Hujjatni ochish.
Oldinroq yaratilgan hujatlarni Open metodi yordamida ochish mumkin. Metodni chaqirishda ko`plab argumentlar kiritishimiz mumkin, lekin ularning eng asosiysi bu faylning ismi va yo`liga murojaatdir. Oldinroq ochilgan hujatni ochamiz. Dasturning matn bo`lagi quyidagi ko`rinishda bo`ladi.
Hujjatning ochilishi:
Procedure TForml.Button4Click(Sender:TObject);
Var dir_:string;
begin
GetDir(0, dir_);
If not OpenDialog2.Execute then begin chdir(dir_); exit; end;
chdir(dir_);
W.Documents.Open(OpenDialog2.FileName);
end;
Berilgan kodning natijasi 2.1.4-chizmada ko`rsatilgan.
Documents kolleksiyasining Open metodini ko`plab argumentlari yordamida chaqirish mumkin. VisualBasic ma`lumot tizimiga murojaat qilamiz va bu metodning sintaksis va argumentlarini ko`rib chiqamiz (2.1.3 - jadval).
2.1.4 – chizma. Open metodi orqali hujjatni ochish
Open metodini sintaksisi
Documents.Open( FileName, ConfirmConversions, ReadOnly, AddToRecentFiles, PasswordDocument, PasswordTemplate, Revert, WritePasswordDocument, WritePasswordTemplate, Format)
2.1.3 – jadval. Open metodining argumetlari va uning vazifalari
Argumenti
|
Tipi
|
Ma`nosi
|
FileName
|
String
|
Fayl nomi va manzili
|
ConfirmConversions
|
Boolean
|
False—DOC formatidan farqli fayllarni ochish vaqtida faylni qayta formatini aniqlash muloqot oynasini chiqmasligi. True qiymatida muloqot oynani chiqishi
|
Readonly
|
Boolean
|
True—"только для чтения" rejimida hujjatni ochish
|
AddToRecentFiles
|
Boolean
|
True—File menyusining oldin ochilgan fayllar ro`yxatiga qo`shilishi
|
PasswordDocument
|
String
|
Hujjatni ochilishidagi paroli
|
PasswordTemplate
|
String
|
Shablonni ochilishidagi paroli
|
Revert
|
Boolean
|
True—agar hujjat ochiq bo`lsa, saqlangan holatidagi hujjat asosida ochilishi
|
WritePasswordDocument
|
String
|
Hujjatni faylga salanishidagi paroli
|
WritePasswordTemplate
|
String
|
Shablonni faylga salanishidagi paroli
|
Format
|
Son
|
Hujjatni ochishdagi formati
|
Open metodini chaqirganda ba`zi argumentlari e`tiborga olmasligimiz mumkin. Masalan: W.Documents.Open(FileName) chaqiruvchi qo`himcha imko-niyatlarsiz faylni ochadi. Agar chaqiruv sintaksisini ozgina o`zgartirsak. W.Documents.Open(FileName:= 'C:\Documents.doc'); unda ham natija bir xil bo`ladi. Agar bizga "только для чтения" rajimiga hujatni ochish buyurilsa, quyidagi sintaksisdan foydalanishimiz mumkin.
W.Documents.Open(FileName:='с:\Документ1.doc', Readonly:=True);
Formamizga tugmani joylashtiramiz va hujjatlarni "только для чтения" rejimida ocha oladigan dastur kodini yozamiz.
Procedure TForml.Button5Click(Sender: TObject);
Var dir_:string;
begin
GetDir(0,dir_);
If not Open Dialog2.Execute then begin chdir(dir_); exit;
end;
chdir(dir_);
W.Documents.Open(OpenDialog2.FileName,Readonly:=true);
end;
Agar hujjatni ochish uchun ikkita emas uchta argument kerak bo`lsa, unda sintaksis bir yozuvga o`zgaradi. Masalan: "только для чтения" rejimida parol bilan himoyalangan hujatni ochamiz.
W .Documents.Open( FileName:='с :\Документ1.dос', Readonly:=True, PasswordDocument:='123' ) ;
Bu yerda “123” parol. E`tiboringizni ADD metodining oxirgi argumenti- Format ga qaratamiz. Bu argumentning butun sonli qiymatdan iborat bo`ladi va ochiladigan hujjatning formatini aniqlaydi.
2.1.4 – jadval. Format argumentining qiymati va hujjat formatlari
O`zgarmas
|
Qiymat
|
Hujjatning ochilish formati
|
WdOpenFormatAuto
|
0
|
Avtomatik tanlanishi
|
WdOpenFormatDocument
|
1
|
Word hujjati (DOC kengaytmali fayl)
|
WdOpenFormatRTF
|
3
|
RTF formatidagi hujjat (RTF kengaytmali fayl)
|
WdOpenFormatTemplate
|
2
|
Word Shabloni(DOT kengaytmali fayl)
|
WdOpenFormatText
|
4
|
Matn (ТХТ kengaytmali fayl)
|
WdOpenFormatUnicodeText
|
5
|
Kodlangan matn (ТХТ kengaytmali fayl)— UNICODE formatida
|
TXT formatli matnli faylni ochamiz. Buning uchun formaga yangi tugma qo`yamiz va quyidagi dastur kodini yozamiz:
TXT formatida hujjatni ochish.
Procedure TForm1.Button7Click(Sender:TObject);
const WdOpenFormatText:=4;
Var dir_:string;
a_:integer;
eee_:string;
begin
GetDir(0,dir_);
If not OpenDialog3.Execute then begin chdir(dir_); exit; end;
chdir(dir_);
W.Documents.Open(OpenDialog3.FileName, Format:=wdOpenFormatText);
end;
Bu dasturning ishga tushirganda va hozirgi yozilgan protsedura ishga tushganda natijasi quyidagicha bo`ladi.
2.1.5 – chizma. Open metodi orqali TXT formatli hujjatni ochish
Do'stlaringiz bilan baham: |