Axloqshunoslik fani va uning rivojlanish qonuniyatlari. Axloq- shunoslik – axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat rivo- jidagi o‘rni, taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganuvchi va haqiqatligi amalda isbotlangan bilimlar majmuidan iborat fan. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonun va kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi.
Axloqshunoslik fani umumiy etika nazariyasi, tarixiy etika, normativ qadriyatlar etikasi, kasb etikasi va axloqiy tarbiya nazariyasi kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
Umumiy etika nazariyasi axloqning tabiati, mohiyati, xususiyati, tarkibiy qismlari, jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini o‘rganadi.
Tarixiy etika axloqning kelib chiqishini, uning tarixiy taraqqiyot qonunlarini, har xil nazariyalarning tarixdagi o‘rni, rivojlanish bosqichlari va tamoyillarini tadqiq etadi.
Normativ qadriyatlar etikasi axloq normalarini, axloqiy majburiylik talabalarini, axloqiy meros sifatida shakllanib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan axloqiy qadriyatlar tizimini o‘rganadi.
Kasbiy etika har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.
Axloqiy tarbiya nazariyasi axloqning jamiyat talabi, ehtiyoji va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni hayotga tatbiq etishning vosita va usullarini o‘rganadi.
Axloqshunoslik fanining tarkibiy qismlari uzviy bo‘lib, bir-birlarini taqozo etadi va to‘ldirib turadi.
Axloqshunoslik fani falsafa, huquqshunoslik, psixologiya, dinshu- noslik, siyosatshunoslik, pedagogika kabi fanlar bilan aloqada bo‘lib,
1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли // Унинг ўзи. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат мафкура. Т.1. – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б.76.
uning xususiyatlari, ya’ni boshqa ijtimoiy fanlardan farq qiluvchi jihatlari quyidagilardan iborat:
axloqshunoslik inson faoliyatining barcha tomonlarini emas, balki ulardagi axloqiy xislatlarning chegaralarini izohlab, ko‘rsatib berish bilan shug‘ullanadi;
axloqshunoslik insondagi axloqiylikni yuqori darajadagi fozillik deb bilgani holda, kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyatda tutgan o‘rni va rivojlanish qonuniyatlarini tushuntiradi hamda hayotga tatbiq etadi;
axloqshunoslik insonlardagi axloq-odob, burch, qadr-qimmatni shunchaki aks ettirmaydi, balki tanqidiy baholaydi va tahlil etadi.
O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonining izchillik bilan amalga oshirilishi axloqshunoslik fanidan ham muayyan qonuniyatlar asosida voqelikdagi axloqiy hodisalarni o‘rganish va uning yo‘nalishlarini belgilab berishni talab etmoqda.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida axloqshunoslik ilmi quyidagi qonunlar1 asosida ish ko‘radi va rivojlanib boradi:
ma’naviyat va axloqning birligi, axloqning ma’naviyat o‘zagini tashkil etishi;
inson va axloqning ajralmasligi, axloqning inson mohiyati va xatti- harakatini belgilashdagi faolligi;
axloq va huquqning o‘zaro aloqasi, axloqning huquqqa insoniy mazmun berib borish;
axloq va iqtisodning o‘zaro ta’siri, iqtisodning tobora axloqiylashib borishi;
axloq va siyosatning o‘zaro aloqadorligi, axloqning siyosat mazmunini belgilab berishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |