Ichki va tashqi qurilmalar uchun ajratkichlar



Download 163,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.04.2022
Hajmi163,76 Kb.
#523548
  1   2
Bog'liq
4-MA`RUZA



55-rasm. Qirquvchi tipdagi ajratgichlarning kontakt 
tizimi 
9-MA`RUZA 
ICHKI VA TASHQI QURILMALAR UCHUN AJRATKICHLAR. 
 
Ichki qurilmalar uchun ajratkichlar. 
Ichki qurilmalar uchun bir qutbli (RVO) yoki uchqutbli (RV, RVK, RVRZ 
va shu kabi) ajratkichlar qo‘llaniladi. Uch qutbli ajratkichlar umumiy ramada yoki 
har bir qutb uchun alohida ramada tayyorlanishi mumkin. Har bir qutb 
ajratkichning yuritmasi bilan ulangan umumiy val orqali birlashtiriladi. 1000 A 
gacha bo‘lgan toklarga ajratkichning pichog‘i ikkita mis polosadan, katta toklar 
uchun pichoq uch-to‘rt polosadan tayyorlanadi. SHina konstruksiyalaridagi kabi, 
katta toklarda materialdan yaxshi foydalanish uchun, qo‘zg‘almas kontaktlar 
qutisimon kesimda, ajratkich pichog‘i, esa tog‘ora shaklda tayyorlanishi kerak. 
 Kesuvchi tipdagi ajratkichlarda
pichoq qo‘zg‘almas kontaktlardan birining 
atrofida aylanadi, pichoqqa harakat chinni tortqi orqali valdan uzatiladi. 
Kontaktlardagi kerakli bosim prujsnalar orqali hosil qilinadi. Kesuvchi 
tipdagi ajratkichlarning kontakt tizimining tuzilishini ko‘rib chiqamiz (55-rasm). 
Izolyator 1 da to‘g‘ri burchak ostida bukilgan mis shina mahkamlangan bo‘lib, u 
qo‘zg‘almas kontakt 2 hisoblanadi. Qontakt 2 ning yon tomonlari silindrik sirt 
ko‘rinishida ishlangan, shuning uchun pichoq 6 plastinalari bilan chiziqli kontakt 
hosil qiladi. Sterjen 5 ga o‘rnatilgan prujinalar 4 po‘lat plastinalar Z ni bosadi, 
plastinalar chiqkan joylari bilan pichoqlarni qo‘zg‘almas kontaktga siqadi. 
Kontaktda bosim qancha katta bo‘lsa, o‘tish qarshiligi shunga kichik bo‘ladi, lekin 
uzishlar 
va 
ulashlardagi 
ishqalanish hisobiga kontaktlar 
eyilishi 
katta 
va 
ajratkichni 
operatsiyalardagi harakatlantirish 
uchun qo‘yiladigan kuch shuncha 
katta bo‘ladi. 
Q.t. toklarining o‘tishi 
paytida 
tokning 
pichoq 


plastinalaridan kontaktlarga o‘tish joylarida elektrodinamik kuchlar hosil bo‘ladi, 
ular kontaktdan pichoqlarni itarishga harakat qiladi. Boshqa tomondan, pichoq 
plastinalari bir tomonga yo‘nalgan toklarning o‘zaro ta’siri sababli bir-biriga 
tortiladi. Q.t. toklari katta bo‘lganda itarish kuchlari plastinalar pichoqlarining 
tortish kuchidan katta bo‘lishi mumkin, bu plastinalar pichoqlarini kontaktdan 
otilib chiqishiga, yoyning paydo bo‘lishiga, ya’ni avariyaga olib keladi. Buning 
oldini olish uchun, ajratkichlarda magnit qulf qurilmasi ko‘zda tutiladi. U pichoq 
tashqarisiga joylashgan ikkita po‘lat plastinalar 3 dan iborat bo‘lib, birinchidan, 
prujinalar bosimini uzatish uchun xizmat qilsa, ikkinchidan, q.t. toklaridan 
magnitlanib bir-biriga tortiladi va kontaktda qo‘shimcha bosim hosil qiladi. 
Ikkinchi izolyatrrdagi ajratkichning kontakt tizimi ham shunday konstruksiyaga 
ega, faqat kontaktlar sirpanuvchi, sharnirli, lekin ajralmaydigan bo‘ladi, chunki 
pichoq o‘q 7 atrofida aylanadi.
Erga tutashtiruvchi pichoqlar bo‘lsa, ular sharnirli yoki ajrovchi kontaktlar 
tomonida yoki ikkala tomonda joylashishi mumkin. Uch qutbli qurilmalarda, ular 
umumiy mis shinalar bilan qisqa tutashtiriladi.
Erga tutashtiruvchi pichoqlar, bosh pichoqlar ulangan holatda, ularni 
ulanishiga yo‘l qo‘ymaydigan mexanik blokirovkaga ega. Erga tutashtiruvchi 
pichoqlarni boshqarish uchun, dastadan valga harakat beruvchi richaglar (PR) 
tizimidan yoki chervyakli yuritmadan (PCH) tashkil topgan oddiy qo‘l 
yuritmasidan foydalaniladi. Bosh pichoqlarni ulash yoki uzish bu operatsiyalarni 
masofadan amalga oshirish imkonini beradigan elektr dvigatel yuritmasi (PDV) 
tomonidan amalga oshiriladi.
O‘z-o‘zidan uzilishi yoki ulanishni yo‘qotish uchun yuritmaning richaglar 
tizimi yordamida ajratkich ulangan yoki uzilgan holatda ishonchli tutib turiladi. 
Komplekt ekranlangan tok o‘tkazuvchi qurilmalar uchun pichog‘i ilgarilama 
harakat qiladigan aylanuvchi tipidagi ajratkichlar; chervyakli yuritma bilan 
boshqariladigan qirquvchi tipidagi; 
ZR
tipidagi erga tutashtiruvchi ajratkichlar 
qo‘llaniladi. 

Download 163,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish