I BOB. CROCODILE CHEMISTRY DASTURIDAN FOYDALANIB VIRTUAL LABORATORIYA YARATISH TEXNOLOGIYASI Kimyo fanini o‘rganishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
Kimyo fanini o‘rganishda xam zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchi uchun juda katta imkoniyatlarni beradi. Xozirda mavjud dasturlar molekulani fazoviy joylanishidan tortib, uni tashkil qiluvchi atomlarni oralidagi valent boglanishlar, ularni fazoda xosil qilgan burchaklari, boglarning o‘zaro ta’sirlari va xakazo ma’lumotlarni berish imkonini beradi.
Kimyoda IKT dan foydalanishni 1 rasmda ko‘rsatilgan sxemadan ko‘rishimiz mumkin.
1-rasm Kimyo fanida kompyuterning qo‘llanilish yo‘nalishlari.
Informatsion texnologiyadan foydalanish kimga nima beradi degan savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin:
O’quvchiga:
Masofaviy ta’lim olish;
Dunyo informatsion resursiga ulanish imkoniyatini;
O’rganayotgan faniga qiziqishni ortishiga;
Informatsion muxitda amaliy ko’nInterfaol kompyuter model alarga ega bo’lishga;
O’qituvchiga;
O’quv protsesini amalga oshirish uchun kerakli informatsiyaga tez va oson yangi yo’llar bilan tushish;
Mexnat unumdorligini oshishi;
Mutaxasisligi bo’yicha IKT dan foydalanish ko’nInterfaol kompyuter model asini ortishi;
Mexnat faoliyatini xarakterini o’zgarishi;
Dunyo informatsion resursiga ulanish imkoniyatini;
Amaliyotdan ma’lumki kimyo darslarini kompyuter texnologiyasi ishtirokida amalga oshirish o’quvchilarda o’z bilimlarini tekshirib borish, u yoki bu element strukturasi bilan tanishish, molekula strukturasini detallari bilan tanishish, turli kimyoviy protseslar dinamikasini o’rganish imkonini beradi.
Kimyoviy modellar
Dunyoni o’rganishda uni kuzatish uning ustida turli tajribalar o’tkazishdan tashqari yana bir narsa modellashtirish asosiy o’rinda turadi.
Kuzatishning asosiy maqsadlaridan biri tajribalar orasidagi qonuniyatni o’rganishdan iboratdir. Shunday tajribalar borki ularni tabiatda kuzatib va o’rganib bo’lmaydi. Shuning uchun ularni amalga oshirish uchun laboratoriya sharoitida kerakli asbob uskunalar yordamida sharoit xosil qilinadi va ularni amalga oshiriladi. Tajriba o’tkazish mobaynida ularnining modellari yaratiladi. Modelga ajriba uchun kuzatilishi kerak bo’lgan voqea xodisani faqat asosiy parametrlarigina ko’chiriladi. Kimyoda modellashtirishni shartli ravishda ikkiga bo’lish mumkin:
materialli
belgilardan foydalanib
2-rasm.Kimyoda ishlatiladigan modellar turlari.
Materialli modellarni kimyogarlar juda ko‘p ko‘rgazmali qurol sifatida ishlatishadi. Bular atom, molekula, kristallar, kimyoviy ishlab chiqarish(zavod uskkunalari) ni tashkil qiladi. ATom modelini tushinitrishda ko‘pchilik xollarda yer va oy (vodorod atomini tushinitirishda), quyosh sistemasini boshqa o‘zida ko‘proq elektron tutgan moddalarni tushuntirishda ishlatiladi.
Molekula modelini yasashda juda ko‘p xollarda sterjen(asosan sim) va turli rangdagi sharlardan foydalaniladi. Sharlar o‘zoro simlar ishtirokida valentliklariga mos ravishda birlashtiriladi. Ularni birlashtirishda asosan valent bog‘larninng joylashish burchaklariga aloxida e’tibor beriladi. Simlardan foydalanilganda molekula yadrolari orasidagi masofalar taxminan tanlaniladi.
Dreding modeli – bu modellarnda yasashda valent bog‘lar burchaklariga va atomlar orasidagi masofaga aloxida e’tibor beriladi. Yadro markazlari sifatida shariklardan foydalanilmasdan faqat sterjenlarni birlashtiruvchi burchaklardan iborat bo‘ladi xolos.
Yarimsferik modellar – (uning yana bir nomi Styuart – Brigleb modeli) bu modellar qirqilgan shariklardan tashkil qilingan bo‘lib, Modelda ular o‘zoro qirqilgan tekisliklar yordamida birlashtiriladi. Lekin ko‘pincha bu ko‘rinish yadrolar xaqidagi tasavurlarni to‘la bermaydi.
3-rasm.Molequla modellari.
A) Metan modeli, b) etilen v) aloxida shar sigmenti
Kristallarni modellari shar va sterjenlardan iborat bo‘lib, ular yordamida kristal ichida joylashgan atomlarni turli rangdagi sharchalar orqali ko‘rsatiladi.
Ammo, ko‘pchilik xollarda kimyogarlar belgili modelardan foydalanishadi. Bunda elementlarni simvollar yordamida tasvirlash, reaksiya tenglamalari ni simvollar orqali tasvirlashni nazarda tutiladi.
Kimyoviy formula – bu kimyodaagi asosiy belgili model xisoblanadi. U: aniq bir moddani, ayni moddani eng kichik zarrachasini(moddani tashkil qilgan molekulalarning formulasini) tasvirlaydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan modellarning barchasi modda modelini kompyuterda ifodalashda keng qo‘llaniladi.