Ideal gazlar Mendeleyev Klapeyron holat tenglamasiga bo'ysunadi


Van-der-Vaals tenglamasidagi a va b doimiylarning SI sistemasidagi o’lchov birliklari topilsin. 6.2



Download 287,88 Kb.
bet21/21
Sana18.04.2022
Hajmi287,88 Kb.
#560549
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
12.13.14. GAZ MOLEKULALARNING ERKIN YUGURISH YO`LI.

6.1. Van-der-Vaals tenglamasidagi a va b doimiylarning SI sistemasidagi o’lchov birliklari topilsin.
6.2. Ba’zi bir gazlar uchun kritik kattaliklar Tk va pk ning qiymatlarini bilgan holda (5-jadvalga qarang), shu gaz uchun Van-der-Vaals tenglamasidagi a va b doimiylar topilsin.
6.3. 2 atm bosimda 820 sm3 hajmdagi 2 g azotning harorati qanday bo’ladi? Gazni: 1) ideal va 2) real deb qaralsin.
6.4. 28 atm bosimda 90 sm3 hajmdagi 3,5 g kislorodning harorati qanday bo’ladi? Gazni: 1) ideal va 2) real deb qaralsin.
6.5. 108 N/m2 bosimda 10 g geliy 100 sm3 hajmni egallaydi. Gazni: 1) ideal va 2) real deb hisoblab, uning harorati topilsin.
6.6. 100 0C haroratda 1 kmol karbonat angidrid gazi berilgan. Gazni: 1) ideal va 2) real hisoblab, uning bosimi topilsin. Masalani: a) V1=1m3 va b) V2 = 0,05 m3 hajmlar uchun yechilsin.
6.7. V = 0,5 m3 hajmli yopiq idishda 3·106 N/m2 bosimda 0,6 kmol karbonat angidrid gazi bor. Van-der-Vals tenglamasidan foydalanib, bosimni ikki marta orttirish uchun haroratni necha marta orttirish kerakligi topilsin.
6.8. t=270C haroratda va p = 107 N/m2 bosimda 1 kmol kislorod bor. Berilgan sharoitda kislorodni real gaz deb hisoblab, gazning hajmi topilsin.
6.9. t=270C va 5·106 N/m2 bosimda 1 kmol azot bor. Berilgan sharoitda azotni real gaz deb hisoblab, gazning hajmi topilsin.
6.10. Kislorod uchun kritik kattaliklar TK va pK ni ma’lum deb, kislorod molekulasining effektiv diametri topilsin.
6.11. Azot molekulasining effektiv diametrini ikki xil usul: 1) normal sharoitda berilgan o’rtacha erkin yugurish yo’li uzunligining λ = 9,5·10-6 sm qiymatidan, 2) Van-der-Vaals tenglamasidagi b doimiysining berilgan qiymatidan topilsin.
6.12. Normal sharoitda karbonat angidrid gazi molekulasining o’rtacha Erkin yugurish yo’lining uzunligi topilsin. Karbonat angidrid gazi uchun Tk kritik harorat va pk kritik bosim ma’lum deb, uning molekulasining effektiv diametri hisoblansin.
6.13. t=170C haroratda va p = 1,5·105 N/m2 bosimdagi geliy gazining diffuziya koeffitsiyenti topilsin. Geliy gazi uchun Tk va pk ma’lum deb, atomning effektiv diametri hisoblansin.
6.14. Karbonat angidrid gazini: 1) ideal va 2) real hisoblab, uning bir kilomoli uchun 00C haroratda p = f(V) izotermalari chizilsin. m3/kmol larda ifodalangan V hajmni real gaz uchun quyidagi qiymatlarda oling: 0,07; 0,08; 0,10; 0,12; 0,16; 0,18; 0,20; 0,25; 0,30; 0,35 va 0,40; ideal gaz uchun esa 0,2 ≤ V ≤ 0,4 m3/kmol intervalda olinsin.
6.15. Normal sharoitda bir kilomol gaz molekulalarining o’zaro ta’sir kuchidan hosil bo’lgan bosim topilsin. Bu gaz uchun kritik harorat va kritik bosim mos ravishda Tk = 4170K va pk = 76 atm ga teng.
6.16. Vodorod uchun molekulalarining o’zaro ta’sir kuchi juda kichik bo’lib, molekulalarning xususiy o’lchami asosiy rolni o’ynaydi. 1) Bunday yarim ideal gazning holat tenglamasi yozilsin. 2) Vodorod molekulalarining xususiy o’lchamini hisobga olmasdan, t = 00C haroratda va p = 2,8·107 N/m2 bosimda biror hajmdagi vodorod molekulalarining sonini hisoblaganimizda yo’l qo’yiladigan xatolik topilsin.
6.17. 10 l hajmli idishda 270C haroratda 0,25 kg azot bor. 1) Molekulalarning o’zaro ta’siridan hosil bo’lgan bosim gaz bosimining qancha qismini tashkil qiladi? 2) Molekulalarning xususiy hajmi idish hajmining qancha qismini tashkil qiladi?
6.18. Ba’zi bir gazning 0,5 kmoli V1 = 1 m3 hajmni egallaydi. Gaz V2 = 1,2 m3 hajmgacha kengayganda, molekulalarining o’zaro ta’sir kuchiga qarshi A = 580 kGm ga teng ish bajarilgan. Bu gaz uchun Van-der-Vaals tenglamasidagi a doimiy topilsin.
6.19. 20 kg azot bo’shliqda V1 =1 m3 hajmdan V2 =2m3 hajmgacha adiabatik kengayadi. Azotning Van-der-Vaals tenglamasidagi a doimiyni ma’lum deb hisoblab (6.2-masalaning javobiga qarang), gazning bunday kengayishidagi haroratning pasayishi topilsin.
6.20. 0,5 kmol uch atomli gaz bo’shliqda V1 = 0,5 m3 hajmdan V2 =3 m3 hajmgacha adiabatik kengayadi. Bunda gazning harorati 12,20 ga pasaysa, Van-der – Vaals tenglamasidagi a doimiylik topilsin.
6.21. 1) a) 310C va b) 500C haroratda karbonat angidrid gazini suyuq karbonat kislotaga aylantirish uchun, unga qanday bosim berish kerak? 2) 1 kg suyuq karbonat kislota eng ko’pi bilan qanday hajmni egallaydi? 3) Suyuq karbonat kislota to’yingan bug’ining eng katta elastikligi qanday?
6.22. Suvning Van-der-Vaals tenglamasidagi b doimiyni ma’lum deb hisoblab (6.2-masalalaning javobiga qarang), kritik holatdagi suv bug’ining zichligi topilsin.
6.23. Geliy uchun kritik kattaliklar Tk va pk ning qiymatlarini ma’lum deb hisoblab, kritik holatdagi geliyning zichligi topilsin.
6.24. 920 atm bosimda 1 kmol kislorod 0,056 m3 hajmni egallaydi. Van-der-Vaals tenglamasidagi keltirilgan kattaliklardan foydalanib, gazning harorati topilsin.
6.25. t = -2000C haroratda 1 kmol geliy V = 0,237 m3 hajmni egallaydi. Van-der-Vaals tenglamasidagi keltirilgan kattaliklardan foydalanib, gazning bosimi topilsin.
6.26. Agar gazning hajmi va harorati bu kattaliklarning kritik qiymatidan ikki marta kattaligi ma’lum bo’lsa, gazning bosimi kritik bosimdan necha marta kattaligi topilsin.
Download 287,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish