4- t a j r i b a. Barfed reaksiyasi.Monosaxaridlar mis asetatning nordon eritmasi ta’sirida ham oksidlanadi, bunday sharoitda disaxaridlar amalda oksidlanamaydi. Bu reaksiyani Barfed topganligi uchun shu olim nomi bilan yuritiladi va biologik obyektlardagi bu ikki gruppa shakarlarni bir-biridan farq qilishda qo’llaniladi.
Ishningbajarilishi. 2 ta probirkaga 5 ml dan Barfed reaktividan quyib, biriga 1% li glyukoza eritmasidan 1 ml, ikkinchisiga maltoza yoki laktoza eritmasidan 1 ml qushiladi va suv hammomida 10 minut davomida qizdiriladi. Bu vaktda birinchi pro-birkada qizil rangli mis (I)-oksid cho’kmasi hosil bo’ladi, ikkinchisida disaxarid oksidlanmaganligi sababliqizil cho’kma hosil bo’lmaydi. Probirkalardagi suyuqliklarni uzoq qizdirmaslik zarur, aks holda disaxaridlar ham oksidlanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |