1. II. Mehnat shartnomasini tuzish, o’zgartish va bekor qilish tartibi. Ishga qabul qilish, ish beruvchiga tug‘ridan-tug‘ri murojaat qilish yoki mehnat bo’yicha organlarning bepul vositalari orqali amalga oshiriladi.
Ishga kirish huquqidan 16 yoshga tulgan shaxslar foydalanadilar.
Ishga qabul qilinayotganda ishga kiruvchi quyidagi xujjatlarni taqdim etishi shart (80-modda):
Pasport (yoki uning urnini bosuvchi xujjat), 16 yoshga etmagan shasxlar esa tug‘ilganlik tug‘risidagi guvohnoma va yashash joyidan ma’lumotnoma;
chet el fuqarolari pasportidan tashkari O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini taqdim etishlari shart. Fuqaroligi bo’lmagan shasxlar esa fuqaroligi yuq shaxsning guvohnomasi va O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnomasini taqdim etadilar.
-surovnoma (tug‘ilgan yili, oy, sana, millati, ma’lumoti, qachon va qayerni tamomlagan, qaysi chet tilini biladi, yaqin qarindoshlari haqida ma’lumot, ish staji, sudlangan yoki sudlanmaganligi haqida ma’lumot);
-tarjimai hol, shaxsiy varaqa (Forma T-2);
-fotorasm 3x4 (ayollar oq kofta, erkaklar kostyum-shim, galstukda) elektron variantda;
-STIR (soliq tulovchining identifikatsiya raqami);
-tibbiy daftarcha (xorijlik mehmonlar bilan ishlovchi kategoriyaga tegishli xodimlar uchun);
Ishga birinchi marta kirayotgan shaxslardan boshqalar mehnat daftarchasini taqdim etadilar.
O‘rindoshlik yo’li bilan ishga kirayotgan shaxs mehnat daftarchasining urniga asosiy ish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi kerak.
Harbiy bilet harbiy xizmatchilar uchun yoki qayd guvohnomasi (armiyaga chaqiruvchilar uchun);
Bajarish uchun qonunchilikka muvofiq faqat maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikga ega bo’lgan shaxslargina quyilishi mumkin bo’lgan ishga kirish paytida ma’lumot to’g’risida Davlat namunasidan xujjat;
Ish beruvchi ishga kirayotgan shaxsdan boshqa xujjatlarni talab qilishga haqli emas.
Quyidagi xollarda ishga qabul qilinishga yo’l quyilmaydi (79-modda):
Mazko’r qoidalarning 2.3-bandida ko’rsatilgan xujjat
bo’lmaganda;
14 yoshga to‘lmagan shaxslar;
Tibbiy ko’rikdan utish qonunchilikda ko’zda tutilgan hollarda tibbiy ko’rikdan utmagan shaxslar, shuningdek, tibbiy xulosaga muvofiq mazkur ishni bajarishga sog‘ligining holati yo’l quymaydigan xodimlar;
Sud hukmiga ko’ra muayyan lavozimni egallash yoki uning bajarishi ta’qiqlangan ishda muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
Agar ularning ishi bevosita bo‘ysunish yoki birining ikkinchisi nazorati ostida bo’lish bilan bogliq bo‘lsa, o’zaro yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar (ota-onalar, aka-ukalar, opa- singillar, ug‘illar, qizlar,
er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka- ukalari,
opa-singillari va farzandlari) (mazko’r talab faqat davlat korxonalari uchun qullaniladi);
Qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa xollarda.
Ishga kiruvchining ishga qabul qilish tug‘risidagi murojaati maxsus hisob daftarida ro’yxatga olinishi, raqamlanishi, tiqilishi va korxonaning muhri bilan tasdiqlanishi kerak, u kadrlar bo’limida, devonxonada, rahbarning qabulxonasida, ish beruvchi tomonidan belgilangan boshqa joyda saqlanadi.
Mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuvi bo’yicha mo’zokaralarda belgilab olinadi:
Ish joyi;
Ishga kiruvchining mehnat majburiyatlari u ishlaydigan ixtisoslik, malaka lavozimi;
Mehnatga haq tulashning miqdori va shartlari;
Mehnat shartnomasini muayyan muddatga tuzish vaqtida uning amal qilish muddati (nomuayyan);
Ishni boshlash kuni: dushanbadan-shanbagacha:
O‘rindoshlik bo’yicha ishga qabul qilish paytida har kungi ishning davomiyligi.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko’rsatilmagan bo‘lsa, u nomuayyan muddatga tuzilgan deb xisoblanadi (75-modda).
2.7.1 Faqat quyidagi hollarda muddatli mehnat shartnomalari tuzilishi mumkin:
Bo’lajak ish muddatli xarakterda bo’lganligi sababli;
Ishni bajarish shartlari ayni muddatli mehnat shartnomasi tuzishni talab qilsa;
Xodim ana shunday shartnoma tuzishdan manfaatdor bo’lsa;
Ishga qabul qilinayotgan xodim bilan mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo’lgan, kamida 2 nusxada yozma shaklda tuziladi va
tomonlarning imzolari bilan tasdiqlanadi, rahbar esa o’z muhri bilan tasdiqlaydi.
Xodimning talabiga ko’ra mehnat shartnomasi u bilgan tilda tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma nusxasi bilan bir xil yuridik kuchga ega bo’ladi.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uni tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin ish beruvchi shartnomaning mazmuniga aniq muvofiqlikda ishga qabul qilish to’g’risida buyruq chiqaradi va xodimga imzo quydirilgan holda uni xabardor qiladi. "
Ish beruvchi qo’yidagi xollarda ishga qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas:
ish beruvchining o’zi tomonidan qabul qilingan shaxslarni;
nogironlarni, 18 yoshdan yosh bo’lgan shaxslarni va davlat hokimiyati organi tomonidan muassasaga belgilangan eng kam miqdordagi ish urinlari hisobiga ishga mahalliy mehnat organlari yuborgan shaxslarni;
homilador ayollarni va 3 yoshgacha bolalari bo’lgan
ayollarni;
Xodim ish beruvchidan ishga qabul qilish rad etilganligining sabablarini yozma ravishda asoslashni talab qilishga haqlidir. (78-modda)
Ishga qabul qilish paytida mehnat shartnomasida dastlabki sinov to’g’risidagi shart tasdiqlanishi mumkin. Dastlabki sinov muddati 3 oydan oshmaydi. Agar tomonlar tarafidan belgilangan sinov muddati tugaguniga qadar tomonlarning birontasi mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi bayonot bermasa, shartnomaning amal qilishi davom etadi.
2.14.1 Qo’yidagilarga nisbatan sinov muddatli belgilashga yo’l qo’yilmaydi:
xomilador ayollarga, 3 yoshgacha bolalari bo’lgan ayollarga;
mehnat organi tomonidan yuborilgan shaxslarga;
6 oygacha mehnat shartnomasi tuzilgan shaxslarga;
xodim boshqa vazifaga o’tqazilayotganda dastlabki sinov muddati belgilanmaydi.
Ishga birinchi marta tushgan va muassasada 5 kundan ortiqishlagan shaxslarga ish beruvchi mexdat daftarchalarini yuritishi shart, o’rindoshlar bundan mustasno.
Kadrlar bo’limining xodimlari 7 kundan kechiktirmay xodimning mehnat daftarchasiga tegishli yozuvni kiritishlari va kiritilishi kerak bo’lgan shaxsiy varaka T-2 shaklida imzo kuydirgan holda yozuvning mehnat daftarchasidagi yozuv bilan anik muvofiqligini tanishtirishlari shart.
Qo’yidagi xollarda va tartibda ish beruvchining yoki xodimning talabiga ko’ra mehnat shartlarini o’zgartirishga yo’l
qo‘yiladi:
2.16.1. Ish beruvchi, agar mehnat shartlarini saqlanishi imkoni bo‘lmasa yoki xodimlar sonini o’zgartirishga olib kelgan ishlar xajmini qiskartirilishidagi o’zgarishlar belgilangan bo’lsa, ularni o’zgartirishga haqlidir. Mehnat shartlarini keyingi o’zgartirish to’g’risida xodim kamida 2 oy oldin yozma ravishda, tilxat bergan holda ogohlantirilishi kerak. Bu muddatni qiskartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo’l qo’yiladi.
Xodim qonunchilikda ko’zda tutilgan xollarda mehnat shartlarini o’zgartirishni yozma ravishda talab qilishga haqlidir.
Ish beruvchi xodimning, faqat uning roziligi bilan boshqa doimiy yoki vaqtinchalik ishga o’tqazishi mumkin.
Tomonlarning kelishuviga binoan ishga qabul qilish paytida ham undan keyin ham xodim tomonidan asosiy ish bo’yicha vazifalardan tashqari kasblarni o’rindoshlik asosida olib borish tartibida qushimcha majburiyatlarni bajarilishi kelishib olinishi mumkin. Kasblarni o’rindoshlik asosida olib borish va uni bekor qilish mehnat shartnomasida aks ettiriladi va buyruqlashtiriladi.
Xodim mehnat shartnomasini istalgan vaqtda bekor qilishga haqlidir.
Xodim o’zining mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi tegishli arizasini muassasa, korxona rahbarining 2 hafta oldin yozma ravishda ogohlantirishga majburdir.
Xodimning bergan arizasi ro’yxatga olinishi shart. (99-
modda)
Xodim tomonidan berilgan ariza berilgan kundan kechiktirmasdan keyingi kun korxona rahbariga topshiriladi.
Qonun bilan belgilangan ogohlantirish muddati xodim bilan korxona rahbari o’rtasidagi kelishuvga ko’ra qiskartirilishi mumkin, bu esa xodimning arizasida mehnat shartnomasi (keyingi urinlarda MSH) bekor qilishning anik sanasini ko’rsatgan va MSHni bekor qilish huquqiga ega bo’lgan shaxsning tegishli ruhsati ko’rinishida aks ettirilishi kerak.
Ogohlantirish muddati mobaynida MSHning shartlarini tomonlar odatdagi tartibda bajarishda davom etadilar. Xodimning ogohlantirish muddati ichida arizani qaytarib olish huquqi saqlanadi.
Ish beruvchining tashabbusiga ko’ra qo’yidagi hollarda MSHni bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi.
- xomilador ayollar va 3 yoshgacha bolali ayollar.
Ish beruvchi qo’yidagi xodimlar bilan MSHni o’z tashabbusiga ko’ra bekor qilayotganida mehnat organining roziligini olishi shart:
-18 yoshga etmagan shaxslar;
-kasaba uyushma organlari tarkibiga saylangan shaxslar.
Ish beruvchi xodimni MSHni bekor qilish niyatida yozma ravishda
qo’yidagi muddatlarda ogohlantirishi shart (102-modda): -tehnologiyaning o’zgarishi, ish xajmlarining qisqartilishi, xodimlar soni o’zgarishi munosabati bilan MSHni bekor qilinayotganda kamida 2 oy oldin;
-xodim malakasining yetarli emasligi yoki sog’lig’ining yomonlashgani oqibatida bajarayotgan ishiga muvofiq kelmasligi munosabati bilan MSH bekor qilinayotganda kamida 2 hafta oldin.
Xodimning aybli xarakatlari oqibatida MSHni bekor qilish xolatida ish beruvchi kamida 3 kun oldin xodimni mehnat munosabatlarining bekor qilinishi to’g’risida xabardor qilishi shart.
Ish beruvchi xodim aybli hatti-harakatlar sodir qilgan taqdirda u bilan MSHni qo’yidagi asoslar bo’yicha bekor qilishga haqdidir (100-modda):
-xodim o’zining mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda bo’zib kelsa;
-xodim o’zining mehnat majburiyatlarini bir marta qupol ravishda
bo’zsa.
Bir marta mehnat majburiyatlarini buzganlik uchun MSHni bekor qilish mumkin bo’lgan qupol buzishlarga qo’yidagilar kiradi: -ijro intizomini bo’zish (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari O’zbekiston Respublikasi Hukumatining Qarorlari, yuqori turuvchi organlar, hokimlik va ish beruvchining qarorlarida qo’yilgan vazifalarini amalga oshirishni ta’minlamaganlik):
-ishga uzrsiz sabablar bilan muntazam ravishda 3 soat mobaynida chiqmaslik;
-ishga alkogollik ichimliklar, giyohvandlik vositalarini iste’mol qilib kelish, bu holat guvohlarning ko’rsatmalari va tibbiy xulosa bilan tasdiqlangan bo’lsa;
muzeyning boshqa xodimlari hamda muzeyga tashrif buyuruvchilar bilan qupol munosabatda bo’lsa, tashrif buyuruvchilarning shaxsiga tegadigan haqoratlash va boshqa harakatlar;
ish joyini rahbarlarning ruxsatisiz tashlab ketish;
ish joyida korxonaning mol-mulkini o’g’rlashni sodir etish, buni guvohlar tasdiqlasa;
o’z vazifasini bajarayotgan xodimning mazkur ishda ishlashini davom ettirishi mumkin bo’lmagan g‘ayriahloqiy ish harakatini sodir etishi;
korxona xodimlarining, shu jumladan, tartibbuzarning ham hayoti yoki sog’lig’iga xavf to’g’diradigan tarzda xavfsizlik tehnikasini, ishlab chiqarish tehnologiyasini qupol ravishda
bo’zishi;
-xodim tomonidan mehnat majburiyatlari buzilib, O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 10 barobari xajmida moddiy zarar etkazilishi;
-bevosita pul yoki tovar-moddiy boyliklariga xizmat ko’rsatadigan yoki ularga ma’sul qilib tayinlangan xodim tomonidan aybli hatti-harakatlar sodir etilishi, agar bu holat ish beruvchi tomonidan unga nisbatan ishonchning yuqolishiga asos bo’lsa.
MSH qo’yidagi hollarda ham bekor qilinishi mumkin:
-xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chahirilganda;
-ilgari shu ishni bajargan xodim ishga qayta tiklanganda;
-xodim ilgari ishini davom ettirishga imkon bermaydigan jazoga hukm qilingan, sud hukmi qonuniy kuchga kirganda, shuningdek, sudning qaroriga ko’ra xodim ixtisoslashtirilgan davolash profilaktika muasasasasiga yuborilganda;
-ishga qabul qilishning belgilangan qoidalari buzilganda;
-xodim vafot etganda;
-agar ishni davom ettirish, ularning sog’lig’iga xavf solsa.
MSHni bekor qilish to’g’risidagi buyruqda Mehnat Kodeksining tegishli bandi va moddasini havola qilgan holda asos ko’rsatiladi.