5.Laboratoriya tekshirishlari:
Qonda leykositlar soni ko’payadi, gipoxrom kamqonlikka moyillik kuzatiladi, EchT oshadi.
Duodenal zondlash-o’tning “B” ulushini olish qiyinlashadi, chunki o’t pufagining konsentratsiyalash xususiyati va reflektor faoliyatining buzilishi sodir bo’ladi. O’tning B ulushi loyqasimon suyuqlikdan iborat bo’lib, tarkibida bir talay leykositlar, shilimshiq epiteliy hujayralari topiladi.
Xolesistografiyada o’t pufagining shakli o’zgarganligi belgilanadi.
Ulatratovush bilan tekshirilganda o’t pufagi devorining qalinlashganligi va unda toshlar borligi yoki yo’qligi aniqlangan.
Tashxisi kasallikning xarakterli klinik belgilariga o’nikki barmoq ichakka zond solib, olingan “B” o’t ulushuni laboratoriyada tekshirish natijalariga, xolesistografiya va exografiya ma’lumotlariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |