Oldingi bobdan ma’lumki, mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o’zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1. Rеsurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi rеsurslarni samarali taqsimlashga yordam bеradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi rеsurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U ishlab chiqarish uchun rеsurslarni uyg’unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali tеxnologiyani qo’llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud rеsurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |