Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Tezkor-qidiruv faoliyatining taktik vazifalari



Download 0,5 Mb.
bet93/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Tezkor-qidiruv faoliyatining taktik vazifalari jumlasiga jinoyat- chilarni zararsizlantirish uchun tezlikda so‘rab-surishtirish, ma’lumotlarni to‘plash, kuzatish kabi tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish ishlarini tashkil etish kiradi. Unda yuqorida bayon etilgan maxsus axloq normalaridan foydalaniladi.
Ko‘rinib turibdiki, ichki ishlar idoralari tizimidagi tezkor-qidiruv bo‘linmalari xodimlarining faoliyati o‘z xususiyatlariga egadir. Shuning uchun ham u jamoatchilik, yozuvchi va jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda. Jinoyatchilar orqasidan quvish, qurollangan jinoyatchilar bilan olishuv, pistirma (tuzoq) qo‘yish kabi boshqa tezkor- qidiruv tadbirlar detektiv janridagi adabiyotlarda qiziqarli tasvirlanib, kinolarda juda ko‘p «o‘ynaladi». Bu esa ushbu murakkab kasbga romantik xususiyat bag‘ishlaydi.
Ma’lumki, fosh bo‘lish va qilmishiga yarasha javobgarlikdan qochishga uringan jinoyatchi hech narsadan tap tortmaydi, uning xatti- harakatlari ustomonlik bilan bajarilib, shafqatsiz tus oladi. Shuning uchun ham qonunga bo‘ysunuvchi jamiyatning taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi, o‘rnatilgan muomala qoidalarini buzuvchi shaxslarni aniqlash uchun konspirativ (nooshkora) usullarning qo‘llanishi o‘zini to‘la-to‘kis oqlaydi. Aynan shuning uchun ham ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqi tizimida tezkor-qidiruv faoliyatining axloqiy o‘ziga xosligi jamiyat tomonidan ma’qullangan axloq shakllaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Tezkor-qidiruv xodimlari tomonidan nooshkora tadbirlarning o‘tkazilishi, ichki ishlar idoralariga, xususan uning tezkor-qidiruv bo‘linmalarga kelib tushadigan ma’lumotlar, qoida tariqasida, tekshirishni taqozo etadi va bu ko‘pincha maxfiy xususiyatga ega bo‘lib, tekshirish nooshkora amalga oshirilishini taqozo etadi. Bunga sabab jinoyatlarni tayyorlaydigan, sodir etadigan, sodir etgan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zlari bilan qiziqib qolganini sezib qolsalar, so‘zsiz ravishda, tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishi, hatto axborot manbaini yo‘q qilishgacha borishi mumkin.
Tezkor-qidiruv faoliyati huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa turlari (jinoyat-protsessual, ma’muriy, jazoni ijro etish va h.k.) bilan uzviy bo‘lishiga qaramasdan, ularning hech biri bilan qo‘shilib ketmaydi. U ichki ishlar idoralari tizimi umumiy faoliyatining mutlaqo mustaqil qismi hisoblanadi. Boshqa turdagi huquqni muhofaza qilish faoliyatining vosita va usullari bilan muqoyasa qilganda, birinchi navbatda, amalga oshirilishi asosida yotgan kuchlari, vosita va usullarining tabiatiga ko‘ra farqlanib turuvchi tezkor-qidiruv va razvedik qidiruv funksiyalar uning mustaqilligidan dalolat beradi. Bu mustaqillik tezkor-qidiruv xodimlarining kasb-koriga mos keluvchi axloqiy norma va prinsiplarning mavjudligini bildiradi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish