Payariq tumani “Ziyaboy Ortiqov” fermer xo’jaligining asosiy vositalar
bilan ta’minlanish darajasining omilli tahlili*
Payariq tumani “Ziyaboy Ortiqov” fermer xo’jaligining asosiy vositalar
bilan ta’minlanish darajasining omilli tahlili (4.2.2-jadval)dan shu narsa aniq
bo’ldiki, fermer xo’jaligining asosiy vositalari bilan ta’minlanish darajasining
o’zgarishiga asosiy vositalar hajmining o’zgarishi (+337 ming so’mga) ijobiy, yer
maydoni hajmining o’zgarishi (-187,2 gektarga) salbiy ta’sir qilishi natijasida
fermer xo’jaligining asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasi 2013 yilda 2011
yilga nisbatan 15,5 foizga yoki 149,8 ming so’mga oshgan.
2.Asosiy vositalaridan foydalanish samaradorligi tahlili.
Asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajasi oshgan sayin ishlab chiqarish rivojlanib, uning hajmi oshib boradi. SHuning uchun asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligi darajasini o`rganish asosida mavjud imkoniyatlarini aniqlash katta ahamiyatga egadir. Ushbu bo`limda asosiy vositalardan (fondlardan) foydalanish samaradorligi ko`rsatkichlarini hisoblash usullari va tahlil qilish yo`llari yoritildi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi quyidagi 3 ta ko`rsatkich bilan ifodalanadi:
1. Fond qaytimi (FQ) – bu yalpi mahsulot hajmini (YAM) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik qiymatiga (AIF) nisbati tariqasida aniqlanadi:
Bu ko`rsatkich 1 so`mlik asosiy fondlar hajmi hisobiga etishtirilgan yalpi mahsulot hajmini (summasi) bildiradi. Ushbu ko`rsatkich taxlil etilayotgan davrda oshgan bo`lsa, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi.
2. Fond sig`imi (FS) – fond qaytimini aksini ifodalovchi ko`rsatkichdir:
Bu ko`rsatkich 1 so`mlik yalpi mahsulot hajmiga to`g`ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari summasini bildiradi. Ushbu ko`rsatkich pasaygan bo`lsa, bu fondlardan foydalanish samaradorligini oshganligini ko`rsatadi.
3. Fond rentabelligi (FR) – sof foydani (SF) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik hajmiga (AIF) bo`lish orqali aniqlanadigan ko`rsatkich:
Bu ko`rsatkich 1 so`mlik asosiy ishlab chiqarish fondlari hisobiga olingan sof foyda summasini bildiradi.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ko`rsatkichlarining tahlili solishtirish va zanjirli bog`lanish usullari yordamida amalga oshiriladi.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ko`rsatkichlarining har-bir turi
bo`yicha hisobot yilidagi ko`rsatkichini bazis yilidagisiga solishtirib o`zgarishi
aniqlanadi, so`ngra o`zgarishning sabablari topiladi. Omillar ta`sirini «Zanjirli
bog`lanish» yoki indeks usullaridan foydalanib, aniqlash mumkin.
Biz asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining tahlilini uning asosiy ko`rsatkichi bo`lgan fond qaytimi misolida ko`rib chiqamiz.
Hisobot yilidagi fond qaytimini bazis yilidagi fond qaytimiga solishtirib, uning umumiy o`zgarishi (oshgan yoki kamayganligi) aniqlanadi:
bunda, AIF0, AIF1 – mos holda bazis va hisobot yillaridagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik qiymati (hajmi);
YAM0, YAM1 – mos holda bazis va hisobot yillaridagi yalpi mahsulot qiymati (hajmi).
Bu o`zgarish ikki omil hisobiga sodir bo`ladi:
1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik hajmining o`zgarishi;
2. YAlpi mahsulot hajmining o`zgarishi.
Fond qaytimining o`zgarishiga omillarning ta`sirini «Zanjirli bog`lanish»
usulidan foydalanib aniqlaymiz. Omillarning ta`sirini aniqlashdan oldin shartli fond qaytimi ko`rsatkichini aniqlab olish zarur. Buni aniqlash uchun bazis yilidagi yalpi mahsulot hajmini hisobot yilidagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik qiymatiga bo`lish kerak:
Fond qaytimining o`zgarishiga birinchi omilning, ya`ni asosiy fondlar hajmi
o`zgarishining ta`sirini aniqlash uchun shartli fond qaytimi ko`rsatkichidan bazis yilidagi fond qaytimi ko`rsatkichini chegirib tashlash kerak:
Fond qaytimining o`zgarishiga ikkinchi omilning, ya`ni yalpi mahsulot hajmi
o`zgarishining ta`sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi fond qaytimi ko`rsatkichidan shartli fond qaytimi ko`rsatkichini chegirib tashlash kerak:
SHu ikki omil ta`sirlarining yig`indisi fond qaytimining umumiy o`zgarishiga teng kelishi shart. SHu hisob-kitoblardan so`ng fond qaytimi dinamikasining o`zgarishiga xulosa qilinadi, uni oshirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak. Endi, keltirilgan amaliy ma`lumotlar asosida fond qaytimi dinamikasi o`zgarishining tahlilini ko`rib chiqamiz.
Birinchi navbatda fond qaytimining umumiy o`zgarishi aniqlanadi:
Buning uchun hisobot yilidagi fond qaytimini bazis yilidagi fond qaytimiga solishtirib o`zgarishi (ko`paygan yoki kamayganligi) aniqlanadi.
Demak, hisobot yilida bazis yiliga nisbatan fond qaytimi darajasi, ya`ni 1 so`mlik asosiy vositalar hisobiga etishtirilgan yalpi mahsulot hajmi 5,36 so`mga yoki 26,2 foizga kamaygan.
Ushbu o`zgarish ikki omil hisobiga sodir bo`lgan.
Fond qaytimining o`zgarishiga asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik hajmi o`zgarishining ta`siri:
Demak, asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik qiymati (hajmi)
hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 672428 ming so`mga (2017280–1344852= +672428 ming so`m) oshgan, natijada shu omil hisobiga fond qaytimi darajasi 6,82 so`mga yoki 33,3 % ga pasaygan. Boshqacha aytganda 1 so`mlik asosiy fond hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi 6,82 so`mga kamaygan.
Fond qaytimining o`zgarishiga yalpi mahsulot hajmi o`zgarishining ta`siri:
Demak, yalpi mahsulot hajmining 2946 ming so`mga (30461–27515= +2946 ming so`m) oshishi natijasida fond qaytimi darajasi (1 so`mlik asosiy fond hisobiga etishtirilgan yalpi mahsulot summasi) 1,46 so`mga yoki 10,7 % ga oshgan.
SHunday qilib, fond qaytimining darajasi miqdoriy omilning salbiy, sifatiy omilning ijobiy ta`siri ostida o`zgarib, oqibatda u 5,36 so`mga yoki 26,2 foizga kamaygan. Bu asosan yalpi mahsulot hajmining o`zgarishi tufayli sodir bo`lgan. Biz fond qaytimining tahlilini umumlashtiruvchi ko`rsatkichlar asosida ko`rib chiqdik. Endi, fond qaytimining tahlilini asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv (aktiv) qismi va undan foydalanish samaradorligi bilan bog`langan holda ko`rib chiqamiz, chunki mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi mehnat vositalari bo`lib, asosiy fondlarning aktiv qismi hisoblanadi.
Fond qaytimining o`zgarishiga quyidagi ikki omil ta`sir qiladi:
1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv (aktiv) qismi salmog`ini o`zgarishi;
2. Asosiy ishlab chiqarish aktiv fondlarining qaytimi darajasining o`zgarishi.
Ushbu omillar ko`paytmalarining yig`indisi asosiy fondlar qaytimining umumiy hajmiga teng bo`ladi:
FQ= AC*AQ
Ushbu omillar ta`sirlarining yig`indisi fond qaytimining umumiy o`zgarishi teng bo`ladi.
Bu erda, FQ – fond qaytimi darajasi;
AS – asosiy fondlar aktiv (aktiv) qismining salmog`i;
AQ – asosiy aktiv (aktiv) fondlar qaytimi.
XULOSA
Xulosa shundan iboratki mazkur resurslar tarkibida bugungi kunda eng asosiylaridan biri bu moddiy resurslar bo‘lib, ularning tarkibida ham muhimlaridan biri asosiy vositalar hisoblanadi. Chunki keyingi yillarda asosiy vositalar bahosini muntazam oshib borishi va ularga qilinadigan xarajatlar mahsulot tannarxining asosini tashkil qilayotganligi ham ushbu vositalarni tahlil qilib borishni taqozo etmoqda. Asosiy fondlar (vositalar) ishlab chiqarishning muhim omili sifatida qaralib, ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari birikuvida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va xizmatlar ko‘rsatiladi. Asosiy vositalar deb ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib o‘zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman-qisman o‘tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi.
Asosiy fondlar yoki vositalarni tarkiblashda jahon va respublika hisob belgiloviga muvofiq quyidagi ikkita jihat mezon sifatida olingan. Birinchisi, ularning qiymat ifodasi, ikkinchisi – xizmat muddati. Asosiy vositalarning qiymat ifodasi uning kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardan farqlanish chegarasini xarakterlaydi. Bu ifoda 5-sonli BHMS bilan ish haqi minimumining 50 barobarida qilib belgilangan. Asosiy vositalarning xizmat muddati ularning bir yildan ortiq muddat xizmat qilishini xarakterlaydi. Xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, lekin qiymat jihatdan qat’iy chegaradan oshmaydigan qiymatliklar, shuningdek, qiymatliklar, xo‘jalik inventarlarining ayrim turlari asosiy vositalar qatoriga kiritilmaydi. Bu qator bevosita kam baholi va tez eskiruvchi buyumlari tarkibida hisobga olinadi. Asosiy vositalar va ularning tahlili to‘g‘risida bir qator iqtisodchi olimlar o‘zlarining fikrlarini bildirib o‘tishgan. Jumladan, T.Shog‘iyosovning «Kompleks iqtisodiy tahlil» nomli darsligida quyidagicha mualliflik yondoshuvi aks ettirilgan: «Asosiy vositalar, deb moddiy ishlab chiqarish sohasida hamda noishlab chiqarish sohasida uzoq vaqt mobaynida (bir yildan ortiq) ishlatiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun ham foydalaniladigan moddiy aktivlar ( 5-son BHMA 7-bandi)ga aytiladi. Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonida muhim o‘rin tutadi, ular birgalikda korxona tayanadigan ishlab chiqarish – texnika bazasini tashkil etadi va korxonaning ishlab chiqarish quvvatini baholash mezoni hisoblanadi. Asosiy vositalar va korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan sa-marali foydalanish natijasida barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori darajaga erishiladi, jumladan, mahsulot hajmi mehnat unumdorligi o‘sishi tufayli ortadi, uning tannarxi pasayadi. Eksport hajmining ortishi, mahsulotning raqobatbardoshligi korxonani zamonaviy ilg‘or texnika bilan ta’minlanishiga, investitsiya hajmiga ko‘p jihatdan bog‘liq».1 Asosiy vositalar tahlilida korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasiga, ularning texnik holati va harakat ko‘rsatkichlariga, samaradorlik ko‘rsatkichlari, dinamikasi va holatiga baho beriladi. Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonaning biznes-rejasiga yoki o‘tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanishi darajasi tushuniladi. Shuningdek, asosiy vositalarning tarkibi, turi bo‘yicha o‘zgarishlariga baho beriladi. Tahlil etishda asosiy vositalarning holat va harakat ko‘rsatkichlariga muhim e’tibor qaratiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdukarimov I.T. «Moliyaviy hisobotni o‘qish va tahlil qilish yo‘llari». – T.; «Iqtisodiyot va huquq dunyosi». 1999 yil.
2. Abdullayev Yo.A., Ibragimov A.T., Raximov M.Yu. «Iqtisodiy tahlil: 100 savol va javob». – T.; «Mehnat», 2001.
3. Vohobov A. V., Ibragimov A. – T. «Moliyaviy tahlil», – T.; «Sharq» 2002.
4. Vahobov A.V., Ibragimov A.T., Yakubov U.Q. «Boshqa tarmoqlarda iqtisodiy tahlil xususiyatlari». – T.; 2004.
5. Ibragimov A.T., Raximov M.Yu. «Boshqaruv tahlili». – T.; 2004.
6. Axmadjonov X.I., Raximov M.Yu. «Moliyaviy tahlil». – T.; 2004.
7. Vahobov A.V. va boshqalar. «Iqtisodiy tahlil nazariyasi». – T.; 2003.
8. Hakimov B.J. va boshqalar. «Iqtisodiy tahlil nazariyasi». – T.; «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2012-y.
9. Pardayev M.Q., Abdukarimov I.T. «Iqtisodiy tahlil». – T.; «Mehnat», 2004.
10. Анализ прибыльности продукции. М.: Дело. 1996.
Do'stlaringiz bilan baham: |