Mavzuning dolzarbligi Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat`iy nazar, informatika bo’yicha keng ko`lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo`lishlari hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslari to’g’risidagi bilimlarni o’zlarida mujassamlashtirgan bo’lishlari lozim.
O’zbekiston Respublikasining ta`lim to’g’risidagi qonuni, va Respublikamizning ta`lim to’g’risidagi olib borilayotgan siyosatidan kelib chiqqan holda o`qitishda AKTlaridan foydalanib dars o’tish va o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini yanada rivojlantirish, qiziqishlarini oshirish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
BITIRUV MALAKAVIY ISHIning maqsadi Maktab o`qituvchilari uchun “kimyo” fanidan crocodile chemistry dasturidan foydalanib virtual laboratoriya yaratishni o`rgatuvchi video darslar yaratish.
Ishning vazifalari Ushbu Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi masalalarni echish rejalashtirildi:
1.Maktablarda Kimyo fanini o’qitishda qo’llaniladigan axborot kommunikatsion (kompyuter) texnologiyalar (AKT) tahlili;
2.Maktablarda kimyo fanini o’qitishda crocodile chemistry dasturidan foydalanib virtual laboratoriya yaratishni o`rgatuvchi elektron resurs ishlab chiqish.
3.Yaratilgan dasturiy ta`minotni tajriba-sinovdan o`tkazish va ta`limda qo`llash.
BITIRUV MALAKAVIY ISHI ob`ekti Ushbu ishni bajarishda Maktab o‘qituvchilari va o`quvchilari uchun “Kimyo” fanidan Crocodile chemistry dasturidan foydalanib virtual laboratoriya yaratish hisoblanadi.
BITIRUV MALAKAVIY ISHIning predmeti Maktab o‘qituvchilari va o`quvchilari uchun “kimyo” fanidan crocodile chemistry dasturidan foydalanish bo`yicha dasturiy ta`minot yaratish jarayoni.
BITIRUV MALAKAVIY ISHIning amaliy ahamiyati Maktab o`quvchilari uchun “Kimyo” fanidan Crocodile Chemistry dasturidan foydalanib o’qitish nisbatan yangi mavzu bo’lib, biz bu dasturdan foydalanib dars o`ta oladigan Kimyo o`qituvchisini uchratmadik. Shuning uchun bu ishni ahamiyati nihoyat katta hisoblanadi va maktab kimyo o’qituvchilarini yana bitta mavzuni AKTlaridan foydalanib o`tish metodikasi va video darsliklar bilan qurollantiradi.