Dars turi: Yangi ta’lim berish.
Dars metodlari: “Aqliy hujum”, “Guruhlarda ishlash”, “Idrok xaritasi” metodi, savol-javob, munozara.
Dars jihozi: Iqtisodiyotga misol bo’la oladigan oddiy predmetlar, ko’rgazmali plakat, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, I.Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari.”, “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi.
Darsda yoritilishi lozim bolgan asosiy tushuncha va atamalar:
- tadbirkorlik;
- biznes reja (g‘oya);
- ishlab chiqarish
- tijorat
- moliyaviy tadbirkorlik
- vositachilik
- sug‘urta.
a) Tadbirkorlik – kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik asosida, o‘z mablag‘i, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati.
b) Tadbirkor – foyda olish maqsadida ishlab chiqarish resurslaridan tovar va xizmatlar yaratish uchun tavakkalchilikni zimmasiga oladigan kishilar.
s) Biznes reja – Biznes g‘oyani amalga oshirish maqsadida qilishi zarur bo‘lgan, o‘zaro muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlar dasturi.
Do'stlaringiz bilan baham: |