5 .206. Quvvati 14,7 kVt bo’ldan bug’ mashina bir soat ishlaganda issiqlik berish qobiliyati 3,3·107J/kg bo’lgan ko’mirdan 8,1 kg sarf qiladi. Qozonning harorati 200 0C, sovutgichni harorati 580C. Mashinaning haqiqiy f.i.k. η2 topilsin va uni o’shanday haroratlar oralig’ida Karno sikli bo’yicha ishlovchi mashinaning f.i.k. η2 bilan solishtirilsin.
5.207. Quvvati 20 o.k. ga teng bo’ldan bug’ mashinasi porshenining yuzi 200 sm2, porshen yo’li esa l=45 sm. Porshen o’z yo’lining uchdan bir qismiga surilganda BC izobarik jarayon hosil bo’ladi (9-rasm). V0 hajm V1 va V2 hajmlarga nisbatan nazarga olinmasa ham bo’ladi. Qozondagi bug’ning bosimi 16 atm, sovutgichdagi bug’ning bosimi esa 1 atm. Agar adiabataning ko’rsatkichi 1,3 ga teng bo’lsa, mashina 1 min. davomida necha sikl bajaradi?
5 .208. To’rt taktli karbyuratorli va gazli ichki yonuv divigatellarining ish sikli 10-rasmga tasvirlangan: a) porshenning birinchi yurishida (1 taktda) silindrga yoqilg’i so’riladi (karbyuratorli divigatellarida yoqilg’i sifatida havo bilan benzin bug’ining karbyuratorda tayyorlangan yoqilg’i aralashmasi ishlatiladi. Gaz dvigatellarida gazogenerator qurilmadan gaz-havo aralashmasi keladi). Bunda po=const bo’lib, hajm V2 dan V1 gacha kattalashadi. (AB tarmoq so’rish); b) porshenning ikkinchi yurishida (2 taktda) aralashma adiabatik V1 dan V2 gacha siqiladi (BC tarmoq - siqish); bunda harorat T0 dan T1 gacha ko’tariladi hamda bosim p0 dan p1 gacha ortadi; v) bundan keyin siqilgan aralashmani elektr uchquni yondirib yuboradi (portlatadi), bunda hajm o’zgarmagan holda (CD tarmoq) bosim p1 dan p2 gacha ortadi, harorat esa T2 gacha ko’tariladi, g) porshenning uchinchi yurishida (3 takt) yoqilg’i adiabatik V2 dan V1 hajmgacha kengayadi (DE tarmoq - ishchi yurish), harorat esa T3 gacha pasayadi; d) porshenning eng chekka vaziyatda (E.nuqta) chiqarish klapani ochiladi va o’zgarmas hajmda bosim po gacha pasayadi (EB tarmoq); e)porshenning to’rtinchi yurishi (IV-takt)-izobarik siqish (BA tarmoq-chiqarish)da ishlab bo’lgan gaz siqilib chqariladi. Agar siqish koeffitsiyenti =5 va adiabata ko’rsatkichi 1,33 ga teng bo’lsa, siklning f.i.k. topilsin.
5.209. Karbyuratorli ichki yonuv dvigatelining silindridagi gaz politropik V2= V1 hajmgacha siqiladi (siqish koeffitsiyenti 6 ga teng). Silindrdagi boshlang’ich bosim 9·104 N/m2 va boshlang’ich harorat 127oC deb hisoblab, siqishdan keyingi silindirdagi bosim va harorat topilsin. Politrop ko’rsatkichi 1,33 ga teng.
5.210. Karbyuratorli ichki yonuv dvigatelining silindridagi gaz politropik siqilgandan keyingi harorati 4270C gacha ko’tarilgan. Gazning boshlang’ich harorati 140oC, siqilish koeffitsiyenti 5,8. Politropik ko’rsatgichi nimaga teng.
5.211. Karbyuratorli ichki yonuv dvigatel silindrining diametiri 10sm, porshen yo’li 11 sm 1) gazning boshlangich bosimi 1 atm, boshlang’ich harorati 127oC va siqishdan keyingi bosimi 10 atm bo’lganligi ma’lum bo’lsa, siqilish kamerasi qanday hajmga ega? 2) Siqishdan keyin kameraning harorati qanday? 3) Siqishda bajarilgan ish topilsin. Politrop ko’rsatkichi 1,3 ga teng.
5.212. Karbyuratorli ichki yonuv dvigatelning politrop ko’rsatgichi 1,33 ga, siqilish darajasi 1) =4, 2) =6, 3) =8 ga teng bo’lsa, uning f. i. k. topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |