1.2.1 – Jadval.
Samarqand viloyati bo’yicha 2009 – 2011 yillarda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar soni dinamikasi ( fermer xo’jaliklarsiz)
Shahar va tumanlar
|
2009
|
2010
|
2011 yil 9 oylik
|
Samarqand shahar
|
4348
|
3553
|
3859
|
Kattaqo’rg’on shahar
|
366
|
411
|
435
|
Oqdaryo tumani
|
280
|
317
|
368
|
Bulung’ur tumani
|
321
|
369
|
409
|
Jomboy tumani
|
435
|
470
|
497
|
Ishtixon tumani
|
516
|
511
|
609
|
Kattaqo’rg’on tumani
|
429
|
543
|
555
|
Qo’shrabot tumani
|
261
|
277
|
308
|
Narpay tumani
|
353
|
404
|
449
|
Payariq tumani
|
574
|
650
|
594
|
Pastdarg’om tumani
|
758
|
906
|
1109
|
Paxtachi tumani
|
293
|
255
|
294
|
Samarqand tumani
|
749
|
789
|
915
|
Nurobod tumani
|
362
|
346
|
349
|
Urgut tumani
|
689
|
907
|
1020
|
Tayloq tumani
|
483
|
588
|
594
|
Manba: Samarqand viloyatining 2011-yil yanvar-dekabr oylaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi
Tahlilllar shuni ko’rsatadiki, Samarqand shahrida 2009-yilda 4348 tani tashkil etgan bo’lsa, 2011-yilga kelib, 3859 tani tashkil etdi. Kattaqo’rg’on shahri, Oqdaryo tumani, Jomboy tumanlari o’sish darajasiga egadir. Nurota, Paxtachi tumanlari o’zgarishsiz qolgandir.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta’sis hujjatlari belgilab berilgan, ya’ni korxona nizomni va tasis shartnomasi muhim ahamiyatga egadir.
Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning o’zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliayt yuritish hollari mavjud.
Shuni qayd qilib o’tish kerakki, korxonaning ( huquqiy shaxsning ) ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis ( mussislar) tomonidan tasdiqlanadi. Bitta t’asischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta’sischi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Korxona Nizomi asosiy ta’sis hujjati bo’lib, unda korxonaning tashkiliy – huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg’armasining miqdori,daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani tugatish va qyta tashkil qilish tartibi ko’rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va majburiytlarini belgilab beradi.
Nizomda shuningdek, faoliyat ko’rsatuvchi soha va tarmoq, atrof – muhit va odamlar sog’lig’ini muhofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, hisobga olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim.
Korxona to’g’ri va to’liq tayyorlangan Nizom asosida mahalliy hokimiyat organlarida ro’yxatga olinadi, keyin esa o’z muhriga ega bo’lish va bankda hisob raqami ochish huquqini qo’lga kiritadi. O’z muhri va husob raqamiga ega bo’lmagan korxona, huquqiy shaxs hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |