Ma’rifatxona ishlarini tashkil qilish. Ma’rifatxona – shaxsiy tarkib bilan siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boriladigan joy. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 1994 yil 12 avgustdagi
«O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlarining ma’naviy saviyasini oshirish, shaxsiy tarkib bilan yakka tartibda olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 215-buyrug‘iga binoan, unda quyidagilar bo‘lishi shart:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i, gerbi;
O‘zbekiston Respublikasi madhiyasining matni;
Ichki ishlar idoralari xodimlari qasamyodining matni;
O‘zbekiston Respublikasi «Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyati» qo‘llanmasi;
Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchilari va ichki ishlar idoralari faxriylari, faol xodimlarning suratlari;
Vazirlik, boshqarma, bo‘lim (qism) tarixiga oid materiallar;
televizor va radiopriyomniklar;
kundalik matbuot nashrlari.
Ma’rifatxona ishlari quyidagicha tashkil etiladi:
Shaxsiy tarkibning umumiy yig‘ilishida 5-7 kishidan iborat Ma’rifatxona kengashi saylanadi. Saylangan Kengash a’zolari o‘zlari uchun Kengash raisini, uning o‘rinbosarini saylab va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni bo‘lib oladilar. Masalan, Kengash a’zolaridan biri Ma’rifatxonani jihozlash uchun mas’ul bo‘lsa, ikkinchisi – u yerda
o‘qiladigan ma’ruza, o‘tkaziladigan ma’rifat darslari; uchinchisi – har xil to‘garaklar ishlari; to‘rtinchisi – madaniy-ma’rifiy ishlar; beshinchisi – kundalik matbuot nashrlari olinishi; oltinchisi – kutubxona, ya’ni ko‘chma kutubxona ishlarini tashkil qilish uchun mas’ul bo‘ladi.
Ma’rifatxona kengashining a’zolari o‘zlari bajaradigan ishlarni oyma-oy rejalashtirib boradilar va ana shu reja asosida ish yuritadilar. Ularning rejalarida barcha xodimlarning istak-xohishlari, qiziqishlari inobatga olinishi zarur. Tuzilgan reja, albatta, bo‘lim boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan va ko‘zga ko‘rinarli joyda osib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
Ma’rifatxona kengashining a’zolari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, albatta, bo‘limdagi boshqa jamoat tashkilotlari bilan bamaslahat olib borishlari kerak. Masalan, faxriylar, a’lochilar, murabbiylar, xotin-qizlar kengashlari bilan «Yangi yil», «Navro‘z», «Xalqaro xotin-qizlar kuni»,
«Mustaqillik kuni», «Xotira va Qadrlash kuni» kabi bayramlarni nishonlash, shu kunlarga bag‘ishlangan devoriy gazetalar, jangovar varaqalar chiqarish kabi tadbirlarni amalga oshirishda bamaslahat ish olib borishlari lozim. Ma’rifatxona kengashining asosiy vazifalari quyidagi- lardan iborat:
ichki ishlar idoralarining rahbarlari, boshliqlariga shaxsiy tarkibni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, tartib-intizomli, milliy istiqlol mafkurasi talablaridan kelib chiqqan holda siyosiy jihatdan ongli qilib tarbiyalashda ko‘maklashish;
shaxsiy tarkibni operativ-xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga safarbar qilish;
shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, nutq, maqola, kitoblarni, respublika hukumatining ichki va tashqi siyosatini tushuntirish;
o‘zbek xalqining tarixiy xizmatlarini, demokratik huquqiy davlat qurish borasida qo‘lga kiritayotgan yutuqlarini, ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan jasoratlarini targ‘ib va tashviq qilish;
xodimlarda o‘z kasbiga nisbatan mehr-muhabbat hissini uyg‘otish, jamoatchilik va do‘stlik tuyg‘ularini shakllantirish;
yuqori darajadagi estetik didni shakllantirish;
boshqa ijodiy mehnat jamoalari bilan yaxshi aloqalar o‘rnatish;
xodimlarning oilalari o‘rtasida o‘rtoqlik munosabatlarini rivojlan- tirishga harakat qilish;
xodimlar va ularning oila a’zolariga madaniy hordiq chiqarish- larida ko‘maklashish.
Ma’rifatxona kengashining ishlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan ichki ishlar idoralarining boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari boshqarib turadi. Devoriy gazeta va jangovar varaqalar chiqarilishini tashkil qilish metodikasi. Devoriy gazeta ichki ishlar bo‘limining kundalik hayotini aks ettiruvchi hamda shaxsiy tarkibni yuksak ma’naviyatli va ma’rifatli qilib tarbiyalashga xizmat qiluvchi vosita bo‘lib, har bir bo‘linmada oyiga bir
marta chiqariladi.
Devoriy gazetalarni chiqarish uchun, eng avvalo uning muharriri, so‘ngra tahrir hay’atining a’zolari tayinlanadi. Ularning ishini bo‘linma boshlig‘ining o‘rinbosari boshqarib turadi.
Devoriy gazetani chiqarishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
devoriy gazetaning nomini to‘g‘ri tanlash;
mavzularni to‘g‘ri tanlash, bunda uning mazmuniga alohida e’tibor berish, mazmun va shakl o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash;
gazetani bezash, suratlarni tanlash va joylashtirishda estetik uyg‘unlikni ta’minlash;
maqolalarning obyektivligini tekshirib ko‘rish, ularni yozishda til qoidalariga amal qilinishini ta’minlash, ortiqcha so‘zlar, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni olib tashlash;
familiya va ism-shariflarning, raqamlarning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish va h.k.
Devoriy gazeta uchun mo‘ljallangan har qanday maqola yaxshilab tahrir qilinishi kerak. Devoriy gazetada, eng avvalo, bosh maqola ko‘zga ko‘rinadigan joyga joylashtirilishi, undan keyin boshqa maqolalar, suratlar qo‘yilishi lozim. Yumor, satira janridagi va boshqa kichik axborotlarni gazetaning so‘nggi qismlariga, pastki o‘ng burchagiga joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Har bir gazeta raqamlanishi, uning qaysi organga tegishli ekanligi, chiqarilgan vaqti ko‘rsatilishi kerak.
Jangovar varaqa bo‘linma devoriy matbuotining eng tezkor va ta’sirchan turlaridan biri hisoblanadi. Jangovar varaqada xodimlarning xayrli ishlari, qahramonliklari, xizmatda erishgan yutuqlari, sport sohasida qo‘lga kiritgan g‘alabalari hamda tanqidiy materiallar va satirik rasmlar berib boriladi.
Jangovar varaqani chiqarishda quyidagilarga e’tiborni qaratish zarur:
har bir maqola qisqa, aniq, dolzarb va tezkor bo‘lishi;
chiroyli qilib, rangli bo‘yoqlar bilan bezatilishi;
xodimlarning familiyasi, ismi-sharifi to‘g‘ri, qisqartirilmasdan yozilishi;
har bir son raqamlanishi, chiqqan vaqti va kimning organi ekanligi ko‘rsatilishi kerak.
Chiqarilgan jangovar varaqalarni alohida joyda saqlab qo‘yish lozim, chunki u vaqti kelib, ichki ishlar idoralarining yilnomasiga aylanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |