Ideal gaz holatining tenglamalari Reja: - Termodinamik jarayonlarni o‘rganish yo‘llari
- Izojarayonlar
Termodinamik jarayonlarni o‘rganish yo‘llari Termodinamikaning birinchi qonuni issiqlik miqdori, ichki energiyaning o‘zgarishi va tashqi kuchlarga qarshi bajarilgan foydali ish o‘rtasidagi munosabatni belgilaydi. Jismga uzatilayotgan yoki undan olib ketilayotgan issiqlik miqdori jarayonning turiga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy termodinamik jarayonlar quyidagilardan iborat: 1.O‘zgarmas hajmda kechadigan izoxorik jarayon.
5.Yuqoridagi termodinamik jarayonlarni umumlashtirgan politrop jarayon.
2.O‘zgarmas bosimda kechadigan izobarik jarayon.
3.O‘zgarmas temperaturada kechadigan izotermik jarayon.
4.Tashqi muhit bilan issiqlik almashmagan holda kechadigan adiabatik jarayon.
Ideal gazning entropiyasini o‘zgarishini quyidagi formulalar yordamida aniqlaymiz: Izoxorik jarayon
Izoxorik jarayonga yopiq idishda gazning isishi yoki sovishi misol bo‘la oladi.
O‘zgarmas hajmda kechadigan jarayonga izoxorik jarayon. Jarayon egri chizig‘i izoxora deb aytiladi.
Ideal gazning holat tenglamasi:
p/T = R/v = f (v)=const
Izobarik jarayon O‘zgarmas bosim ostida kechadigan termodinamik jarayonlarga izobarik jarayon (p=const) deyiladi.
Jarayon egri chizig‘i izobara deb aytiladi. Har ikkala holat uchun jarayonning holat tenglamalarini yozamiz:
p1v1=RT1; p2v2=RT2
p=const uchun
v1/v2=T1/T2
Izotermik jarayon O‘zgarmas (T=const) temperaturada sodir bo‘ladigan termodinamik jarayon izotermik jarayon deyiladi. Boyl-Mariott qonuniga asosan T=const. Izotermik jarayonning Pv koordinatalari diagrammasi giperboladan, Ts –koordinatadagi diagrammasi obtsissa o‘qiga parallel chiziqdan iborat
Tizim xolatlarining tenglamalarini quyidagicha yozish mumkin p1v1=RT1; p2 v2=RT2
Adiabatik jarayon Ish moddasi tashqi muhit bilan issiqlik almashmagan holda kechadigan termodinamik jarayon adiabatik jarayon deyiladi. Jarayonning egri chizig‘i adiabata deyiladi
Ammo tez kechadigan jarayonlarni adiabatik jarayon deb qarash mumkin.
pvk=const.
Adiabata tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:
Politrop jarayon Tizim (ideal gaz) ning solishtirma issiqlik sig‘imi (c=const) o‘zgarmas bo‘lgan termodinamik jarayon politrop jarayon deyiladi. Jarayon egri chizig‘i politropa deyiladi (6-rasm). Termodinamik jarayon ta’rifidan ko‘rinib turibdiki, asosiy termodinamik jarayonlar: izotermik, izoxorik, izotermik va adiabatik jarayonlar o‘zgarmas sig‘imda kechsa, ular politrop jarayonning xususiy holi bo‘ladi. Adabiyotlar: 1. Ismoilov M., Хabibullayev P., Хaliulin M. Fizika kursi, «O`zbekiston» 2000 y. 2. Axmadjonov O. Fizika kursi II-qism, «O`qituvchi» 1988 y. 3. Savl`ev I.V. Umumiy fizika kursi, II-qism, 1998 y. 4. Тrofimova Т.I. Kurs fiziki , 1990 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |