IELTS eading ishlashda vaqtni to’g’ri taqsimlash
(Time management)
Bugun sizlar bilan reading imtihoni vaqtida vaqtni to’g’ri
taqsimlash haqida
gaplashamiz. Ma’lumki, aynan reading imtihoni vaqtida sizga javoblar varag’ini to’ldirish
bilan birga umumiy hisobda 60 daqiqa beriladi. Ko’pchilik studentlar esa buni adolatdan
emas, deb hisoblashadi. Ular 60 daqiqa ichida 3ta matnni o’qish va 40 ta savolga javob
berish qiyin deyishadi. Ammo shunisi aniqki, IELTS juda adolatli dizaynlashtirilgan test
turi. Chunki bu juda ko’p marotaba sinalgan va isbotlangan, ya’ni ko’p kandidatlar 3ta
matnni atigi 40-45 daqiqada tugata olishadi . Balki siz ham
ushbu video darsdan keyin
fikringizni o’zgartirarsiz. Xo’sh, qanday qilib 45 daqiqada 3ta matnni tez va asosiysi
barcha savollarga javob topgan holda yakunlash mumkin?
IELTS readingdan yuqori ball olmoqchi bo’lgan kandidatda uning umumiy ingliz
tili drajasi ancha yuqori bo’lishi lozim.
Chunki oddiy holatki, o’z ona tilingizda ilmiy
maqola yoki matn o’qiganingizda ham shunday atamalar bo’ladiki, siz uning tarjimasini
bilmaysiz, ammo matn mazmunini bemalol tushuna olasiz. Albatta, demak, IELTS reading
matnini o’qishda ham savollarni to’g’ri tushunib, ularga javob bera
olish matndagi barcha
so’zlarni tushunishingizga bog’liq emas.
Readingda “comprehension level” tushunchasi ham bor. Bu ingliz tilida matnni
o’qib tushuna olish mahoratidir. Agar siz shunday
mahorat sizda qay darajada
shakllanganini bilmoqchi bo’lsangiz istalgan biror matnni vaqtga qo’yib o’qing va
do’stingizga uning qisqacha mazmuni haqida tushunganingizni aytib bering.
IELTSda vaqtdan to’g’ri foydalanish uchun sizda eslab qolish qobiliyati ham
mavjud bo’lishi kerak. Ya’ni deyarli ko’p kandidatlar qiladigan xato bu savol turlarining
har biri ustida alohidadan ishlab chiqish: 1ta passagedagi turli
xil savol turlarini bir
vaqtning o’zida ishlamasdan ularning har biri uchun alohidadan ishlashga vaqt sarflash.
Tavsiyam shuki, siz tushunmagan gapingizni qayta qayta o’qishingiz mumkin, lekin butun
matnni qayta qayta o’qib chiqish bu vaqtingizni besamar sarflashingizga olib keladi.
Buning oldini olish uchun esa savol turlarida ishlashni o’rganing!
Scanning va skimming usullaridan qachonki sizning ingliz tili darajangiz yuqori
bo’lsagina foydalanishingizni
maslahat beraman, chunki sizda til bilish darajasi sizda
qanchalik yuqori bo’lsa, matnni ham shunchalik tez va savollarga to’g’ri javob topa olasiz.
Albatta bu metod sizga yordam bera oladi, lekin sizning til bilish darajangiz pastroq bol’sa
ballingizni ko’taraman deb yoki savolga javob topish uchungina
bunday tavakkal qila
ko’rmang.
Paragrafni tushinish uchun har bir gapni birma bir o’qib chiqing. Ana shundagina
matn nima haqidaligini tushuna olasiz. IELTS testi shunchalik puxta tayyorlanadiki, agar
si 1-gapda o’qib tushunishga qiynalhan bo’lsangiz, 2-gapni o’qish orqali 1-gap mazmunini
to’ldira olishingiz mumkin. Shuning uchun har bir gapni batafsil o’qing.