Ko‘p hollarda xayol yangi echimni topish zaruriyati tug‘ilganida, ya’ni, harakatdan o‘zib ketgan holda aks ettirish talab etilgan muammoli vaziyatda yuzaga keladi
Ko‘p hollarda xayol yangi echimni topish zaruriyati tug‘ilganida, ya’ni, harakatdan o‘zib ketgan holda aks ettirish talab etilgan muammoli vaziyatda yuzaga keladi.
Ko‘p hollarda xayol yangi echimni topish zaruriyati tug‘ilganida, ya’ni, harakatdan o‘zib ketgan holda aks ettirish talab etilgan muammoli vaziyatda yuzaga keladi.
Xayol natijasida inson kelajakni oldindan ko‘ra oladi va o‘z hulq-atvorini boshqaradi, atrof-olamni ijodkorlik bilan o‘zgartiradi. Xayol – mehnat faoliyatida shakllangan psixik faollikning maxsus tarzda inson tomonidan ifodalanishi. Xayol voqelikni avvaldan aks ettirishni ta’minlaydi, bunda o‘tmishning kelajakdagi proeksiyasi hosil qilinadi. Xayol insonga vaziyatda yo‘l topishga va bevosita amaliy harakatlarning aralashuvisiz masalalarni hal etish imkonini yaratuvchi ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xayol obrazlari faqat insonda mavjud bo‘lgan real olam obrazlarining alohida tomonlarini qayta ishlab chiqish yo‘li bilan yaratiladi.
Xayol doimo insonning amaliy faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Inson biror harakatni amalga oshirishdan avval, uni qanday bajarish zarurligi va uni qanday bajarishini tasavvur qiladi. SHunday qilib, u avvaldan keyinchalik sodir bo‘ladigan amaliy faoliyatda ishlab chiqariladigan moddiy jism obrazini yaratadi.
Xayol faoliyati inson hissiy kechinmalari va uning iroda harakatlarini tadbiq etish bilan uzviy holda bog‘langan.
Xayolning fiziologik asosi nerv aloqalarini dolzarblashtirish, ularning emirilishi, qayta guruhlarga qo‘shilib, yangi tizimlarga birlashishi, o‘tmish tajribada shakllanib bo‘lgan vaqtinchalik aloqalar yangi uyg‘unliklarining hosil bo‘lishidan iborat. Bunda mavjud bo‘lgan vaqtinchalik aloqalarning oddiy holda dolzarblashtirilish yangilikning yaratilishiga olib bormaydi. YAngilikning yaratilishi avval bir-biri bilan uyg‘unlashmagan vaqtinchalik nerv aloqalaridan hosil bo‘lgan uyg‘unlikni taqazo etadi. Xayol jarayoni ikkila xabarlovchi tizimlarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat. Bunda ikkinchi xabar tizimi – so‘z katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Barcha ko‘rgazmali obrazlar u bilan uzluksiz ravishda bog‘langandir. So‘z xayol obrazlarining hosil bo‘lish manbai bo‘lib xizmat qiladi, ularning tarkib topish yo‘lini nazorat qiladi, ularni saqlab qolish, mustahkamlash, o‘zgartirish vositasi hisoblanadi. Xayol doimo voqelikdan chetga chiqishdir,lekin istalgan vaziyatda xayol manbai – ob’ektiv voqelik hisoblanadi.