Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi
Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
“Tasdiqlayman ”
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
o’quv ishlari bo’yicha prorektor
professor O.R. Teshayev__________________
“____”_________________2010 yil
|
Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot
uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan
№ Mavzu: Nafas tizimi kasalliklarida bemorlarni tekshirish usuli. Ularni so’rab-surishtirish
-
T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan
“____”_____________2010 yil
|
2010-2011 o’quv yili
№ Mavzu: Nafas tizimi kasalliklarida bemorlarni tekshirish usuli. Ularni so’rab-surishtirish
1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, terapiya bo’limi.
2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.
3. Maqsadi va vazifalari.
Talabalrni nafas olish azolari xastaligi bilan betob bo’lgan bemorlar bilan suhbatlashish-so’rash tartiblari va ularda uchraydigan asosiy simptomlari bilan tanishtirish. Talabalarga ko’rish uslublari hamda ko’krak qafasi palpatsiyasini o’rgatish. Ko’krak qafasi shaklini, tiplarini, nafas olish ritmi va chuqurligini aniqlashni o’rgatish. O’pka patologiyasida uchraydigan simptomlar va sindromlarni bemorlardan so’rab surishtirish, ko’rish va palpatsiya qilish orqali aniqlashni o’rgatish.
Mashg’ulot vazifalari:
- nafas olish azolari xastaligi bilan betob bo’lgan bemorlar tomonidan ko’rsatilinadigan shikoyatlarni talabalar bilan ko’rib chiqish;
- nafas olish azolari xastaligi bilan betob bo’lgan bemorlarni umumiy ko’rish qoidalari bilan tanishtirish va ko’rib chiqish;
- talabalarga ko’krak qafasi shaklini, tiplarini, nafas olish ritmi va chuqurligini to’g’ri aniqlashni o’rgatish;
- volontyor yoki talabaga ko’krak qafasini palpatsiya qilishni ko’rsatib berish
4. Motivasiya.
Nafas tizimi kasalliklarida to’g’ri va mukammal anamnez yeg’ish diagnostika uchun katta axamiyatga ega. Chunki to’g’ri yeg’ilgan anamnez yarim diagnoz xisoblanadi.
5. Fanlararo bogliqlik.
Vertikal integracia
Gorizontal integracia
Kuyidagi fanlar bilan integratsiya kilish:
I. Vertikal buyicha
1. Normal anatomiya
2. Normal fiziologiya
II. Gorizontal buyicha
Patologik fiziologiya
Bronx-upka sistemasi kuyidagi organlardan tashkil topgan: traxeya, bronx va upka. VII buyin umurtkalari chegarasida xikildok traxeyaga utadi. Upka juft organ bulib, kukrak kafasida joylashgan. Kesik konus shakliga ega. Ung upka chav upkaga nisbatan kengrok, lekin biroz kaltarok. Upkaga upka va bronx arteriyalari, asosiy bronx va nerv kirish joyi, upka va bronxlar venalari va limfa tomirlari chikish joyi, upka darvozasi deyiladi. Upka darvozasini xosil kiluvchi barcha xosilalar upka ildizini tashkil etadi. Upka kuyidagi bulaklardan tashkil topgan: ung - uchta , chap - ikkita.
Xar bir asosiy bronx upka darvozasidan kirgandan sung bulak venalariga bulinadi. Ung bronx uchta bulak bronxiga, chap upka ikkita bulak bronxiga bulinadi. Bulak bronxlari segment bronxlariga bulinadi, xar bir segment bronxi dixotomik bulinadi. Bu sistema bronxial daraxtni tashkil etadi. Bronxiolalarni keyingi bulinishi al'veolyar daraxtni tashkil etadi. Al'veolyar yullar al'veolyar kopchalar bilan tugaydi. SHunday kilib upka parenximasi xavo utkazuvchi shoxlanuvchi trubkalar va shoxlanuvchi kon tomirlar, limfa tomirlari va nervlardan tashkil topgan.
.
Normal fiziologiya.
Nafas deganda tukimalarga kislorod olib borish, metabolizm protsessida uni ishlatish va organizmdan uglerod oksidini olib chikuvchi kiyin biologik protsess tushuniladi.
Nafas protsessida uchta asosiy etaplarni ajratish mumkin.
1. Tashki nafas;
2. Kon erdamida gazlar transporti
3. ichki (tukima nafas).
Tashki nafas bu organizm va uni urab turuvchi atmosfera xavosi urtasida gazlar almashinuvidir. Tashki nafasda ikkita etap ajratiladi: a)al'veolyar va atmosfera xavosi urtasida gaz almashinuvi; b)al'veolyar xavo va upka kapillyarlari urtasida gaz almashinuvi.
Gaz transporti kon erdamida amalga oshiriladi. Gazlarni tashki muxitdan tukimalargacha va tukimalardan tashki muxitgacha xarakati partsial bosim xisobiga amalga oshiriladi.
Kislorod ikki xil kurinishda transport kilinadi:gemoglobin bilan kimeviy boglanishda (oksigemoglobin) va oddiy fizik erish xolida. Uglerod oksidi gemoglobin bilan birikkan xolda transport kilinadi (karbgemoglobin).
Ichki nafas tukimalarni kislorod ishlatib uglerod oksidi chikarishidan iborat.
Nafas olish aktiv amalga oshiriladi. Nafas olish ketidan nafas chikarish amalga oshiriladi. U passiv bulib kuyidagi faktorlar xisobiga amalga oshadi: kukrak kafasini ogirligi, upka elastikligi, kovurga togaylari elastikligi va korin bushligi organlari bosimi xisobiga.
.
Patologik fiziologiya.
Tashki nafasni gaz almashinuvi asosini uchta bir biriga uzviy boglik bulgan protsesslar tashkil etadi:
-ventilyatsiya- al'veolalarda xavoni ritmik almashishi, shuning xisobiga al'veolyar xavo bir xilligi ushlanadi;
-perfuziya- al'veolyar kapillyarlarda tuxtamas kon aylanishi,
-diffuziya -kislorod va uglerod oksidini al'veolyar-kapillyar membranaorkali utishi.
Upkani gaz transport funktsiyasini tipik buzilishlariga kuyidagilar kiradi:
- al'veolyar ventilyatsiya buzilishi (gipo- va giperventilyatsiya);
-upka perfuziyasi buzilishi;
- ventilyatsionn-perfuzion munosabatlarni buzilishi;
- diffuz protsesslar buzilishi;
-aralash formadagi buzilishlar.
6. Darsning mazmuni.
6.1 Nazariy qism
O’pka kasalligi bilan xasta bo’lgan bemorlardan anamnez yeg’ish
O’pka kasalligi bilan xasta bo’lgan bemorlarning anamnezini yeg’ishdakasallikning boshlanishini aniqlash zarur (o’tkir- kurpoz pnevmoniyada, sekin asta- ekssudativ plevritda, silda, o’pka saratonida), o’pka kasalliklari, uning kelib chiqishi, davolanish darajasi, shunda bemorlar bilan kontaktda bo’lganligi; kasal bo’lishdan oldin sovuq qotganligi va kasallik vaqtidagi epidimiologik sharoiti (grippoz zotiljam), ishlash va yashash sharoiti; ish sharoitidagi zararlar; oilada o’pka kasalliklariga moyillik (sil, bronxial astma).
Avvalambor, shifokor nafas olish azolari xastaligi bilan betob bo’lgan bemorlardan ularning shikoyatlarini aniqlashi kerak, ular o’z o’rnida asosiy va ikkilamchi shikoyalarga bo’linadi.
Asosiy shikoyatlarga quyidagilar kiradi: xansirash (xansirashning eng yuqori pog’onasi-nafas siqish), yo’tal, qon tuflash, ko’krak qafasidagi og’riq. O’pka xastaligi bilan betob bemorlar xansirashga etibor berishmaydi, shu sababli ulardab bu haqda alihida so’rash kerak.
Yuqorida aytib o’tilgan shikoyatlardan biri bo’lganda qolgan shikoyatla bor yoki yo’qligi haqida so’rash kerak. Bemorning xar bir shikoyati quidagi sxema (algoritm) bo’yicha to’liq detalizatsiya qilinishi kerak.
Bemor shikoyatini tekshirish algoritmi
- shikoyatning individual asoslari va uning tasnifi
- shikoyat kelib chiqish vaqti, davomiyligi, vaqt ichidagi kelib chiqish xarakteri, mavsumiyligi
- shikoyat kelib chiqishi va kuchayishini sababchi bo’luvchi faktorlarni aniqlash
- og’riq bor joyni va uning atrofga tarqalishini aniqlash
- shikoyatlarning kamayishi yo’qolishining sabablari, davolanishning samarasi.
Xansirash (dispnoe)- bu nafas olish qiyinlashishi, nafas olish ritmi, chuqurligi, chastotasining o’zgarishi bilan kuzatiladi. O’pkadagi gaz almashinuvi va o’pkadagi qonning arterilizatsiyasidagi o’zgarishlarga olib keluvchi alveolalaridagi ventilyatsiyani buzilishi xansirashga olib keladi.
Xansirash subyektiv va obyektiv hamda aralash bo’lishi mumkin. Subyektiv xansirash nevrozlarda uchraydi. Obyektiv xansirash obyektiv tekshiruv usullari bilan aniqlanadi: nafas olish aktida yelka kamari yuqori qismi mushaklarining ishtirok etishi, nafas olish chastotasi ritmi va chuqurligining o’zgarishi. Bundan tashqari xansirash fizologik (jismoniy ish va emotsional stressdan keyin) va patologik bo’ladi.
Kelib chiqishi bo’yicha xansirashning quyidagi turlari bor:
-nafas olish aparati funktsiyasining buzilishi xisobiga;
- qon tomir tizimi patologiyalari xisobiga;
- qonning transport funktsiyasini buzilishi xisobiga;
- azo va to’qimalardagi krebs siklida ishtirok etuvchi fermentlar pao\tologiyasi xisobiga;
- bosh miya shikastlanishlari (markaziy).
O’pka xansirashining sabablari:
-
mexanik (o’smalar, nafas olish yo’lidagi yot jismlar, suyuqlik bilan o’pkaning ezilishi).
-
o’pkadagi yallig’lanish jarayonlari, o’pka infarkti natijasidagi o’pka to’qimasining g’ovakligining kamayishi (nafas olish yuzasining kamayishiga olib keladi).
-
O’pka emfizemasi.
Xarakteri bo’yicha xansirash: insperator, eksperator, aralash bo’ladi.
Qon tuflash- yo’tal vaqtida balg’am bilan qon chiqishi. Balg’am bilan chiqayotgan qon miqdori va davomiyligi aniqlanadi. Qonning ko’p miqdorda bo’lishi, katta qon tomiri yorilishi natijasida, nafas olish yo’lining pastki bo’shliqlariga qon ketishi va yo’tal vaqtida qonli oqim shaklida bo’lishi o’pkadan qon ketish deb ataladi.
Bunday xolatlar sil kasalligining kavernoz shaklida, bronxoektatik kasallikda, o’pka o’smalarida, mitral klapanning stenozida kuzatiladi.
O’pkadan qon ketish bilan oshqozonda qon ketishni farqlash uhun quyidagilarni bilish shart:
-
Anamnezga etibor berish kerak (o’pka kasalliklari yoki oshqozon kasalliklari bo’lib o’tganmi).
-
Qon tuflashdan keyin balg’am bilan bir necha kun davomida qonli ajralma chiqishi o’pkadan ekanligini ko’rsatadi. Vaxolanki oshqozondan bo’lgan vaqtda bunda xolat bir kundan ko’p davom etmaydi.
-
o’pkada qon ketga vaqtda auskultatsiyada o’kaning pastki orqa qismlarida yengil, nam xirillashlar aniqlanadi.
-
o’pkadan qon ketishi – ko’pikli tiniq qon, ishqoriy reaksiyaga ega va tez-tez yo’tal bilan kechadi, oshqozondan qon ketishi – qon qoramtir rangda, ovqat luq,alari bilan aralash, kislotali reaksiyaga ega.
Yo’tal- bu murakkab reflektor akt bo’lib, xiqildoq, traxea va bronxlarda shilliq yoki ularga yot jism tushishi natijasida ximoya reaksiyasi bo’lib yuzaga keladi.
Yo’talga shikoyat bo’lgan vaqtda uning xarakterini, davomiyligini, kelib chiqish vaqtini, ovozini, temirini aniqlash kerak.
-
Ritm
-
qisqa yuzaki to’talish (laringitda, traxeobronxitda va chekuvchilarda uchraydi)
-
ma’lum bir oraliq bilan ketma-ket yuzaga keluvchi yo’tal (o’pka bronxial yo’tali)
-
keskin yuzaga keluvchi yo’tal (xavo yo’liga yot jism tushganda, ko’k yo’talda, bronxial astmada, o’pka kovernalarida, Bronx limfa tud\gunlarining zararlanishida)
-
Tembr bo’yicha:
-
qisqa va ayovchi yo’ytal, ko’pincha og’riq bilan kuzatiladi (quruq plevritda, krupoz zotiljamning boshlanishida)
-
vovillovchi yo’tal (ovoz bog’lamlarining shishishida, traxeyaning o’sma yoki bo’qoq bilan ezilganida, hiqildoqning zararlanishi yoki isteriyada)
-
bo’giq yo’tal (ovoz bog’lamlarining yallig’lanishi)
-
ovozsiz yo’tal (ovoz bog’lamlarining yaralanishi shishishida, keskin umumiy holsizlikda)
-
Xarakteri bo’yicha:
-
quruq yo’tal (balg’amsiz)
-
nam yo’tal (balg’am bilan)
-
Yuzaga kelish vaqti bo’yicha
-
ertalabki to’tal (yuqori nafas olish yo’llarining surunkali yallig’lanishida)
-
kechki yo’tal (bronhitlar va zotiljam)
-
tungi yo’tal – adashgan nerv tonusining tungi vaqtda oshishiga bog’liq (o’pka sili, bronxopulmonal limfa tugunlarining kattalashishida)
-
Kelib chiqish shart sharoitiga bog’liq bo’lgan xolda:
-
tana xolatini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan yo’tal o’pkada bo’shliq xosil bo’lgan xolatlarda uchraydi (bronxoektotik kasallikda, abstsesda, o’pka gangrenasida, kovernoz tuberkulozda)
-
ovqatlanish bilan bog’liq bo’lgan yo’tal- qizil o’ngach va traxea yoki Bronx bog’liq bo’lgan xollarda.
-
ko’p miqdorda balg’am ajralishi bilan bog’liq bo’lgan yo’tal
-
qayd qilish bilan bog’liq yo’tal.
Balg’am ajralgan xollarda uning xarakterini, miqdorini ajralib chiqish vaqtini, bemor xolatini aniqlash zarur. Yo’tal doimiy yoki vaqti-vaqti bilan, baland vovoillovchi yoki sekin va qisqa bo’lishi mumkin.
Ko’krak qafasidagi og’riqni kelib chiqishi, joylashishi, xarakteri, og’riq kuchliligi, davomiyligi, atrofga tarqalishiga qarab ajratilinadi. Ko’krak qafasida og’riq shikoyati bo’lgan xollarda uning kelib chiqishi va to’htatish sharoitlarini ko’rsatib o’tish zarur.
Qichishi va achishish bilan kechuvchi yo’tal (o’tkir traxeit va traxeobronxit)
O’tmas, intensiv bo’lmagan og’riq, asosan ko’krak qafasining pastki yon qismida uchraydi.
Tashxis qo’yishda intensiv bo’lgan plevral og’riqlar ahamiyatga ega.
Yodda tuting: plevral og’riqlar nafas olganda, asosan bemorni sog’lom tarafga egilgan vaqtida ( yallig’langan plevral yuzalarning ishqalanishi kuchayadi) keskin zo’rayadi.
Bunday og’riqni qovurg’alararo nevralgiyadagi og’riq bilan taqqoslash kerak (nevralgiyada- bemor xasta tarafga egilganda og’riq zo’rayadi)
Ikkilamchi shikoyatlar
Umumiy shikoyatlarga quyidagilar kiradi:
-
tana xaroratining ko’tarilishi
-
terlash
-
umumiy xolsizlik, ishtahaning pasayishi, va bosh.
6.2.Analitik qism.
6.3 Amaliy qism.
7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.
Interaktiv usul:
8. Joriy nazoratni baxolash mezoni
№
|
O’zlashtirish (%)va ballarda
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
1.
|
86-100
|
A’lo «5»
|
|
2.
|
71-85
|
Yaxshi «4»
|
|
3.
|
55-70
|
Qoniqarli «3»
|
|
4.
|
0- 54
|
Qoniqarsiz «2»
|
|
9. Joriy nazoratni baxolash mezoni
|
Mashgulot bosqichlari
|
Mashgulot ko’rinishi
|
Davomiyligi
|
1.
|
O’qituvchining kirish so’zi
|
|
5 min
|
2.
|
Mavzuning o’rgatilishi
slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash
|
Surov va tushuntirish
|
25 min
|
3.
|
Mavzu yakuni
|
|
5 min
|
4.
|
O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.
|
Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at
|
25 min
|
5.
|
Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.
|
Ogzaki surov,
testlar, vaziyatli
masalalar,
diskussiya.
|
20 min
|
6.
|
|
|
10 min
|
10. Tekshiruv savollari.
11.Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy:
1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil
2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.
3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.
4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.
5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.
6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.
7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.
Qo’shimcha:
-
"Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.
Do'stlaringiz bilan baham: |