Ichki nazorat tizimi va uning auditdagi ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (12-son AFMS) “Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash”
O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (12-son AFMS) “Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholash”
O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi.
Ushbu Standartning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ushbu Standartning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik tekshiruvlari jarayonida auditor (auditorlar) tomonidan buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini baholashga qo‘yiladigan asosiy talablarni ishlab chiqish;
b) xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya hisobi tizimini baholash tartibini bayon qilish;
v) xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik tekshiruvlari jarayonida ichki nazorat tizimini baholash tartibini bayon qilish.
Hisobot topshirishdan oldin.
Ichki nazorat tizimi — buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlarning but saqlanishini ta’minlash, talon-toroj qilish hollari va xatoliklarning oldini olish hamda aniqlash maqsadida buxgalteriya hisobi subyektining rahbari tomonidan qabul qilingan hisob siyosati asosida tashkil etilgan chora-tadbirlar tizimi.

Buxgalteriya hisobi tizimi — barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzish;
Audit ichki hodimlar tekshiruvi.
Ichki nazorat tizimi xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining hajmi va xususiyatlariga muvofiq bo‘lishi lozim. Auditor auditorlik tekshiruvi jarayonida buxgalteriya hisobi tizimi tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatini haqqoniy aks ettirishi to‘g‘risida yetarli darajada ishonchga ega bo‘lishi lozim.

Agar auditor tegishli nazorat vositasiga tayanishi mumkinligi to‘g‘risida ishonch hosil qilsa, bunday holda u auditorlik amallarini chuqurlashmagan tarzda o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi, aks holda u ko‘proq (keng) tanlov asosida o‘tkazgan bo‘lar edi, shuningdek qo‘llanilayotgan auditorlik amallari mohiyatiga va ularni amalga oshirish uchun mo‘ljallanayotgan vaqt sarfiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti o‘zining faoliyatida ishonchlilik va samaradorlikni baholashda ko‘p miqdordagi darajalarni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti o‘zining faoliyatida ishonchlilik va samaradorlikni baholashda ko‘p miqdordagi darajalarni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimini o‘rganish va baholash auditorlik tashkilotining ish hujjatlarida albatta (majburiy tartibda) aks ettirilishi lozim. Bunda quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi:
b) rahbariyat xodimlari va buxgalteriya ishchilarining fikrlarini aniqlash maqsadida namunaviy savollar ro‘yxatidan;
v) tekshiruv varaqalari va maxsus blankalardan;
g) e’tirozlar ro‘yxati, bayonnoma yoki dalolatnomalardan.
Ichki nazorat tizimining ishonchliligini tasdiqlash amallari auditorlik tashkiloti tomonidan mazkur va boshqa auditorlik faoliyatining milliy standartlari talablarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqilgan usullar va yondashuvlar asosida amalga oshiriladi.

Agar auditorlik tashkiloti ishonchlilikni tasdiqlash jarayonida ichki nazorat tizimi umuman va (yoki) ichki nazoratning alohida bir vositasi dastlabki baholash jarayonida olingan bahodan past degan xulosaga kelsa, bunday holda u o‘tkaziladigan auditorlik tekshiruvlari natijalari bo‘yicha o‘z xulosasining ishonchliligini oshirish maqsadida boshqa auditorlik amallarini amalga oshirish tartibini shunga mos ravishda tuzatishi lozim.
Ichki nazorat tizimini baholashning barcha bosqichlari butun tizim yoki alohida nazorat vositasi ishonchliligining bahosini ko‘rsatgan holda tegishli tartibda batafsil hujjatlashtirilishi lozim.