Ii. Asosiy Qism 1 Agrosanoat kompleksi: tushunchasi va xususiyatlari



Download 15,96 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi15,96 Kb.
#684788
Bog'liq
ASM da marketing tadqiqotlari. Kurs ishi


Reja:
I.Kirish
II.Asosiy Qism
2.1 Agrosanoat kompleksi: tushunchasi va xususiyatlari
faoliyat ko'rsatish.
2.2 Agrosanoat kompleksini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi.
2.3 Qishloq xo'jaligini rivojlantirishning asosiy tendentsiyalari,
viloyat oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Mamlakatimiz agrar tarmog'ida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi natijasida vujudga kelgan ko'p ukladli iqtisodiyot, eng avvalo, xususiy mulkka asoslanuvchi fermer va dehqon xo‘jaliklarining rivojlanishi hamda iqtisodiy barqaror xo'jalik yuritish subyektlariga aylanishiga bog'liq holda rivojlanmoqda. Chunki, bozor iqtisodiyotining asosini ko'p ukladli iqtisodiyot tashkil etsa, ko'p ukladlilik, o'z navbatida, xususiy mulk ustuvorligiga tayanadi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish davrida qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish tizimini takomillashtirishning aharniyati ortib bormoqda. Ishlab chiqaruvchilarning maqsadi — moddiy resurslar, mehnat hamda mablag'ni oqilona, tejamli sarflab, xaridorgir, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga o'z vaqtida, sifatli holda yetkazib berish natijasida ko'proq foyda olishdir. Bu maqsadlarga erishishda «Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanini chuqur o'rganish zarur. Chunki qishloq xo'jaligi mutaxassislarining iqtisodiy va boshqaruv masalalariga tayyorgarlik darajasiga talab to'xtovsiz ortmoqda. «Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fani tarmoqda amalga oshirilayotgan tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmuasining nazariy asoslari, yo'nalishlari va samaradorligini mavjud tadqiqot usullari yordamida o'rganish orqali talabalarda tarmoq iqtisodiyoti bo'yicha iqtisodiy mushohada yuritish, uni rivojlantirishga oid muammolarni qo'yish, hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yo'nalishlarini belgilab berish, ishlab chiqarishni to'g'ri boshqarishni tashkil etish qobiliyatini shakllantirib, bozor iqtisodi talablariga javob bera oladigan agrar soha mutaxassislari va iqtisodchilarini tayyorlashga ko'maklashadi. Bozor iqtisodiyoti tamoyillari amal qilayotgan hozirgi sharoitda turh xo'jalik yuritish shakllarida faoUyat ko'rsatayotgan qishloq xo'jahgi 3 korxonalari o‘z faoliyatlarini intensiv yo‘nalishda tashkil etar ekanlar, ular, albatta, iqtisodiy samaradorlik, samara, tannarx, foyda, intensivlashtirish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, infratuzilma tushunchalarining mazmunini aniq bilishlari lozim va bu tushunchalar ular faoliyatining maqsadi bilan bevosita bog‘liq. Mazkur darslikda boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadli ta’sir o‘tkazishining, boshqaruvchining o‘zi boshqarayotgan ishlab chiqarish jamoasida qo‘yilgan maqsadlarga erishish! uchun faoliyatini muvofiqlashtirishini ta’minlash usullari keltirilgan. Menejment usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya va mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib, yuqori natijalarga erishish maqsadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to‘g‘ri shakllanganligi bilan uzviy bog‘liqdir. Fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muhim elementi hisoblanadi. Bu boradagi asosiy vazifalami amalga oshirishda «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» darsligida o‘z ifodasini topgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida boshqaruv faoliyati va uning usullari, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini oshirish usullari, qishloq xo'jaligida yetishtirilgan mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo‘llari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish omillari, dehqonchilik va chorvachilik iqtisodiyoti, uni boshqaruvi masalalari ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, darslik zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida faoliyat yuritadigan bilimli mutaxassislami tayyorlashda va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti muammolarini yechishda dasturiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Agroiqtisodiy fanlarga bo‘lgan talab o‘zgarib borayotgan bir davrda «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» darsligi islohotlaming hozirgi bosqichida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishga qaratilgan ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini ilmiy asoslash, moddiy resurslarni tejashni ta’minlaydigan yangi texnologiyalami joriy etish, tuproq unumdorligini oshirish, o'simliklarning serhosil navlarini yaratish, urug‘chilik tizimini takomillashtirish, zotli chorva mollarini ko‘paytirish, yer-suv munosabatlari va o‘simliklarni himoya qilishni takomillashtirishning samaradorligi . masalalarini o‘zida mujassamlashtirgan
Download 15,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish