Bronxoektaziya o’pka yiringli xronik kasalligining bir shakli bo’lib, o’pka mayda bronxlarining kengayishi bilan belgilanadi. Kasallik hamma yoshdagi odamlarda (kattalarda ko’proq) uchraydi. Tug’ma va orttirilgan bo’lishi mumkin.
Etiologiyasi va patogenezi. Orttirilgan bronxoektaziya, asosan surunkali bronxit, o’pka va plevradagi uzoq cho’zilgan yallig’lanish jarayonlari (zotiljam, sil, o’pka yiringlashi, ekssudatli plevrit) natijasida paydo bo’ladi. Kasbiga ko’ra zararli gazlar va chanlardan nafas olishga majbur bo’lgan ishchilarda ham ba’zan uchraydi. Natijada bronxlar devoridagi elastik to’qima o’rniga chandiqlar paydo bo’lib, mushaklar faoliyati susayadi. Bronxlar devori tarangligi yo’qoladi va yumshab qoladi. Natijada bronxlarda suyuqlik to’planadi. Keyinchalik o’pkada anatomik o’zgarishlar paydo bo’lib, bronxlar elastiklik xususiyatini yo’qotadi, oqibatda bronxlar kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |