Abdumalik va al-Farg’oniy Suriya shimolida, Sinjor sahrosida 832-833 yillarda Tadmur va ar-Raqqa oralig’ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda ishtirok etganini ham aytgan. Al-Farg’oniyning hayoti haqidagi eng so’nggi va eng aniq xabar 861 yil bilan bog’lanadi. U shu yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki ta’mirlagan.

Bilshimizcha, Ahmad al-Farg’oniy ko’plab qomusiy asarlar muallifi ekanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Biroq uning ba’zi ishlari bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramasdan, mavjud asarlarning o’zi ham olimning yirik ilmiy salohiyatidan darak beradi. Jumladan, al-Farg’oniyning osmon jismlarini o’rganuvchi usturlob qurulmasi haqida qisqa risolasi, “Kitob usul al-falak”, “Kitob al-fusul ixtiyor al-Majistiy”, “Kitob javome ilm an-nujum val-harakat as-samoviya” singari asarlari ma’lum.

Ahmad al-Farg’oniyning “Kitob javome’ ilm an-nujum val-harakat as-samoviya” asari uning eng muhim ilmiy ishlaridan biri hisoblanadi. Bu asarni al-Farg’oniy 840 yil atrofida yozgan, chunki kitob ichida shu sana qalamga olingan. Asar XII asrda ikki marta lotin tiliga va bir marta yahudiy tiliga tarjima qilingan. Birinchi lotincha tarjimani 1145 yili seviliyali Ioann va ikkinchisini 1175 yili kremonalik Gerardo bajargan. Yahudiycha tarjimani Yakob Anatoli bajargan. Asr Ovrupo Renessansi davrida va undan biroz so’ng bir necha marta nashr etilgan va u yerda uzoq muddat astronomiyadan asosiy qo’llanma vazifasini bajargan. Bu asar arab olimi Ibn an-Nadimning “Kitob al-Fihrist” risolasi bibliografiyasiga kiritilgan va sharhlangan. Al-Farg’oniyning mazkur asari taxminan 5000 sahifadan iborat bo’lgan. Uninng nusxasi hozirda Istanbuldagi Ayo Sofiya muzeyida saqlanadi. Bu asarga allomaning zamondoshi Abdulaziz al-Qubaysiy batavsil sharh yozgan.

O’ylaymizki, Ahmad al-Farg’oniy o’zining falakiyot ilmiga oid asarlari bilan G’arbda astronomiya maktabining shakllanishi jarayoniga katta ta’sir ko’rsatdi. Uning osmon jismlari harakatlariga bag’ishlangan risolalaridan foydalangan g’arblik olimlar keyinchalik astronomiya sohasida katta kashfiyotlar qilib, olamshumul nazariyalar yaratishdi.

Ta’kidlaganimizdek, Amad al-Farg’oniy arab tilida astronomiya, jug’rofiya va matematikaga oid bir necha asarlar yozgani va ular yuqori ilmiy ahamiyatga ega bo’lishiga qaramay, ko’pchiligi bizgacha yetib kelmagan, deb ta’kidlaymiz. Olim ilmiy merosidan qo’lyozma shaklida yetib kelganlari quyidagilar bo’lib, ular Sharq va G’arbning yirik kutubxonalarida saqlanmoqda.

“Kitob fi javome’ ilm an-nujum va usul harakat-is-samoviya” (“Yulduzlar ilmining jami’va samoviy harakatlar usuli haqida kitob”). Bu asar “Kitob ilal al-aflok” (“Falaklar sabablari kitobi”) nomi bilan ham yuritiladi. U yana “Almajistiyga bag’ishlangan astronomik risola”, “Falak sferalari sababiyati”, “Almajisti”, “Ilm al-hay’a” (“Astonomiya ilmi”) nomlari bilan ham ataladi. Kitob lotin tiliga tarjima qilinib, 1669 yili nashr etilghan. Uning qo’lyozmalari Berlin, London, Parij, Mashhad, Tehron, Marokosh, Misr, Sank-Peterburgda saqlanmoqda.

“Kitob al-kolmil fi-l-usturlob” (“Usturlob haqida mukammal kitob”). Bu asarning uchta qo’lyozma nusxasi Berlin qirollik kutubxonasida saqlanmoqda. V.Alvardning 1893 yili Berlinda chop etilgan Berlin qirollik kutubxonasida saqlanayotgan arabcha qo’lyozma fihristida bu risola haqida shunday deyilgan: Bu asarning birinchi qo’lyozma nusxasi “Al-Farg’oniyning usturlob haqida mukammal kitobi” deb nomlangan. Al-Farg’oniy bu asarini xalifa Al-Ma’mun davrida taxminan 815 yili yozgan bo’lib, unda hali hech kim tomonidan maxsus asar yozilib, mufassal yoritilmagan “astrolyabiya” asbobi va bu asbob bilan bog’liq bo’lgan masalalar yetti bobda yoritilgan. Bu birinchi nusxa noma’lum kotib tomonidan taxminan 1494 yili ko’chirilgan. Asarning ikkinchi nusxasi “Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniyning astrolyabiya san’ati haqida kitobi”, bo’lib, birinchi nusxadan kamroq farq qiladi. Bu nusxani 1376 yili Muhammad ibn Yoqut ibn Ali al-Molikiy ko’chirgan. Risolaning uchinchi nusxasi “Usturlob san’ati va uning dalillari haqida kitob” deb atalib, bu nusxada V- bobdan oldin jadvallar, jadvallardan so’ng qolgan V-VII - boblar keladi. Bu nusxa 1381 yili Ali ibn Homid Abu Bakr al-Buvaytiy tomonidan ko’chirilgan.

Jumladan, “Risolat fi ma’rifat-il-avqot al-lati yakunu-l qamar fiho favq al-arzi av tahtiha” (“Oy yer ustida yoki uning ostida bo’lgan paytdagi vaqtlarni o’rganish haqida risola”). Asarning bir nusxasi Qohirada saqlanmoqda.

“Hisob al-aqolim as-sab’at” (“Yetti iqlim hisobi”). Bu asarning ham bir qo’l yozmasi Gotada, biri Qohirada saqlanmoqda.

“Kitob amal-il ruxomot” (“ Astronomik asboblarda marmarning xizmat kitobi”) kabi asarlari bor.

Yuqorida ko’rinib turibdiki, al-Farg’oniyning birorta asari O’zbekiston kubxonalarida yo’q.

Ahmad Farg’oniy asarlari u yashagan davrdan boshlab hozirgacha Sharq va G’arb olimlari tomonidan yuqori baholanib, ulardan ko’pchilik olimlar o’z ilmiy asarlarida foydalanadilar. 903-913 yillari ijod etgan eronlik geograf Abu Ali Ahmad ibn Umar ibn Rusta “Al-A’loq an-nafis” (“Nafis javohirlar”) asarida al-Farg’oniy asarlariga suyangan.

Damashq va Bog‘dod shaharlarida zikr qilingan va boshqa iste’dodli olimlarning jo‘g‘rofiy vaziyatlar nuqtalari haqidagi ilmiy ma’lumotlar, shuningdek al-Ma’mun davrida Bog‘dod hamda Damashqdagi ilmi falakkiyot bo‘yicha kuzatishlari “Az-zij ul-Ma’mun al-Mumtaxana” (al-Ma’munning tekshirilgan jadvallari) nomi ostida butun Ovro’pa va boshqa chet mamlakatlarda belgili. Bu asar haqida Ahmad Farg‘oniy “Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob”da xabar bergan. Shu mo‘tabar ma’lumot orqali Ovro’pa olimlari “Ma’mun ziji” asarining ma’no va mazmuni, ilmiy-nazariy yo‘nalishi, tadqiqot maqsadi va hal qilingan fan muammolarini bilib olishgan.

Shunigdek, Ahmad Farg‘oniy falakkiyot ilmi bilan muttasil shug‘ullandi va qator ilmiy-nazariy asarlar yaratdiki, ular ilm olamining diqqat-e’tiborini tortdi. Olimning “Kitobu amal ar-Ruxomot”, “Kitobu ilal-al aflok” (“Falakda bo‘ladigan sabablar haqida kitob”), “Al-madhal ila ilmi hay’at al-aflok va an-nu-jum” (“Falakkiyot va ilmi nujum faniga kirish”) singari risolalari shular jumlasidandir.

Ayrim tadqiqotchilarning xabar berishiga qaraganda, Ahmat Farg‘oniy faqat ilmiy kuzatuvchi va tadqiqotchi bo‘lib qolmay, balkir rasadxona uchun kuzatuvchi va tadqiqotchi bo‘lib qolmay, balki rasadxona uchun maxsus asbob-uskunalar ham yaratilgan. Shu ishlar natijasi o‘laroq olim va amaliyotchi muhandis “Al-komil fi-usturlob” (“Astrolyubiya haqida mukammal bilimlar”), “Fi-san’at va usturlob” (“Astrolyubiya yasash san’ati haqida”) kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ikki asar yozgan. Risolalar mavzu va mazmunlaridan Ahmad Farg‘oniyning chizmachilik san’ati va sir-sinoatini puxta bilgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki asbob-uskunalar dastlab qog‘ozga chizma holda tushiriladi, keyin amaliy mehnat va tajribalar orqali jism sifatida shakllantirildi.

Aniqrog‘i, Ahmad Farg‘oniy “Falakkiyot asoslari” nomli ilmiy-nazariy jihatdan mukammal kitobi bilan shuhrat qozondi. Akademik T.N.Qori-niyoziy so‘zlari bilan aytganda, o‘sha asar “astronomik bilimlarning o‘ziga xos qomusidir”.

Yana bir narsani ta’kidlash lozimki, “Falakkiyot asoslari” nomli asarida muallifning va boshqa olimlarning shu sohadagi namunali ishlari va ularning muvaffaqiyatlari asosli ravishda izchil yoritilgan. Shuningdek, Ahmad Farg‘oniy tomonidan muqaddam ahli ilm tadqiq ishlari qiyosiy o‘rganilgan. Demak, bu risoladan Ahmad Farg‘oniyga qadar yashab ijod etgan olimlar asarlari to’g’risida ham tegishli ilmiy va nazariy ma’lumotlar olish mumkin.

Ahmad Farg‘oniyning har qanday maqtovlarga muhtoj bo‘lmagan asarlari o‘zidan keyingi dunyo olimlariga qo‘llanma sifatida xizmat qildi va xizmat qilmoqda. Xuddi shu ma’noda buyuk olimni ajib muallif va pedagog sifatida qadrlaymiz.

Yevropada Al-Farg‘oniyning ilmiy asarlari Xorazmiy, beruniy, Ibn Sinolarningqatorida ijod qilgan degan fikr tug‘ilgan. Farg‘oniyshunoslik asrlar davomida fanda muhim ilmiy ishlar qatorida o‘irn tutadi. Al-Farg‘oniyning fikrlari Attor, Brauniul, Videman, Vist, Vernett, Gavani, Gerxard, Gool, Golius, Zuter, Dante, Delembr, Kampagni, Karmodi, Kennedi, Karistman, Mjik, Regiomontan, Reynaud, Sarton, Sevil, sezgin, Frank, Xispalensis, Xogeydaik, Shener, Shiller, Shneynshneyder, Yakubes kabi buyuk olimlar e’tiborini qozongan. Bizning asrimizda Al-Farg‘oniy ijodi bilan V.Bartold, I.Kraskovskiy, T.Qori-Niyozov, I. Muminov, P.Bulgakov, B.Rozenfeld,A.Yushkevich, B. Axmedov, G.Matvievskaya, I.Dobrovolskiy,M.Xayrullaev,N.Senrgeyeva,A.Axmedov,A.Qayumov,F.Sulaymonov shug‘ullanganlar va shug‘ullanib kelmoqdalar.

Guvohi bo’lganimizdek, Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlari nihoyatda boy. Uning tabiiy va ilmiy qarashlaridagi falsafiy mushohadalarning ahamiyati katta. U tabiatshunoslik falsafasiga ham o’z hissasini qo’shgan.




II-bob Ahmad al-Farg’oniyning tabiiy va ilmiy qarashlari

2.1 Ahmad al-Farg’oniy tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy tahlili

Guvohi bo’lganimizdek, Ahmad al-Farg’oniyning tabiiy va ilmiy qarashlari juda ham boy. Uning asosiy tadqiqot mavzusi astronomiya, jug’rofiya va geodeziya sohalarida edi. U ilmiy ishlar bilan bir qatorda, muhandislik, me’morlik va irrigatsiya sohalarida ham katta tadbirga bosh bo’ldi. U me’mor, suv injeneri, to’g’on qurish mutaxasisi bo’lmasada, uning boshchiligida qilingan ishlar o’sha davr fanining eng ilg’or g’oyalariga asoslangan edi. O’z tadqiqotlarining natijalarini arab, eron, yunon, fors, Misr va boshqa mamlakat olimlarining ilmiy xulosalari bilan solishtiradi. Farg’oniy fikricha, osmon doiraga o’xshashdir, negaki samoviy jismlarning burchakli harakatlari tezligi bir xildir. Yer ham doiradir. Uning kattaligi osmon diametriga nisbatan ozginadir. Bu shu bilan tasdiqlanadiki, inson hamisha osmonning teng yarmini ko’radi.

Aniqlanishicha, Ptolomeyda Quyosh va Oy bilan Yer orasidagi masofa haqida ma’lumot berilganligi al-Farg’oniyga ma’lum edi. Al-Farg’oniy sayyoralar va yulduzlar masofalarini ularga qo’shdi. Oy va Quyosh tutilishlarini tatbiq qilib, voqealar vaqt oralig’ini aniqlab berdi. Shundan so’ng astronomiya fani kelgusida sodir bo’ladigan voqealar ilmiga aylana boshladi.

Hali geliotsentrizm sharpasi yo’q zamonda al-Farg’oniy, Yer eng kichik yulduzdan ham kichikdir, degan fikr bilan maydonga chiqdi va unga asos qilib, Yer radiusi Osmon radiuslaridan juda ozligini aytdi. Yer shari go’yo bir nuqta bo’lib, uning kata kichikligini bilish uchun yerning diametrini, binobarin, uning meridian uzunligini o’lchash nihoyatda murakkab nazariy va amaliy masala ekanligi aniq edi. Al-Farg’oniyning bu ishiga Beruniy ham yuqori baho bergan.

Jumladan, u Dajla daryosiga tutashgan, tarixda Ja’fariya nomi bilan atalgan kanalning qazilishida rahbarlik qilgan. Shuningdek, 861 yida Fustotda (Qohira shahrining qadimiy nomi) barpo etilgan nilometr (Nil daryosi sathini o’lchash uchun mo’ljallangan inshoot) ham o’z davrida tengi yo’q edi. Alloma bu qurilishga o’zining shaxsiy mablag’larini ham sarfladi. Vujudga kelgan inshoot Misrda dehqonchilik, soliq tizimi sohalarida islohotlarni amalgam oshirishga sharoit yaratdi. Hokimiyat nilometrdan dehqonlardan olinadigan soliq miqdorini belgilashda foydalandi.

Ahmad al-Farg’oniy va Xristofor Kolumb o’rtasida o’ziga xos sirtqi munosobat vujudga kelgan. Xristofor Kolumbning shaxsiy kutubxonasida Farg’oniyning kitoblari va chizgan xaritalari ham mavjud bo’lgan. Bunga sabab Kolumbning xotini Portugal sayyohlaridan birining qizi bo’lgan. Portugallar azaldan arab xaritalaridan foydalanishgan. Umuman, Yevropa sayyohlari orasida al-Farg’oniy tuzgan xaritalar o’z mufassalligi va aniqligi bilan shuxrat qozongan hamda e’tiborli manbalardan bo’lgan.

Al-Farg’oniy Bag’doddagi Ma’mun akademiyasidagi faoliyati davomida rasadxonada ishlaydi. 1022 dan ortiq yulduz va sayyoralar ro’yxatga olinib, ularga xarita tuziladi. Olim koinotni ilmiy o’rganish va tahlil etishning yangi usullarini o’ylab topadi, ularni amaliy qo’llash bobida katta muvaffaqiyatlarga erishadi.

Astronomik tadqiqotlar olib borishda olim o’zidan avval o’tgan barcha allomalarning mavjud asarlarini ilmiy tahlildan o’tkazadi. Shu bilan birga qadimgi yunon olimlarining asarlarini mukammal egalladi, ularga tanqidiy yondashib, xatolarni asosli ravishda tuzatib chiqdi hamda mazkur fanlar rivojini yanada yuqori bosqichga ko’tardi. Ayniqsa, Klavdiy Ptolomeyning “Sintaksis Majesta” (“Ulug’ tartibot”) asari unga ko’mak beradi. Olim mazkur kitobni ilmiy o’rganib, tahlil etibgina qolmay, balki unga sharhlar ham yozadi. Ahmad al-Farg’oniy qadimgi yunon olimlari amalga oshira olmagan ishni bajaradi, ya’ni Yer va boshqa sayyoralar o’rtasidagi masofani aniqlab beradi.

Ma’lum bo’lishicha, samoviy jismlar harakatini Nyuton va Laplas massa harakatining dinamikasi shaklida, Kepler geometrik yo’sinda bayon etishgan bo’lsa, al-Far’oniy jadvallar shaklida izohlagan. Jadvalning fazilati – uning jonli mushohadalik tabiatidir.

Stereografik proyeksiyalar nazariyasining kashfiyotchisi al-Farg’oniydir. Quyosh, Oy, sayyoralar, yulduzlarning, binobarin, osmonning kelajak manzarasini bilish uchun geometrik – kinematik usul qabul qilib olinishida usturlob(astrolyabiya) asbobining ahamiyati katta bo’lgan. Osmon gumbazida mavhum ravishda joylashtirilgan meridian, ekvator, ekliptika, azimut, koordinata o’qlari va tizimlari, burchaklar, nuqtalarning doira asbobga proyeksiyalarini tushirish ancha qulayliktug’dirdi. Bu asbob oldin ham bor edi, lekin uning nazariyasini faqat al-Farg’oniy kashf etadi.

Shuningdek, Sinjor sahrosida al-Farg’oniy va Movarounnahrlik boshqa qator olimlar ishtirokida olib borilgan o’lchashlar natijasida hozirgi ilm nuqtai nazaridan katta aniqlikda bo’lmasa ham, bu ish xalifa al-Ma’mun davrida astronimiya va matematik geografiyaning barcha masalalari bo’yicha muntazam ilmiy izlanishlar olib borilgan. Al-Fa’rgoniy bu izlanishlar, o’lchash va kuzatishlarning faol qatnashchisi bo’lib, ularga maxsus asarlar bag’ishlagan.

Atoqli rus sharqshunosi I. YU. Krachkovskiy manbalarni sinchkovlik bilan tahlil qilib chiqargan xulosaga ko’ra, al-Farg’oniy ishtirokida Sinjor sahrosida Yer meridiani bir daraja uzunligi o’lchash ishlari 827 yilga yaqin olib borilgan. Lekin bu haqda xabar bergan Beruniy va Ibn Yunus aniq sanani k’orsatmaganlar.

Beruniy Sanad ibn Ali topgan Yer radiusining son qiymatini keltirmagan. Lekin aniq matematik qoida bilan Yer radiusining topilishining o’zi al-Ma’mun davridagi olimlarning, jumladan, al-Farg’oniyning katta yutug’i edi.

Misr mamlakati Nil havzasida joylashgan bo’lib, uning dehqonchilikka qulay qismi daryoning quyilishidagi yunonlarning delta harfi, ya’ni uchburchak shaklidagi kichik parchasini tashkil qiladi. Misrliklar juda qadim zamonlardan boshlab o’z hayotini Nilning “hulq-atvoriga” moslashtirganlar, ya’ni daryoning suv rejimi bilan muvofiqlashishiga uringanlar. Buning uchun ular har doim daryoning suvi ko’tarilish vaqtlarini bilishga harakat qilganlar. Bunday urinidhlar to Abbosiy xalifa al-Mutavakkil (847-861 yillar) davrigacha behuda ketavergan. Al-Mutavakkil Misrliklarni Nilning suv rejimi haqida ogohlantiruvchi bir qurilma uskuna yasashni al-Farg’oniyga topshiradi. Bag’doddagi “Bayt ul-Hikma” olimlarining eng ko’zga ko’ringani Ahmad al-Farg’oniy edi. Shuning uchun xalifa Nil suvi sathini o’lchovchi miqyosni barpo etish vazifasini unga yuklagan, lekin qurilma bitmasidan xalifa vafot etgan.

Nil miqyosini al-Farg’oniy al-Fustot shahridagi Ravzo orolida barpo etadi. Keyinchalik al-Fusto undan shimolroqda barpo etilgan Qohiraning tarkiby qismi bo’lib qoladi. Miqyos silindr shaklidagi bino ichida joylashgan bo’lib, uning tomi konus shaklidagi qubbadan iborat.

Ahmad al-Farg’oniy, shuningdek, o’z tadqiqotlarida islom kalendarini sharhlab beradi. U o’zining astronomiyaga bag’ishlangan risolasining so’ngida Yer kurrasining xaritasini beradi. Bu xaritaning o’ziga xos tomoni shundaki, bir davrda, bir akademiya doirasida yashab, ijod etgan ikki olim, al-Farg’oniy va al-Xorazmiy tuzgan Yer suratlari tamoman bir-biridan farq qiladi, ya’ni al-Farg’oniy al-Xorazmiy g’oyalarini rivojlantirgan bo’lib, o’ziga xos ilmiy salohiyati, qudratini namoyish qildi.

Ta’kidlaganimizdek, al-Farg’oniy tadqiq qilgan iqlim tushunchasi va iqlimlar guruhi Yevropa olimlari tomonidan tan olindi va fanda ancha vaqt xizmat qilib keldi, lekin keying asrlarda yeti iqlim o’rniga tropik, subtropik, ekvator, arktika, antarktida, qutblar, magnit qutblari, sovuqlik qutbi kabi tushunchalar paydo bo’ldi. Iqlimlar tasnifi o’zgargan bo’lsada, lekin al-Farg’oniyning o’sha asos qilib olgan qoidasi yangicha shaklda namoyon bo’lmoqda.

Xorazmiy xizmat qilgan Bag’doddagi “Hikmat”- lar uyi allomalari, shuningdek Ahmad Farg’oniy ishtirokigidagi Damashqdagi “Hikmat”lar uyidagi allomalar ham shug’ullanishgan muhim masalalardan biri bu hijriy qamariy va hijriy shamsiy va milodiy yillari orasidagi munosabat, ya’ni milodiydan hijriy qamariyga o’tish yoki aksincha, amallarni aniqlash edi. Chunki bu yil hisobi, ya’ni hijriy qamariy bo’yicha hisob yuritish islom ahlining kundalik zaruratiga aylangan edi.

Al-Farg’oniy yozadi: “Oylarning bu kunlari soni – Quyosh va OYning o’rtacha harakatida ijtimo’ qilishidan aniq hisoblash bilan olingan. Ammo yangi oy ko’rinishiga kelsak, u zoidlik yoki noqislik bilan farq qiladi. Bunda ketma-ket to’liq yoki noqis oylar kelishi kerak. Hamma vaqt ham hisoblab topilgan oy boshi va ko’rinma oy boshi bir kunga to’g’ri kelavermaydi. Ularning ikkalasi faqat uzoq zamonlarda teng bo’ladi”. Bu yerda aytilgan Quyosh va Oyning ijtimo’ qilishi, ya’ni qo’shilishlarning bir ekliptik uzunlikda eng yaqin masofada bo’lgan paytidir. Demak, al-Farg’oniyning so’zlariga ko’ra, bu yoritgichlarning ijtimo’ vaqtlari musulmon astronomlari tomonidan ancha ilgariroq aniq hisoblangan. Al-Farg’oniy o’z asarini ommabop qo’llanma tarzida yozgani uchun bu hisoblashlarni keltirmagan. Ijtimo’ vaqtlari oy boshiga, ya’ni hilol ko’rinishi paytiga to’g’ri keladi. Yangi oy – hilol ko’rinishi ikki xil usul bilan aniqlangan: birinchi va eng soddsi bu kuzatish bilan, ya’ni visual aniqlashdir. Bunda yangi oy Quyosh botganidan biroz so’ng g’arb ufqidan andak balandlikda ingichka o’roq shaklida ko’rinadi. Buni arabcha hilol, deyilgan. Lekin ingichka hilol yerning g’arbiy hududlarida sharqdagilarga, ya’ni, masalan, Marokoshda Bangladeshga nisbatan oldin ko’rinadi. Shuning uchun musulmon mamlakatlari kalendarlarida farq mavjud. Ramazon hayit turli mamlakatlarda bir kunga to’g’ri kelmasligining sababi ham shunda. Ammo yangi oy aniqlanishining ikkinchi usuliga kelsak, bu hisoblash bilan aniqlashdir. Hisoblash usuli aniq matematik qoidalarga asoslangan. Yangi oyni kuzatish aslida astronomik masalalardan biri bo’lsa ham, hijriy yil hisobi qamariy oylarga asoslanganligi sababli u islom vojibotlari nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etgan.

Aniqlanishicha, Arablarning yil va oylari haqida ma’lumot berganidan so’ng al-Farg’oniy oydan keyingi vaqt o’lchash davri – hafta haqida quyidagilarni aytadi:

“Arablarning oylarini hisoblaydigan kunlari yettitadir. Ularning boshi yakshanba u shanba kuni quyosh botishidan boshlanadi va oxiri Quyoshning yakshanba kunidagi botishi bo’ladi. Qolgan kunlar ham shunga o’xshash bo’ladi. Arablar har bir kecha kunduz boshini Quyosh botishi vaqtidan hisoblashlarining sababi shuki, ular oy kunlarini hisoblashni hilol ko’rinish vaqtidan boshlaydilar. Hilol ko’rinishi esa, Quyosh botishi paytida yuz beradi”.1

Hafta kunlarini “yettita” (sab’a) deydi. Aslida biz ishlatadigan “hafta” so’zi arabcha “usbu’”, yani “yettilik” so’zining forscha tarjimasidir. Xuddi shuningdek, bizdagi hafta kunlarining nomlari yakshanba, dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba aslida arabchadan forschaga tarjimadir. Al-Farg’oniy bu yerda hafta kunlaridan faqat yakshanba va shanbaning arabcha nomlari – yavmul ahad va yavmus sabtni keltirgan. Haftaning qolgan kunlarining nomlari: dushanba – yavmul isnayn, seshanba – yavmus sulasa, chorshanba – yavmul arba’a, payshanba – yavmul xamis, juma yavmul jum’a haqida to’xtalmaydi.

Hozirgi kunda arablar kecha-kunduzni, al-Farg’oniy aytganidek joriy kunduz oxiridagi Quyosh botishidan hisoblamay, barcha millatlar kabi yarimtundan, soat 24:00 dan boshlaydilar.

Al-Farg’oniy arab taqvimi haqida xabar berganidan so’ng, xalifalikdagi boshqa yirik xalqlar – yunonlar, suryonlar, forslar va qibtlarning kalendarlari haqida xabar keltiradi.

Bilishimizcha, Al-Farg’oniy “Eralar”, deb atalgan o’ta diqqatga sazovor quyidagi kichik bir bo’limni keltiradi:

“Arablar erasi nabiyulloh alayhissalom Makkadan Madinaga hijrat qilgan yilning boshidan boshlangan, uning boshi esa juma kuni edi .”

“Forslar erasi Yazdigard ibn Shahriyor ibn Kisro podsho bo’lgan yilining boshidan boshlanadi, uning boshi esa seshanba kuni edi”.

“Rumlar va Suryonlar erasi boshi Iskandar yilining boshi bilan bir xil, u dushanba kunidir. Iskandar – bu Zul-Qarnayn”.

“Al-Majistiy” kitobida qibtlar erasining boshi Buxtunasr podshoh bo’lgan yil boshidan boshlanadi. Uning boshi chorshanba kuni edi. Ptolomey zijida qibt erasi Filipp yilining boshidan – yakshanba kunidan boshlanadi.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish joizki, bitiruv-malakaviy ishimda Ahmad al-Farg’oniyning shaxsiyati, ijodi, tabiiy ilmiy qarashlari va ularning falsafiy tahlilini tadqiq etar ekanman, uning ulug’ nomini xalqimizga yaqindan tanitish, amalga oshirgan ishlari, yutuqlari bilan faxrlanishimiz lozim. Al-Farg’oniy kabi buyuk bobokalonlarimizning nomlarini va asarlarini tiklashimiz milliy qadriyatlarimizni anglashda, o’zligimizni idrok etishimizda ibratli saboq bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, xalqaro hamjamiyatda o’zimizning munosib mavqeimizni egallashimizda muhim o’rin tutadi.

O’ylaymanki, yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning o’ziyoq mashhur al-Farg’oniyning haqiqatdan ham fan va madaniyat tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk olim ekanligini ko’rsatadi. Ilk o’rta asrlarda hali ko’p mamlakatlar va xalqlar qoloqlik va g’aflat uyqusida yotgan bir paytda, bu olimning ilmlarning yuksak cho’qqilariga va avvalo dunyo miqyosida ilm shuhratiga erisha olgani kishini hayratda qoldiradi.

Ahmad al-Farg’oniy birinchilar qatorida osmonning sfera shaklida ekanligi, undagi harakatlar aylanma ekanligini aniqlaganiga qoyil qolish mumkin, chunki o’sha davrda hozirgidek texnika rivojlanmaganini hisobga olish lozim.

Bitiruv-malakaviy ishimda Al-Farg’oniyning misolida biz Vatanimizning o’tmish tarixi va madaniyatiga, uning tabiiy va ilmiy qarashlarining falsafiy jihatlari, hamda tabiatshunoslik falsafasiga qo’shgan hissasi haqidagi qarashlariga nazar tashladim. Dunyoga al-Farg’oniy va al-Xorazmiy, Beruniy va Ulug’beklarni bergan bu Vatan qadimgi boy va buyuk madaniyatga ega bo’lganligiga yana bir bor guvoh bo’ldim.

Ahmad al-Farg’oniy tabiatshunoslik falsafasiga katta hissa qo’shganligi, uning rivojlanishiga o’z bilimlari bilan hissa qo’shib boyitganiga ushbu bitiruv-malakaviy ishimni yozishda bunga yana bir bora amin bo’ldim.

Bilishimcha, Ahmad al-Farg’oniy ko’plab qomusiy asarlar muallifi ekanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Biroq uning ba’zi ishlari bizgacha yetib kelmagan.

Foydalangan adabiyotlar:

Kitob va monografiyalar:


  1. Islom Karimov “Milliy davlatchilik, istiqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to’g’risida” T; “O’zbekiston”. 1999 yil

  2. Ashraf Ahmedov “Ahmad al-Farg’oniy” Markaziy Osiyo tadqiqotlar institute – Toshkent. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi 1998 yil

  3. Aziz Qayumov “Ahmad al-Farg’oniy” - Toshkent Ma’naviyat 1998 yil

  4. Bo’riyev Olimjon “Ahmad al-Farg’oniy” – Toshkent O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti 1998 yil

  5. Usmonov Toshpo’lat “Ahmad Farg’oniy va Bayt ul-hikma” Orta umumiy ta’lim maktablari, litseylar va kollejlar uchun o’quv qo’llanma. 1998yil

  6. Aziz Qayumov “Ahmad Farg’oniy” – Toshkent; Fan. 1990 yil

  7. Shirinov T.Sh “Ahmad al-Farg’oniy davrida Kubo shahri” O’zRFA – Toshkent; Fan. 1998 yil

  8. Ibodov Javadulla “Ahmad al-Farg’oniyning riyoziyot va falakiyot tarixidagi o’rni” O’zbekiston Respublikasi davlat fan va texnika komiteti, Toshkent avtomobil va yo’llar ins.ti. Toshkent Istiqlol 1998 yil

  9. T.N Qori Niyoziy “Ulug’bekning astronomiya maktabi” 1950 yil

  10. Ibodov J. , Matviyevskaya G.P. “Ulug’bek shogirdi – ali Qushchi” Toshkent; Fan 1994 yil

  11. “O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar” Xayrullayev M.M tahriri ostida T; “O’zbekiston” 1995 yil.

  12. Ahmedova M. “Falsafa” Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent – 2006 yil


Rus tilidagi adabiyotlar:

  1. Матвиевская Г.П Ал-Фeргани выдающийся ученый средневсковья – Ташкент; Oqituvchi 1998 yil

  2. “Классическая наука Средней Азии и современная мировая цивилизация” Под редакцией П.К Хабибуллаев, А.Ф.Файзуллаева Издательство «Фан» Академии наук Республика Узбекистан 2000г. Ст.102-111

  3. Беруни. «Тавхим». См. Крачковский И.Ю. Арабская географическая литература. М. 1962.

  4. Бернштам А.н. Древная Фергана. Ташкент. 1951.

  5. Абу Райхон Беруни. Избраные произведения. Т.1. –Т., 1957

  6. Абу Райхон Беруни. Избраные произведения. Т.2. – Т.,1963

  7. Булгаков П.Г., Розенфельд Б.А., Ахмедов А.А Мухаммад ал-Хоразми. – М.. 1973.


Ensiklopediya va floralar:

O’zbekiston Respublikasi Ensiklopediyasi. Toshkent. 1997 yil 56-bet


Sharq tilidagi adabiyotlar:

  1. ماجد فخرى. تاريخ الفلسفة الاسلامية. – بيروت: دار المتحدة للنشر ١٩٧٤، ص. ١٦٠.

  2. Можед Фахри. Ислом фалсафаси тарихи. –Байрут. 1974. –Б.160. (араб

3. الفلاسفة الاسلامية و بناء الانسان المعاصر، القاهرة، ١٩٩٧، ص. ٦٧

الغزالي: إحياء علوم الدين» للإمام أبي حامد محمد بن محمدالغزالي. دار المنار، القاهرة سنة 997 م.

الفلسفة الإسلامية و بناء الإنسان المعاصر. الجيزة، العمرانية، 1997. -550 ص .4

الغزالي ابو حامد. تهافت الفلاسفة. بيروت، دار المشريق، 1990 م .5

ابن سينا، حسين. الإشارات والتنبيهات القسم الثاني، قابل: كتاب الشفاء، الطبيعة القسم الأول.القاهرة 1957ص281. Xorijiy adabiyotlar:

  1. Bernard P. The Greek Kingdoms of Central Asia. – Op.cit., pp.99-129. See p.100

  2. Nallino C.A Raccolta di scritti editi et inediti, vol.5. Astrologia, astronomia, geografia. Roma, 1944, p.238-240

  3. Puri B.N The Kushans. Op.cit.,pp. 247-263

  4. Sezgin F. Geschichte des arabischen Schrifttums. Bd. 6. Astronomie. Leiden, E.J.Brill, 1978, S.7-11


Internet ma’lumotlari:

  1. http://www.geocities.com/fergani/adebietstories.html




  1. http://www.persialand.ru/ahmadfarganii.html




  1. http://www.meshrep.com/Contact_us/ahmadal-fergani/2.jpg




  1. http://www.meshrep.com/Contact_us/ahnad al-fergani/ahmad al-fargani.jpg




  1. (http://www..com/Contact_us/ahnad al-fergani/ahmad_al_fergani.htm)




  1. www.kitap.net.ru/astrnomy.php




  1. www.proteus2001.narod.ru/ahmad




  1. http://rapidshare.com/files/26697709/xorazmiy.rar




  1. http://rapidshare.com/files/26697710/astronomy_djvu.rar




  1. http://rapidshare.com/files/26697711/01.pdf




  1. http://www.peoples.ru/art/literature/poetry/oldage/astronomiy/




1 Ashraf Ahmedov. “Ahmad al-Farg’oniy”. 67-69-betlar.




Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish