Oldingi tahrirga qarang.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar kiritish ular ota-onasining yoki qonuniy vakillarining arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
(148-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin.
O‘lim xaqidagi dalolatnoma yozuviga tuzatishlar kiritish yaqin qarindosh(lar) yoki merosxo‘r(lar)ning arizasiga ko‘ra FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Vafot etgan shaxslarning tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tuzatish va qo‘shimchalar sud qaroriga asosan FHDY organi tomonidan kiritiladi.
(148-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 827-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/827/3827-son)
FHDY organining dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritishni rad etishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
149. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasi asosida tarixiy va milliy an’analarga rioya qilish maqsadida familiyasi, ismi, otasining ismini yozdirish istagi bo‘lganda;
otalik belgilanganda;
farzandlikka olinganda;
ota-onaning o‘zaro kelishuviga ko‘ra (shuningdek ota-ona nikohdan ajratilganda) yoki hokim qaroriga ko‘ra voyaga yetmagan bolaning familiyasi o‘zgartirilganda;
millati o‘zgartirilganda;
nikohda turmagan ona tomonidan bolaning otasi haqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish haqida ariza berilganda (bola 16 yoshga yetgunga qadar);
Oldingi tahrirga qarang.
sud qarori bilan otalikni belgilash haqiqiy emas deb topilganda, ota haqidagi ma’lumotlar bekor qilinganda yoki farzandlikka olish bekor qilinganda;
(149-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
ota-onasining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgartirilishi munosabati bilan voyaga yetmagan bolaning familiyasi va otasining ismi o‘zgartirilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
dalolatnoma yozuvlarida imloviy xato va noaniqliklar bo‘lganda, shuningdek tug‘ilgan vaqti, joyi va otasining ismi haqidagi yozuv mavjud bo‘lmaganda;
(149-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 827-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/827/3827-son)
16 yoshga to‘lmagan bolaning ismi va familiyasi o‘zgartirilganda, agar ismi va familiyasi ota-onasining xohishi hisobga olinmagan holda berilgan bo‘lsa;
agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirib yoki erkalatish shaklida yozilgan bo‘lsa;
jinsi o‘zgartirilganda.
Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ariza FHDY organi tomonidan, ariza tushgan kundan boshlab 15 kun mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak.
Uzrli sabablar (o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lgan yozuvlar nusxalari olinmaganda va boshqa hollarda) mavjud bo‘lganda FHDY organi mudiri tomonidan ushbu muddat bir oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin. Dalolatnoma yozuvlarida noaniqliklar bo’lganda o’zgartirish mumkin degan asosga ko’ra, fuqaro S.Valiyev o’zining emas farzandlarining guvohnomasiga o’zgartirish kiritish haqida ariza berishi mumkin. Chunki Valiyevning guvohnomasiga o’zgartirish kiritish uchun huquqiy asos yo’q.
14-kazus
Fuqaro S.Umarov Chexiya Respublikasi Praga universitetining iqtisodiyot fakultetini bitirib, O‘zbekiston Respublikasiga qaytdi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasiga murojaat qilib, ta’lim olganligi to‘g‘risida xujjatni tan olish, nostrifikatsiya (ekvivalentligini ro‘yxatga olish) qilish va tegishli xujjatni berishni so‘radi. Bunga javoban O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi bu sohada masalalarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega emasligini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markaziga murojaat qilish kerakligini tushuntirdi. Davlat Test Markazi uning arizasida diplom va ilovasi notarial tarjima qilinmaganligi sababli uning xujjatlarini qabul qilishni rad etdi. Fuqaro S.Umarov bunga e’tiroz bildirib, biror bir xujjat yetishmasa, u arizachiga qaytarib berilishi kerak emas deb tushuntirdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish to’g’risidagi Vazirlar Mahkamasining 26.07.2019 yildagi qaroriga ko’ra, Xorijiy davlatlarda o‘rta maxsus, kasb-hunar (professional), oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni (keyingi o‘rinlarda xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar deb ataladi) tan olish uchun Davlat inspeksiyasida xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni o‘rganish bo‘yicha ekspert komissiyalari (keyingi o‘rinlarda ekspert komissiyalari deb ataladi) tashkil etiladi.
Hujjatlar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan paytdan boshlab Davlat inspeksiyasi tomonidan bir ish kuni mobaynida so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning to‘liqligi tekshiriladi. Hujjatlar to‘liq bo‘lgan taqdirda bir ish kunidan kechikmay ekspert komissiyalariga yuboriladi.
24. Ekspert komissiyalari Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan tegishli ta’lim sohalari bo‘yicha 5 — 21 kishidan iborat tarkibda tashkil etiladi. Ekspert komissiyalari tarkibiga Davlat inspeksiyasi xodimlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tizimidagi tashkilotlar va muassasalarning yetakchi olimlari va mutaxassislari kiritiladi.
Ekspert komissiyalari raislari komissiya a’zolari orasidan oddiy ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
Ekspert komissiyalarining tarkibi va ularning ish tartibi Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq belgilanadi.
25. Xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar ekspert komissiyalari raislari tomonidan komissiya a’zolari o‘rtasida individual tarzda ko‘rib chiqish va xulosa berish uchun taqsimlanadi. Ekspert komissiyalari a’zolari tomonidan har bir xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat bo‘yicha alohida xulosa beriladi.
Ekspert komissiyalari a’zolari o‘zlari bergan xulosalarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni ekspertiza qilish jarayonida ekspert komissiyasi a’zosida hujjat yuzasidan tushunmovchilik va ikkilanish holatlari kelib chiqsa, ushbu hujjat komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan kollegial tarzda o‘rganilib, yakuniy xulosa chiqariladi.
Xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish quyidagi hollarda rad etiladi:
a) xorijiy davlatlarda kasbiy ma’lumot to‘g‘risida hujjat beradigan ta’limning umumiy me’yoriy davri (to‘liq umumiy o‘rta yoki o‘rta ma’lumot olingandan keyin) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim standartlarida nazarda tutilgan davrdan ikki yildan kam bo‘lsa;
b) xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan davlatda uning egasiga O‘zbekiston Respublikasidagiga qaraganda ta’lim olish va (yoki) kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun kam huquqlar berilgan bo‘lsa (hujjat egasi ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni davom ettirish, kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmasa);
v) ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan ta’lim shaklida olingan bo‘lsa;
g) oliy ta’lim bosqichlarida:
bakalavriat bo‘yicha o‘qish muddati uch yildan kam bo‘lsa yoki Yevropa ta’lim tizimi asosida o‘qish davomida 240 dan kam kredit to‘plagan bo‘lsa;
magistratura bo‘yicha o‘qish muddati bir yildan kam bo‘lsa;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari qo‘shib o‘qitiladigan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olganda umumiy o‘qish davri uch yildan kam bo‘lsa;
d) to‘g‘ridan to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan talablarga to‘g‘ri kelmasa.
Xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Xorijiy davlatlar ta’lim tizimi asosida to‘plangan kreditlar Yevropa ta’lim tizimi bo‘yicha to‘planishi lozim bo‘lgan minimal kredit miqdoriga (240 kredit) qiyoslangan holda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Xorijiy davlatlarda o‘rta maxsus va kasb-hunar (professional) ta’limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rta maxsus yoki kasb-hunar (professional) ta’limi to‘g‘risidagi hujjatlarga tenglashtirilgan holda tan olinadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Xorijiy davlatlarda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar xorijiy davlatda tamomlangan ta’lim bosqichi bo‘yicha tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |