Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet113/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Bayramlar va ularning xizmat jamoasi axloqiy-estetik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni. Bayram hayotdagi muhim voqea, sanani ko‘tarinki ruhda va xursandchilik bilan nishonlashdir. Bayramlar xilma-xil bo‘lib, ularni quyidagicha tasniflash mumkin:

  • tabiat bayramlari – Navro‘z, Yangi yil, Mehrjon;

  • mehnat bayramlari – barcha kasb bayramlari;

  • madaniyat bayramlari – san’at, badiiy, sport, kino, folklor;

  • oilaviy – xususiy bayramlar – tug‘ilgan kun; sunnat, nikoh, beshik, kumush, oltin va olmos to‘ylari;

  • ijtimoiy-siyosiy bayramlar – Mustaqillik kuni, Xotira va qadrlash kuni, Xotin-qizlar kuni;

  • diniy bayramlar – Ro‘za hayiti, Qurbon hayiti va boshqalar. Bayramlarni nishonlash ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy-

estetik ongini shakllantirishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
birinchidan, xodimlarning xizmatda erishgan yutuqlarini ifodalab, kelgusida qiladigan ishlari uchun chuqur ma’naviy-ruhiy zamin yaratish;
ikkinchidan, vaqt o‘tishining bir xilligini buzib, unga yangicha sur’at baxsh etish;
uchinchidan, hayotning eng yaxshi tomonlarini aks ettirib, odamlarga saxiylik, musaffo qalb, dillarga ravshanlik bag‘ishlash;
to‘rtinchidan, odamlarga kundalik ish, vazifa, burch tashvishlaridan dam olish, odobsizlik, o‘g‘rilik, zo‘ravonlik, fisqu fasod kabi yaramas illatlardan xalos bo‘lish imkonini yaratish;
beshinchidan, tenglik va tinchlik kuni sifatida odamlarda o‘zaro hurmat, mehribonlik, hamjihatlik prinsiplarini qaror toptirish;
oltinchidan, kishilarda kelajakka ishonch hosil qilish va h.k.
O‘zbek xalqining bayramlarini nishonlash ichki ishlar idoralarining xodimlariga ikki karra katta mas’uliyat yuklaydi. Birinchidan, ular ushbu bayramlarda xalqning tinch-osuda dam olishini, bayramning go‘zal va unutilmas darajada o‘tishini ta’minlash uchun samarali xizmat qilishlari, ikkinchidan, o‘zlari ham bayram tantanalarida ishtirok etib, xalq bilan birga bo‘lishlari, ularga o‘zlarining eng yaxshi axloqiy xislatlarini namoyish qilishlari kerak.
An’analar, urf-odatlar, marosimlar, bayramlarning barchasi xodimlar
o‘rtasida o‘zaro hurmat, oliy himmatlilik, vatanparvarlik kabi bir qator axloqiy fazilatlarni shakllantirishga, ularni ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilish uchun safarbar etishga qaratilgan ommaviy tarbiya vositalari jumlasiga kiradi.
Shuni unutmaslik kerakki, ichki ishlar idoralarining xodimi o‘z safdoshlari bosib o‘tgan qahramonona va ibratli yo‘larni e’zozlab, ularning shonli an’analariga hissa qo‘shishga, huquqni muhofaza qiluvchi va militsiya idoralari obro‘sini mustahkamlashga, shuningdek xalqning chuqur ishonchini qozonishga intilmog‘i darkor.
Jamoa to‘g‘risida jahonga mashhur mutafakkirlar shunday deganlar:

  • Kishi jamiyatda yashash uchun yaratilgan; uni jamiyatdan ajratib, yakkalab qo‘ysangiz fikrlari ham almoyi-aljoyi bo‘lib qoladi, xarakteri yomonlashadi, yuragida yuzlab noraso ehtiroslar tug‘iladi, xuddi cho‘lda o‘sgan yovvoyi tog‘olcha singari miyasida bema’ni g‘oyalar tomir yoyadi (D. Didro).

Ikki kishi bir kishidan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to‘rt kishi uch kishidan yaxshi, ko‘pchilik bilan birga bo‘linglar. Tangri ummatlarimni faqat to‘g‘ri yo‘lda borishlikka birlashtiradi.(Hadis)

  • Inson odamlar orasidagina odam bo‘la oladi. (I. Bexer)

  • Kishi uzlatda yashay olmaydi, unga jamoa kerak. (I. Gyote)




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish