Melioratsiya mashinalari konstruksiyalarining asosiy yo‘nalishlari va ularni rivojlantirish omillari
Melioratsiya mashinalarini hisoblash va tanlashda quyidagilarni
e’tiborga olish zarar: mashinaiarni har xil sharoitda, turli guruh
gruntiarida ishlashini; mashinaning harakati turli xil yo‘l (qumli, toshii,
botqoq, temir, muzli) sharoitida bo‘lishini; uning o‘tuvchanligini; quriladigan gidrotexnik inshootning o‘lchamlarini. Bundan tashqari turli shaklga ega boigan melioratsiya inshootlarini qurishda ishlatiladigan mashinaiarni takomillashtirish va ayrim hollarda yangi ish jihozlarini loyihalashni, mashinani statik va dinamik
turg'unlikka bardosh berish usullarini aniqlash yo‘llarini o‘rganishni
taqozo etadi. Ushbu qo‘yilgan savollarni amalga oshirish uchun mashina
quvvati, tortish kuchi, ish unumdorligi, statik va dinamik hisoblashni,
shuningdek, mashinaning turg‘un va ish paytida unga ta’sir etuvchi
tashqi va reaksiya kuchlarini aniqlashning uslubiyatini bilish talab
qilinadi. Shuningdek, mashinaning ayrim qism va detallarini mustahkamlik
va chidamliligini aniqlashda, nazariy mexanika, materiallar qarshiligi va
mashina detallarini hisoblashning umumiy qoida va uslubiyotlarini
yaxshi o‘zlashtirish zarur. Mashinaning o‘tuvchanligi deb, uni maksimal kuchlar ta’siri ostidaishlayotganda tuproq yuzasida yuruvchanligini ta’minlanishiga aytiladi.
Melioratsiya mashinalarida asosan g‘ildirakli va o‘rmalovchi
(zanjirli) yurish uskunalari qo‘llaniladi va ko‘p hollarda tortish kuchini
yuqoriligi o‘rmalovchi (zanjirli) yurish uskunasini qoilashni taqozo
etadi. O‘rmalovchi (zanjirli) yurish uskunasining o‘lchamlari asosan
tuproqqa ruxsat etiladigan solishtirma bosim kuchi orqali aniqlanadi.
Melioratsiya mashinalari va ularning ish jihozlarining asosiy
ko‘rsatkichlariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: tuproqqa beradigan
o‘rtacha bosim kuchi; o‘tuvchanligi; mashinaning tortish kuchi va
quvvati; ish unumdorligi; universalligi; ish jihozlarining o’lchami va
shakli, ularni chidamliligi va boshqalar.
Bu asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlash va tanlashda quyidagi omillarni
hisobga olish zarur: xizmat qilayotgan yoki qurilayotgan inshootning
turi va o‘lchamlariga; bajarilishi lozim boigan ishning sifati va
inshootga qo‘yiladigan agrotexnik talablarga javob berishiga;
mashinalarning turkumi va turiga; ish jihozlarining turkumi, turi va
kinematikasiga; ish jihozini gorizontga nisbatan joylashishiga;
inshootning elementiga va mashinaning harakat yo‘nalishiga; ishlov
beriladigan materialning turi, tarkibi va holatiga; ishlov beriladigan
materialni otish, surish va yotqizish yo‘nalishlariga qo‘yiladigan
talablarga; ishlov beriladigan materialni ish jihozi va uning elementlari
bilan o‘zaro ta’sir darajasiga; berilgan ish unumdorligiga.
Asosiy ko‘rsatkichlar quyidagi usullarning biri bilan aniqlanishi
yoki tanlanishi mumkin: nazariy, ya’ni ish jihozining material bilan
o‘zaro bog‘liqligini aniqlovchi nazariy ishlanma ishlab chiqilgan bo‘lsa;
mashina yoki ish jihozining tajriba nusxalari sinovdan o‘tib, unga
berilgan tavsiyalar asosida; nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida
olingan koeffitsientlar asosida; etalon mashinalarga nisbatan taqqoslash
yoki modellashtirish asosida; Keyingi boblarda melioratsiya ishlarida ishlatiladigan mashina va uning ish jihozlarining ayrim ko‘rsatkichlarini aniqlash va tanlashning nazariy uslubiyotlari berilgan. Mashinaiaming quvvat muvozanatini hisoblash degani, uning maksimal ish yukiamasiga sarflanadigan quwatlari yig'indisi va uni dvigatel quvvati bilan solishtirib, undan foydalanish darajasini aniqlash tushuniladi. Mashinalarni dinamik hisoblash orqali uni ish paytidagi turg‘unligi ta’minlanadi. Buning uchun uning ish holatidagi chizmasi masshtab bilan chizilib, chizmasida mashina va uning ish jihozlariga barcha tashqi ta’sir etuvchi kuchlar ko‘rsatiladi. Agar kuchlar burchak ostida ta’sir
qilayotgan bo‘lsa, ular gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarga
ajratiladi. Mashinani ish paytdagi turg‘unligini ta’minlash uchun, ish jihozi
joylashgan tomonidagi yurish uskunasining yerga yopishgan joyining oxirgi nuqtasidan, unga nisbatan moment olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |