Ii. Asosiy qism inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat


INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI – OLIY QADRIYAT



Download 42,32 Kb.
bet3/5
Sana01.01.2022
Hajmi42,32 Kb.
#296526
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi

INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI – OLIY QADRIYAT

1.1. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati Inson huquqlari va erkinliklari – oliy qadriyat Inson huquqlari insoniyat mavjudligining va birgalikda yashashining asosidir. Inson huquqlari barcha uchun umumiy, ajralmas va o’zaro bog’liqdir. Aynan inson huquqlari bizni odam qiladi. Inson huquqlari mavjud barcha dinlar va madaniyatlarga xos bo’lgan va tinchlik va taraqqiyot asos bo’lgan o’zaro kelishuvchanlik an’anasini o’zida mujassamlashtirgandir. Inson huquqlari hech bir madaniyat uchun begona emas va barcha xalqlar uchun tabiiydir. Kelishuvchanlik va bag’rikenglik doimo davlat boshqaruvi va inson axloqining intilish tamoyillari bo’lib kelgan. Inson huquqlari xususida gap borganida, har qanday huquq nazarda tutilavermaydi. Zotan, har bir kishi ko’ngli tusagan taomni iste’mol qilish yoki o’zi kiyimni kiyish kabi huquqlarga ham ega. Lekin bunday huquqlar normativ jihatdan tartibga solinmaydi. Bunga hojat ham yo’q. Chunki bular jamiyatning milliy-madaniy va ma’naviy qoidalari, an’analari, odat normalari bilan tartibga solinadi. Hozirgi kunda ana shu tamoyillar inson huquqlari deb atalmoqda. Inson huquqlari tushunchasi xususida shuni ta’kidlash joizki, bu ibora ob’ektiv va sub’ektiv ma’noda qo’llaniladi. Ob’ektiv ma’noda, inson huquqlari bu shaxsning huquqiy maqomini belgilovchi, jamiyatda davlat va shaxs o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning tartibga soluvchi xalqaro va milliy huquqiy normalar tizimidir. Sub’ektiv ma’noda, esa inson huquqlari bu huquqiy normalarda mustahkamlangan, muayyan shaxsga tegishli bo’lgan va davlat tomonidan himoya qilinadigan yurish-turish va hatti-harakatlar imkoniyati yoki vakolatlar tizimidir1 . Inson huquqlari tushunchasi va unga bo’lgan e’tibor B. Spinoza va T.Gobbs asarlarida, ularning o’sha davrga xos siyosiy falsafasida chuqur iz qoldirgan. Bu J.Lokk, Sh.L.Monteske, J.J.Russo va G.V.Gegel asarlarida1 yanada rivojlantirildi.



Qadimgi yunon faylasufi Arastuning “inson – ijtimoiy mavjudot” degan fikri inson huquqlari nuqtai nazaridan o’ziga xos ahamiyatga ega. Inson ijtimoiy mavjudod sifatida o’z mohiyatini jamiyat tarkibida namoyon qilishi mumkin. “Har qanday huquq, shu jumladan inson huquqlari kishining biologik mohiyati bilan emas, balki uning ijtimoiy mohiyati, muayyan jamiyat a’zosi ekanligidan kelib chiqadi. Demak, jamiyatdan tashqarida, boshqa kishilar bilan biron-bir ijtimoiy munosabatlarga kirishmaydigan odamning huquq va erkinliklari to’g’risida gapirishning o’zi o’rinsizdir. Inson huquqlari falsafasining asosi – bu shaxs qadr-qimmatidir. Tabiiy huquq ta’limoti asoschilaridan biri, fransuz mutafakkiri J.J.Russoning fikricha, inson qadr-qimmati uning mohiyatidir, o’z erkinligidan voz kechish-insonning o’z qadr - qimmatidan, huquqlaridan, majburiyatlaridan voz kechish demakdir. Bu inson tabiatiga ziddir 2 . Inson qadr-qimmati uning huquq va erkinliklari hamda majburiyatlarining manbai hisoblanadi. Holbuki, yetarli huquq va erkinliklarga hamda muayyan majburiyatlarga ega bo’libgina inson shaxs sifatida o’z imkoniyatlarini namoyon qila oladi. Bu o’z navbatida insoniyat taraqqiyotiga yo’l ochib beradi. Inson huquqlari – moddiy va ma’naviy ne’mat, shart-sharoitlar tizimidir, bularsiz inson normal hayotiy faoliyatini yo’lga qo’yishi, fazilat va xususiyatlari rivojlanishiga erishish, “fuqarolik manfaatlari”ni amalga oshirish mumkin emas. Fuqarolik manfaatlari, deb men hayot, erkinlik, sog’liqni va jismoniy azobuqubatlarning yo’qligi hamda pul, yer, turar-joy, uy anjomlari va boshqa moddiy ne’matlarga ega bo’lishni tushunaman, - deb yozgan edi J.Lokk 3 . “Inson huquqlar” – quloqqa hush yoqadigan bu ibora XX asrning so’nggi choragida dunyo xalqlarining so’z qutisida eng iste’molbop kalomga aylandi va butun siyosatchilar va arboblarning tili uchida turadi. Salohiyatli davlat arbobining tilida bu so’zlar odamlarning qutlug’ niyatlarini ifoda etsa, o’zini “oppozitsiya” ataydigan siyosatbozlar ularni notoza siyosiy “qimorbozlik”larida “ko’pzo’r” (“kozir”) qartaga aylantirib olmoqchi bo’ladilar 1 . AQSH, Rossiya kabi ulkan davlatlarning ayrim arboblari esa yangi mustaqil davlatlarning irodali rahbarlarini o’z yo’rig’lariga yurgizish maqsadida “Inson huquqlari”ni zohiriy va botiniy intilishlariga niqob qilib kiydirishmoqchi bo’ladilar. “Inson huquqlarini poymol qilgan”likda, “rusiyzabon aholini kamsitish”da ayblayotib, ular faqat insonning siyosiy huquqlarini nazarda tutadilar, holbuki insonning yashash, nasl qoldirish, mehnat qilish kabi odamiy, ijtimoiy-iqtisodiy, fuqaroviy, madaniy huquqlari ham bor 2 . Har bir inson millati, irqi, ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar, boshqa insonga teng ekani kabi boyligi, harbiy qudrati, aholisi-hududiy kengligidan qat’iy nazar, jahon hamjamiyati qoshida har bir mamlakat boshqa mamlakat bilan teng huquqlidir. Ulkan davlatlar huquqi ko’p bo’lishi mumkin emas, mas’uliyati esa ko’p bo’lmog’i kerak. “Inson huquqlariga haqiqiy kuch bag’ishlovchi narsa ularning umumiyligidir. U har qanday chegaralarni kesib o’tadi, har qanday to’siqlarni bartaraf etadi, har qanday kuchni mavh etadi. Inson huquqlari uchun kurash hamma vaqt va hamma yerda yakkahokimlik va adolatsizlikning barcha shakllariga: qullik, mustamlakachilik, aparteidaga qarshi kurash bo’lib kelgan. Bugungi kunda uning dolzarbligi kamaygan yoki mohiyati o’zgargan emas”3 . Inson huquqlarini himoya qilish zarurati shunday vaqtda yuzaga keldiki inson, uning qadr-qimmati, shani, or-nomusi, g’ururi va eng muhimi uning hayoti hech qanday ahamiyat kasb etmay qolgan davr edi. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki, Buyuk Britaniya, Chor Rossiyasi, Fransiya va boshqa davlatlarning mustamlakachilik siyosati yoki butun dunyo ommasini larzaga solgan ikki birbiridan katta jahon urushlari. Ana shu davrda insonning qadri bir chaqalik qiymatga ega emas edi. Birgina ikkinchi jahon urushi davrini misol qilib olaylik, fashistlar germaniyasi tomonidan qanchadan-qancha odamlar turli xil juda jirkanch yo’llar orqali shavqatsizlik bilan o’ldirib yuborildi. Ular ustida turli xil tajribalaro’tkazildi, vaholanki, bunday jirkanch ishlarni inson bolasi qilganligiga ishonish qiyindir. Inson huquqlari himoyasi tarixan katta yo’lni bosib o’tdi. Inson huquqlari va erkinliklari tizimi o’z yaralish ibtidosi va rivojlanish mantiqiga ega.

1.2. Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning o’rni



O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlat qurishni o’z oldiga pirovard maqsad qilib qo’ydi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy mezonlaridan biridir. Demokratiyaning eng muborak afzalligi uning insoniy qadr-qimmatga munosabatidir. Insoniy qadr-qimmatni e’zozlashda hech bir tuzum demokratiyaga teng kelolmaydi 2 . “O’zbekiston demokratik qadriyatlarni, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni o’zi uch1.2. Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning o’rni O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlat qurishni o’z oldiga pirovard maqsad qilib qo’ydi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy mezonlaridan biridir. Demokratiyaning eng muborak afzalligi uning insoniy qadr-qimmatga munosabatidir. Insoniy qadr-qimmatni e’zozlashda hech bir tuzum demokratiyaga teng kelolmaydi2 . “O’zbekiston demokratik qadriyatlarni, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni o’zi uchun eng ustuvor qadriyat sifatida tanladi” 3 . Demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun oliy qadriyat sifatida belgilab olindi. “Inson huquqlari va demokratiya singari umumbashariy qadriyatlar un eng ustuvor qadriyat sifatida tanladi”3 . Demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun oliy qadriyat sifatida belgilab olindi. “Inson huquqlari va demokratiya singari umumbashariy qadriyatlarhokimiyatning huquq bilan cheklab qo’yilishi va tiyib turish kabi asosiy tamoyillarini amalga oshirish mantiqsizdir1 . O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini ko’lga kiritishi mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismlari bo’lgan inson huquqlari va manfaatlari kabi demokratik qadriyatni rivojlantirish imkoniyatini berdi. Inson huquqlari yuksak darajada ta’minlanadigan ijtimoiy makon fuqarolik jamiyatidir. O’zbekistonda bunday jamiyat qurish amaliy izga ko’chganligi mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasidan yaqqol ko’rinib turibdi. Ma’ruzada fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. Barcha yo’nalishdagi sa’y-harakatlar va ijtimoiy- siyosiy faoliyatning bosh mezoni inson ekanligi alohida ta’kidlangani diqqatga sazovordir2 . Istiqlol yillari davomida respublikada amalga oshirilayotgan barcha jabhalardagi islohotlar inson qadr-qimmatini yuksaltirish, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat tuyg’usini shakllantirish, aholi uchun munosib turmush tarzini yaratishga qaratilgan. Inson huquqlarini qonun bilan himoya qilish va amalga oshirish – jamiyat demokratligining muhim va birlamchi ko’rsatkichidir. Insonning e’lon qilingan huquqlari uning yuqori darajasi va ularga og’ishmay rioya etish huquqiy davlatning ajralmas belgisi bo’lmog’i kerak.


Download 42,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish