KESIM ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR
Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga – kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap bosh gapga ko`rsatish olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi yordamida bog`lanadi. Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz.
Kesim ergash gapli qo`shma gapda bosh gapning kesimi shuki, shundayki, shundan iboratki, shundaki, shu bo`ldiki, shu ediki kabi shakllanadi. Bosh gap ergash gapdan oldin keladi: Maslahatim shuki, bugun o`zga bir go`shaga chekining. Qizig`i shundaki, u hali bundan bexabar ekan. Bizda shundayki, o`zidan kichiklarni ham sizlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |