Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Aholi bilan ichki ishlar idoralari xodimlari o‘rtasida yuz beradigan axloqiy nizolarning ko‘rinishlari quyidagicha



Download 0,5 Mb.
bet121/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Aholi bilan ichki ishlar idoralari xodimlari o‘rtasida yuz beradigan axloqiy nizolarning ko‘rinishlari quyidagicha:


  1. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy-axloqiy buzilishlari, rahbarlar tomonidan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan nazorat mexanizmlarining yo‘qligi tufayli kelib chiquvchi axloqiy nizolar. Bularga quyidagilar kiradi:

  • har qanday yo‘llar, vositalar bilan, hattoki hujjatlarni soxtalashtirib bo‘lsa ham, jinoyatni ochishga urinish tufayli kelib chiquvchi axloqiy nizolar;

  • aybsizlarni aybdor deb topish, jinoyat ishlarini ochishga jalb qilish tufayli kelib chiquvchi axloqiy nizolar;

  • g‘ayriqonuniy tarzda jinoyat ishlari qo‘zg‘atish natijasida kelib chiqadigan axloqiy nizolar;

  • fuqarolarni g‘ayriqonuniy tarzda jinoyatchilikda ayblash, qamash, ushlab turish tufayli kelib chiqadigan axloqiy nizolar va h.k.

Bularning barchasi o‘rnatilgan qonunlarning qo‘pol ravishda buzilishiga va ichki ishlar idoralari xodimlari bilan fuqarolar o‘rtasida axloqiy nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

  1. Ichki ishlar idoralari xodimlarining jinoyatlarni qayd etish va hisobga olishda davlat intizomini buzishlari tufayli kelib chiquvchi axloqiy nizolar. Bularga quyidagilar kiradi:

g‘araz maqsadlarga erishish yoki hududda mavjud ahvolni bejab ko‘rsatish uchun jinoyatlarni qayd etmaslik tufayli kelib chiquvchi axloqiy nizolar;
jabrlanuvchini qo‘rqitish orqali uni shikoyat arizasini qaytarib olishga undashga qaratilgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar tufayli kelib chiquvchi axloqiy nizolar;
jabrlanuvchining ustidan ig‘vo qilish, uning sirlarini fosh qiluvchi har xil hujjatlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitish va shu bilan aybdorning ustidan qilayotgan arzini, guvohliklarini xastpo‘shlash oqibatida kelib chiquvchi axloqiy nizolar.

  1. Ichki ishlar idoralari xodimlari axloqiy-estetik madaniyatining yetarli darajada rivojlanmaganligi tufayli sodir bo‘ladigan axloqiy nizolar. Bularga quyidagilar kiradi:

xizmat burchiga, o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarash, xizmat mas’uliyatini his qilmaslik tufayli kelib chiqadigan axloqiy nizolar;
fuqarolarga yoki xizmat jamoalari a’zolariga nisbatan qo‘rslik qilish, mansabni suiiste’mol qilish tufayli kelib chiqadigan axloqiy nizolar;
kasb sirlarini, qonunlarni bilmasdan, bilsa ham ularni mensimasdan andishasizlik bilan odamlar taqdiriga befarq qarash, ularning ustidan kulish, ularni masxaralash, urish, so‘kish, ularga baqirish kabilar tufayli kelib chiquvchi axloqiy nizolar.
Bunday axloqiy nizolar ichki ishlar idoralari xodimlarining, qolaversa, davlatning obro‘siga putur yetkazadi, xalq ishonchidan ayrilishi va xalqdan ajralib qolishiga olib keladi.

  1. Ichki ishlar idoralari xodimlarining rahbarlari tomonidan kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, o‘qitish va ta’lim-tarbiya berish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tufayli kelib chiqadigan axloqiy nizolar. Bularga quyidagilar kiradi:

  • huquqshunoslik sohasida ma’lumoti bo‘lmagan odamlarni ishga olish, ularni militsiya faoliyatini ta’minlaydigan muhim sohalarga ishga tayinlash tufayli kelib chiqadigan axloqiy nizolar;

  • rahbarlik lavozimlariga tayinlashda xodimlarning ishni bilishi, qobiliyatlarini hisobga olish o‘rniga tanish-bilishlar, qarindoshlarni tayinlash, mahalliychilik qilish oqibatida kelib chiqadigan axloqiy nizolar;

  • o‘qitish, malaka oshirish, ta’lim-tarbiya berish ishlarining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, ya’ni muntazam bilim bermaslik, hujjatlar, buyruqlar, qaror va farmonlarni o‘z vaqtida barcha xodimlarga ma’lum qilmaslik, tarbiya ishlaridagi kamchiliklardan ko‘z yumish, o‘z vaqtida munosabat bildirmaslik, jazolash va rag‘batlantirish usullaridan noto‘g‘ri foydalanish tufayli kelib chiqadigan axloqiy nizolar.

  1. Ichki ishlar vazirligi va idoralarining joylarda qonunlar ijrosini ta’minlash, aholi tinchligini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va uni tugatish vazifasi yuklatilgan rahbar xodimlarining hududdagi operativ vaziyatni bilmasliklari yoki unga befarq qarashlari, ba’zida jinoyatchilikni

keltirib chiqaruvchilar bilan kelishuvchiliklari tufayli yuzaga keladigan axloqiy nizolar. Ularga quyidagilar kiradi:
rahbarlarning tumandagi operativ vaziyatni bilish uchun zarur bo‘lgan
«maxsus» usullardan unumli foydalanmasliklari tufayli kelib chiqadigan axloqiy nizolar;
rahbarlarning jinoyatchi elementlardan qo‘rqish, hadiksirash tufayli ularga nisbatan keskin choralar ko‘rmasliklari tufayli kelib chiqadigan axloqiy nizolar;
rahbarlarning iymon-e’tiqodi sustligi tufayli jinoyatchilar bilan til biriktirishi, ular bilan oldi-berdi qilishlari tufayli kelib chiqadigan axloqiy nizolar;
rahbarlarning o‘z tinchligini, mansabini o‘ylab, qolaversa, o‘zining va qarindosh-urug‘larining manfaati yo‘lida ish qilishlari tufayli kelib chiqadigan axloqiy nizolar va h.k.
Bu axloqiy nizolar hamma vaqt rahbar xodimlarning obro‘siga putur yetkazadi, ularni xalq oldida sharmanda qiladi.
Axloqiy nizolarining oldini olish va ularni bartaraf etish yo‘llari. Ichki ishlar idoralari xodimlari bilan fuqarolar o‘rtasida yuzaga keladigan axloqiy nizolarning oldini olish va ularni bartaraf etish yo‘llari quyidagilardan iborat:

  1. ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatida oshkoralikni ta’minlash. Bu to‘g‘rida I.A.Karimov shunday degan: «Xalq bilan bamaslahat ish ko‘rsak, islohotlarning borishi va yakunlaridan ularni doimo xabardor qilib tursak, qiyinchiliklarni yashirmasak, hayotimizning eng og‘ir jihatlarini ham ochiq oshkor etsak, bayon etsak, bundan biz aslo yutqazmaymiz, aksincha, faqat yutamiz.

Oshkoralik va ochiqlik bizning har qadamimizni zimdan poylab yurgan g‘animlarimiz tarqatayotgan turli mish-mishlarga, bo‘hton va uydirmalarga qarshi zarba beradi. Tirnoq ostidan kir axtarib yuradigan kimsalarga ham ish qolmaydi.
Oshkoralik, fikr erkinligi kundalik hayot tarzimizga aylanishi kerak. Hayotda yutuqlar bilan bir qatorda ko‘p kamchiliklarimiz ham bor. Buyuk maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan odam, jamoa, xalq xatolarni ochiq bo‘yniga oladigan va bartaraf etish chorasini ko‘ra biladigan darajada jasur va mard bo‘lishi shart»1;




1 Каримов И.А. Янгиликка интилиб яшаш – тараққиёт гарови // Унинг ўзи.
Янгича фикрлаш ва ишлаш – давр талаби. Т.5. – Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 352.

  1. ichki ishlar idoralari xizmat jamoalaridagi vaziyatni, rahbarlarning ish uslublarini, tashkilotchilik faoliyatini qaytadan tahlil qilib, ishni boshqatdan tashkil qilish, yangi ish uslublarini joriy etish;

  2. ichki ishlar idoralari xodimlarining ishi yuzasidan tushgan shikoyatlarni tezlik bilan tekshirish, natijalarini xizmat jamoasi a’zolari o‘rtasida ochiq muhokama qilish va aybdorlarni jazolash;

  3. xodimlarning malakasini oshirish ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish, yangi farmon, buyruq, nizom, qarorlardan militsiya xodimlarini o‘z vaqtida xabardor etish, ularning mohiyatini tushuntirish, buning uchun seminarlar tashkil qilish, ularning bilimini sinovdan o‘tkazish;

  4. ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, xodimlarning xizmatdagi va xizmatdan bo‘sh vaqtdagi xulq-atvorlarini kuzatib, nazorat qilib turish;

  5. ichki ishlar idoralari xodimlarining turli mehnat jamoalari, uyushmalar, partiyalar bilan aloqalar o‘rnatishini ta’minlash, ulardan jinoyatchilikka qarshi kurashda, huquqiy bilimlarni targ‘ib va tashviq etishda unumli foydalanish;

  6. milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, xodimlarni jinoyatchilikka nisbatan murosasiz bo‘lish, unga qaqshatqich zarba berish ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish;

  7. biron sababga ko‘ra yoki xodimlarning aybi bilan noto‘g‘ri ayblanganlar, ushlanganlar yoki qamalganlardan kechirim so‘rash, ularning gunohsiz ekanliklarini xalqqa, mahallaga ma’lum qilish, xalq ommasi bilan doimo muloqotda bo‘lish, ularning dardi va quvonchiga sherik bo‘lish.


    1. Download 0,5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish