O’pka gangrenasi. O’pka absessidagi kabi harorat yuqori bo’lishidan tashqari, jarayon plevraga ham o’tib, yonboshda og’riq paydo bo’ladi va uzoq vaqt birday turaveradi. Ayniqsa, yo’talganda og’izda keladigan qo’lansa hid gangrenaning doimiy va dastlabki belgisidir. Yo’tal azobli, ko’p miqdorda ajralgan balg’am kul, ba’zan shokolad rangini eslatadi. Balg’am turib qolsa uch qatlamga ajraladi. Yuqori qatlami suyuq ko’piruvchan, o’rta qatlami- loyqa, qo’ng’ir tusli, pastki va oyoqsimon hajmda bo’ladi. balg’am ayniqsa ertalab ko’p ajraladi. (500-800 ml).
Obyektiv tekshirilganda o’pkaning zararlangan joyi ustida perkutor tovush o’tmasligi, tovush titrashining kuchayishi ko’p, quruq yoki nam xirillash eshitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |