Hujjatni saqlash
Hujjatni saqlashni eng oson yo`llaridan bir bu Save metodini chaqirish orqali hujjatini saqlashdir. Masalan: W.ActiveDocument.Save. Agar hujjat diskda saqlangan bo`lsa bu yo`lni ishlatish qulayroqdir. Biz bu metod yordamida yaratilgan hujjatni saqlamoqchi bo`lganimizda word dasturi tomonidan aktivlashgan dialog oynasi ochiladi (Hujjatni saqlash muloqot oynasi).
2.1.6 – chizma. Save metodi orqali yangi hujjatni saqlash
Agar biz dialogni saqlamasdan yopsak, xatolik kelib chiqadi (2.1.7 – chizma). Xatolar paydo bo`lishini oldini olish uchun hujatni saqlash protsedurasi paytida istisno vaziyatlarni ko`rib chiqish kerak.
2.1.7 – chizma. Save metodi bajarilish vaqtidagi xatolik
Delphi tilidagi try…except…end konstrukisayisini ishlating. Hujjatni saqlash dialog oynasini chiqarish kerak, lekin xatolik sodir bo`lgan vaqtda uni oldini olish mumkin. Xatolardan qochishning samarali usullaridan biri “hujjat saqlangan yoki yo`q” tekshiruvi va SaveAs metodini ishlatish kerak. Ochilgan hujjatning diskga saqlanganligini tekshirish uchun Saved hujjatning xususiyatini ishlating. Agar u True qiymatni qabul qilsa unda hujjat saqlangan. Agar False bo`lsa hujjat saqlanmagan.
Quydagi dastur matnini ko`ramiz
Procedure TForm1.Button8Click(Sender:TObject);
begin
if W.ActiveDocument.Saved then
Messagebox(handle,'Hujjat saqlangan!' ,'Ogoh bo`ling!',0) ;
if notW.ActiveDocument.Saved then
Messagebox(handle,'Hujjat saqlanmagan!',' Ogoh bo`ling!',0) ;
end;
Bu dasturning natijasi quyidagilardan birini chiqaradi
2.1.8 – chizma. Saved metodi orqali tekshirish
Agar qo`shimcha yaratilgan hujjat saqlanmagan bo`lsa uning diskga yozish uchun SaveAs metodidan foydalanamiz. VisualBasic tilining tasnifida u quyida-gicha kiritilgan.
ActiveDocument.SaveAs(FileName, FileFormat, LockComments, Password,
AddToRecentFiles, WritePassword, ReadOnlyRecommended,
EmbedTrueTypeFonts, SaveNativePictureFormat, SaveFormsData,
SaveAsAOCELetter)
SaveAs metodida argumentlar rejimi va saqlanayotgan hujjat formatini aniqlaydi. Ularni metodni chaqirganda word dasturini oddiy foydalanuvchi rejimidagidek bir xil natijaga ega. Metodning argumentlari, ularning tiplari va funksional qo`llanilishlari 2.1.5-jadvalda berilgan.
2.1.5 – jadval. SaveAs metodining argumenti va vazifalari
Argumenti
|
Tipi
|
Ma`nosi
|
FileName
|
String
|
Faylning ismi va joylashuvi
|
FileFormat
|
Son
|
Faylning formati, Open metodida ko`rildi
|
LockComments
|
Boolean
|
True – izohlarni saqlamaslik
|
Password
|
String
|
Hujjatning ochilishi uchun parol
|
AddToRecentFiles
|
Boolean
|
True—File menyusining oldin ochilgan fayllar ro`yxatiga qo`shilishi
|
WritePassword
|
String
|
Hujjatning salanishi uchun parol
|
ReadOnlyRecommended
|
Boolean
|
True- keyingi safar yopmasdan hujjatni ochishga “o`qish uchun ochish”
|
EmbedTrueTypeFonts
|
Boolean
|
True- Hujjatni salagan vaqtda TrueType shriftda hujjatning barcha matnlaini o`tkazish
|
SaveNativePictureFormat
|
Boolean
|
Windows OT da qo`llanilib bo`lmaydi. Grafikani import qilish.
True – Windows da ishlatiladigan grafikalarni import qilish
|
SaveFormsData
|
Boolean
|
True-Hujjat formasini matnsiz saqlash
|
SaveAsAOCELetter
|
Boolean
|
Apple Machintosh kompyuterlari uchun mo`ljallangan Word versiyalarida ishlatiladi
|
SaveAs metodini chaqirishda faqat bitta emas balki bir nechta argumentlardan ham foydalanish mumkin. Odatda bitta fayl nomi va manzili argumentidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |