Makonni idrok qilish shakl va predmetni idrok qilishdan tubdan farqlanadi. U boshqa tizimlarga tayanadi. Ko‘pgina faylasuflar bu holatni tug‘ma yoki tug‘ma emasligi bo‘yicha baxslashganlar. Tug‘ma degan olimlar nativizmga asos solgan bo‘lsalar, o‘rgatish natijasida degan g‘oyalarni empirizm nazariyachilari aytib o‘tishgan. Hozirgi kunda makonni idrok qilish o‘zining bir qator tamoyillariga ega ekanligini kuzatishimiz mumkin. Uning rivojlanishi turli darajalarda amalga oshirilishi mumkin. Bunda uch o‘lchamli idrok qilish jarayoni muhim o‘rinlardan birida turadi. Makonni uch o‘lchamli idrok qilishda ichki quloqdagi suyuqlikning o‘rni kattadir. Inson kallasining formasini o‘zgartirsa, kanallarni to‘ldirib turuvchi suyuqlikning holati o‘zgaradi. Bu apparat ko‘z harakati muskullari bilan bevosita bog‘liqdir, har bir vestibulyar apparatdagi o‘zganish ko‘z harakatining reflektor o‘zgarishiga olib keladi. Tana harakatining juda tez xarakatlanishi vaqtida o‘zgarishi ko‘z harakatining pulsatsiyasiga olib kelishi mumkin, bu nistagma deb nomalanib, bular ko‘z harakatining davomli haraktini ta’minlaydi, masalan mashinada yurish vaqtida namoyon bo‘lishi mumkin. Makonni idrok qilishining yana bir ko‘rinishi bu uning ko‘lami hisoblanadi, bu binokulyar ko‘rish apparati hisoblanadi. YAxshi ma’lumki idrokning ko‘lami uzoqligi ikki ko‘z orqali idrok qilinsa yaqqoroq namoyon bo‘ladi. Buning uchun predmetlar aynan ko‘z to‘riga tushishi talab qilinadi. Agar konvergensiya holatida ko‘rinmas kamchiliklar yuzaga kelsa, u holda predmetlarning uzoqlik holatlari shakllanishi mumkin. Bizning ko‘zlarimiz nuqtalarni yoki gullarni alohida idrok qilish xususiyatiga egadir, bundan tashqari ko‘zlarimizning vazifasiga shakllarni va boshqa holatlarni idrok qilishni kiritishmiz mumkin. Ko‘zning to‘r pardasida o‘ta sezuvchan nervlar joylashgan bo‘lib, bular nafaqat nurlarni tushishini tahlil qilmasdan, balki geometrik shakllarni idrok qilish imkonini ham beradi. Idrokni qonuniyatlarini geshtalt psixologiya namoyandalari etarlicha o‘rganishgan, ularning tadqiqotlarida rbrazlar psixologiyasi o‘rganilgan. Ularning fikriga ko‘ra bizning ko‘zlarimiz alohida elementlarning asosatsiyasi emas, balki tashkillashtirilgan umumiy tizimli jarayon hisoblanadi. Bu tushunchaning namoyondalaridan biri V.Kyoler ko‘z idrokini jismoniy harakatlar bilan birlashtiradigan holatini aniqlagan. Agar biz ko‘lga tosh tashlasak, suvning yuzida xalqalar paydo bo‘lishini kuzatishimiz mumkin, bu xalqalar o‘zining shaklini yo‘qotmagan holda asta sekin yo‘qolib boradi. Xuddi shunday holat sifatida magnit maydonini ham keltirishimiz mumkin. - Bizning ko‘zlarimiz nuqtalarni yoki gullarni alohida idrok qilish xususiyatiga egadir, bundan tashqari ko‘zlarimizning vazifasiga shakllarni va boshqa holatlarni idrok qilishni kiritishmiz mumkin. Ko‘zning to‘r pardasida o‘ta sezuvchan nervlar joylashgan bo‘lib, bular nafaqat nurlarni tushishini tahlil qilmasdan, balki geometrik shakllarni idrok qilish imkonini ham beradi. Idrokni qonuniyatlarini geshtalt psixologiya namoyandalari etarlicha o‘rganishgan, ularning tadqiqotlarida rbrazlar psixologiyasi o‘rganilgan. Ularning fikriga ko‘ra bizning ko‘zlarimiz alohida elementlarning asosatsiyasi emas, balki tashkillashtirilgan umumiy tizimli jarayon hisoblanadi. Bu tushunchaning namoyondalaridan biri V.Kyoler ko‘z idrokini jismoniy harakatlar bilan birlashtiradigan holatini aniqlagan. Agar biz ko‘lga tosh tashlasak, suvning yuzida xalqalar paydo bo‘lishini kuzatishimiz mumkin, bu xalqalar o‘zining shaklini yo‘qotmagan holda asta sekin yo‘qolib boradi. Xuddi shunday holat sifatida magnit maydonini ham keltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |