5.186. Bir kilomol gaz adibatik siqilganda 146 kJ ish bajarilgan. Siqilganda gazning harorati qanchagacha ortgan?
5.187. Ikki atomli gazning hajmi ikki barobar kengaytirilganda gaz molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligi necha marta kamayadi?
5.188. Normal sharoitda 10g kislorod 1,4·10-3 m3 hajmgahca siqiladi. Kislorodning 1) izotermik, 2) adibatik siqilgandan keyingi bosimi va harorati topilsin. Bu hollarning har birida bajarilgan siqish ishi topilsin.
5.189 .400C haroratda va 750 mm sim. ust. bosimda 28 g azot 13 l hajmgacha siqilgan. Azotning: 1) izotermik, 2) adiabati siqilgandan keyingi harorati va bosimi topilsin.
5.190. Agar ikki atomli gazning bosimi ikki baravar kamaysa, gaz molekulalari erkin yugurish yo’lining uzunligi necha marta ortadi? Quyidagi hollar qarab chiqilsin: 1) gaz izotermik kengayadi 2) gaz adiabatik kengayadi.
5.191. Biri bir atomli, boshqasi 2 atomli har xil gazlar bir xil haroratda bo’lib, bir xil hajmni egallaydi. Gazning hajmi ikki marta kamayguncha adibatik siqilgan. Gazning qaysi biri ko’proq isiydi va necha marta?
5.192. 300C harorat va 1,5 atm bosimda bo’lgan 1 kg havo adiabatik kengayganda bosimi 1 atm gacha pasayadi. 1) kengayishining darajasi, 2) oxirgi harorati, 3) kengayaishda gazning bajargan ishi topilsin.
5 .193. Normal sharoitda 1 kilomol kislorodning hajmi V=5V0 gacha kengaygan. Kengayish: 1) izotermik va 2) adiabatik holda sodir bo’lganida p=f(V) grafigi tuzilsin. p ning qiymatlari: V0, 2V0, 3V0, 4V0, va 5V0 hajmlar ushun topilsin.
5.194. Qandaydir miqdordagi kislorod t1=270C haroratda va p1=8,2·105 N/m2 bosimda V1=3 l hajmni egallaydi (8-rasm). Gaz ikkinchi holatda V2=4,5 l va p2=6·105 N/m2 parametrlarga ega. Gazning olgan issiqlik miqdori; kengayishda gazning bajargan ishi; gazning ichki energiyasining o’zgarichi topilsin. Masala quyidagi hollar uchun yechilsin: gaz bir holatdan ikkinchisiga: 1) ACB va 2) ADB yo’llar bilan o’tadi.
5.195. Karno sikli bo’yicha ishlaydigan ideal issiqlik mashinasi har bir siklga isitgichdan 600 kal issiqlik oladi. Isitgichning harorati 4000K, sovutgichning harorati 300oK. Mashinaning bir siklda bajargan ishi va bir siklda sovutgichga bergan issiqlik miqdori topilsin.
5.196. Ideal issiqlik mashinasi Karno sikli bo’yicha ishlaydi. Agar bir siklda 300kGm ga teng ish bajarilganligi va sovutgichga 3,2 kkal issiqlik berilgani ma’lum bo’lsa, siklning f.i.k. aniqlansin.
5.197. Karno sikli bo’yicha ishlaydigan ideal issiqlik mashinasi har bir siklda 7,35·104 J ish bajaradi. Isitgichning harorati 100oC, sovutgichning harorati 0oC. 1) mashinaning f.i.k., 2) mashinaning bir siklda isitgichdan olgan issiqlik miqdori, 3) bir siklda sovutgichda bergan issiqlik miqdori topilsin.
5.198. Ideal issiqlik mashinasi Karno sikli bo’yicha ishlaydi. Bunday isitgichdan olindan issiqlikning 80% i sovutgichga berilgan. Isitgichdan olindan issiqlik miqdori 1,5 kkal ga teng. 1) Siklning f.i.k., 2) to’la siklda bajarilgan ish topilsin.
5.199. Ideal issiqlik mashinasi boshlang’ich bosimi 7 atm bo’lgan va 127oC haroratgacha isitilgan havo bilan Karno sikli bo’yicha ishlaydi. Havoning boshlang’ich hajmi 2·10-3 m3. Birinchi izotermik kengayishdan keyin havoning hajmi 5 l ga; adiabatik kengayishdan keyin hajmi 8 l ga teng bo’lgan. 1) Izoterma bilan adiabatalar kengayish nuqtasining koordinatalari, 2) siklining har bir qismida bajarilgan ish, 3) butun sikl davomida bajarilgan to’la ish, 4) siklning f.i.k., 5) Bir siklda isitgichdan olingan issiqlik miqdori, 6) bir siklda sovutgichga berilgan isiqlik miqdori topilsin.
5.200. Ideal gazning 1 kilomoli ikkita izoxora va ikkita izobaradan iborat yopiq sikilni bajaradi. Bunda gazning hajmi V1=25m3 dan V2=50m3 gacha va bosimi p1=1atm dan p2=2atm gacha o’zgaradi. Bunday siklda bajarilgan ish hajmi izotermik kengaytirilganda ikki marta ortgan va izotermalari qarab chiqilayotgan siklning eng yuqori va eng past haroratlariga mos kelgan Karno sikli bo’yicha bajarilgan ishdan necha marta kichik.
5.201. Teskari Karno sikli bo’yicha ishlaydigan ideal issiqlik mashinasi har bir siklda 3,7·104 J ga teng ish bajaradi. Bunda mashina -10oC haroratli jismdan issiqlik olib +17oC haroratli jismga issiqlik beradi.1) siklning f.i.k. 2) bir siklda sovuq jismdan olingan issiqlik miqdori, 3) bir siklda issiq jismga berilgan issiqlik miqdori topilsin.
5.202. Ideal sovutish mashinasi teskari karno sikli bo’yicha issiqlik nasosidek ishlaydi. Bunda mashina 2 0C haroratli suvdan issiqlik oladi va uni 27 0C haroratli havoga beradi.1) biror vaqt oralig’ida havoga berilgan issiqlik miqdorini shuncha vaqtda suvdan olingan issiqlik miqdoriga bo’lgan nisbatidan iborat η1 koeffitsiyent, 2) biror vaqt oralig’ida suvdan olingan issiqlik miqdorini shuncha vaqt oralig’da mashinaning ishlashi uchun sarflangan energiyaga bo’lgan nisbatidan iborat 2 koeffitsiyent, 3) biror vaqt oralig’da mashinaning ishlashi uchun sarflangan energiyani shuncha vaqtda havoga berilgan issiqlik miqdoriga bolgan nisbatdan iborat 3 koeffitsiyent topilsin. 1, 2, 3 koeffitsiyentlarning o’zaro bog’lanishi topilsin.
5.203. Teskari Karno sikli bo’yicha ishlaydigan ideal sovutish mashinasi 0oC haroratdagi suvli sovutgichdan 100 oC haroratdagi suvli qaynatgichga issiqlik o’tkazadi. Qaynatgichda 1 kg suvni bug’ga aylantirish uchun sovutgichda qancha miqdor suvni muzlatish kerak?
5.204. Bino teskari Karno sikli bo’yicha ishlaydigan sovutish mashinasi yordamida isitiladi. Xonaning ma’lum miqdor o’tin yoqilgan pechkadan olgan issiqlik miqdori Qo ni, o’shancha o’tinni iste’mol qiluvchi issiqlik mashinasi bilan ishlaydigan sovitish mashinasining xonaga bergan issiqlik miqdori Q1 bilan solishtiring. Bu issiqlik dvigateli T1=1000C va T2=00C haroratlar oralig’ida ishlaydi. Xonaning harorati doimo T1=160C bo’lishi talab qilinadi. Atrofdagi havoning harorati T2=-10oC.
5.205. Ideal bug’ mashinasining ish sikli 9-rasmda tasvirlangan: a) V0 o’zgarmas hajmda qozondan silindrga bug’ kira boshlagach, bosim po dan p1 gacha ko’tariladi (AB tarmoq); b) bug’ning bundan keyingi kirishi davomida porshen p1 o’zgarmas bosimda chapdan o’ngga surila boradi (BC tarmoq); v) porshenning o’ngga surilishi davom qilganda bug’ning qozondan silindrga kirishi to’xtaydi va bug’ adiabatik kengayadi (CD tarmoq); g) porshen o’zining o’ngdagi eng chekka vaziyatiga yetganda bug’ silindrdan sovutgichga chiqadi –V2 o’zgarmas hajmda bug’ning bosimi tezda po qiymatgacha pasayadi (DE tarmoq); d) porshen qaytayotganda po o’zgarmas bosimda qolgan bug’ni siqib chiqaradi, bunda hajm V2 dan Vo gacha kichrayadi (EA tarmoq). Agar V0=0,5 l, V1=1,5 l, V2=3,0 l, p0=1atm p1=12atm va adiabataning darajasi 1,33 ga teng bo’lsa, bu mashinaning har bir siklda bajargan ishi topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |