63
Xulosa
Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida mulkchilikning xilma-xil
shakllarining vujudga kelishi hamda xo’jalik yuritishning zamonaviy usullarining
joriy etilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditni tashkil etish borasida
muammolarni vujudga keltirdi. Bugungi kunning talabi nuqtai nazaridan olib
qaraydigan bo’lsak, asosiy e’tibor xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda audit borasidagi
muammolarni bartaraf etish hamda bu boradagi ishlarni takomillashtirishga
qaratilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, u yoki bu shakldagi
tekshirishni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun ichki audit xizmatini tashkil qilish va
ichki audit xizmati ishlarining samaradorligini baholashni aniqlash juda zarur
bo’lib hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z faoliyatini amalga oshirish
jarayonida bir qator omillarning ijobiy va salbiy ta’siri ostida bo’ladi. Omillarning
salbiy ta’siri birgalikda ijobiy ta’sirni yo’qqa chiqarishi va aksincha bo’lishi mumkin.
Xo’jalik sub’ekti faoliyat sohasini belgilab beruvchi ushbu omillarga moslashishga
majburdir. Omillarning har qanday tavsifi muayyan maqsadlarga xizmat qiladi.
Bozor sharoitlarida korxona bir vaqtning o’zida iqtisodiy munosabatlarning ham
sub’ekti, ham ob’ekti bo’lib harakat qiladi, tegishlicha, u turli omillarning
dinamikasiga ta’sir qilish imkoniyatlariga ega. Shundan kelib chiqib,
korxonalarning boshqaruv xodimlari ishini tashkil qilishga, ularning kasbiy
mahoratiga bog’liq ichki omillar ta’sirida dinamik rivojlanishi tendentsiyalarini
e’tibor qaratilsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy barqarorligining
ichki omillariga aktivlarning holati va ularning aylanuvchanligini, moliyaviy
resurslarning tarkibi va nisbatini, moliyaviy resurslarning paydo bo’lishi
manbalarini kiritadi.
Ichki audit xizmatini tashkil etish va uni takomillashtirish quyidagi xulosa
va takliflarga keltirib o’tdik:
-
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditning maqsadi, korxona
xodimlarining qonuniy va me’yoriy hujjatlarga va kasb faoliyati standartlariga
64
rioya etishni nazorat qilish, tomonlar manfaatlari o’rtasidagi nizolarni bartaraf
etish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan operatsiyalarning
xususiyatlari va qo’lamlariga mos ishonchlilikni ta’minlash hamda xo’jalik
yurituvchi sub’ekt faoliyatidagi xatarlarni kamaytirish yo’llaridan iboratdir.
-
Aktsiyadorlik jamiyatlarida barcha aktsiyadorlarni huquqlarini
tengligini ta’minlagan holda, ularga xizmat qiladigan ichki audit xizmati
xodimlarining ob’ektivligi va mustaqilligini ta’minlash lozim.
-
Mulkdorlar va investorlarni qiziqtirgan bir savol mavjud bu ham
bo’lsa, moddiy boyliklarining ahvoli va ulardan samarali foydalanilayotganligi,
eng keraklisi undan qancha daromad olayotganligi qiziqtiradi. Ushbu holatdan
kelib chiqib, ichki audit o’z tekshirishlari natijasini doimiy ravishda investorlarga
ham oshkor etib borishi lozim, bu esa aktsiyadorlarning axborotlar olishini
ta’minlaydi.
-
Ichki audit xizmati xodimlarini doimiy va barqaror ishlash uchun
kuzatuv kengashi tomonidan imtihonlar, seminarlar va kerak bo’lsa o’zaro bahs
munozaralar olib borishni tashkil etish, ichki auditor tomonidan aniqlangan
kamchiliklar va suistimolliklardan kelib chiqib, ularga moddiy jihatdan
rag’batlantirishlar olib borish va shu asosda kuzatuv kengashi tomonidan fond
ajratilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi.
-
Aktsiyadorlik
jamiyatlarida
ichki
nazorat
tizimini
samarali
yuritilishida ichki audit xizmatining ko’lamini oshirish va uni baholash, ular
tomonidan diomiy nazoratda turishini ta’minlash zarur.
-
Ichki auditorlik standartlarini hamda ichki auditorlarning axloqiy
talabini me’yoriy xujjatlarga mos kelgan holda ishlab chiqish va amalda tadbiq
etish lozim.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan aktsiyadorlarni
huquqini ham himoya qilishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Aktsiyadorlik
jamiyatlarida ichki audit xizmatini mukammal joriy etsak, korxonalarning
moliyaviy xo’jalik faoliyatini to’g’ri va ishonarli yuritish, aktsiyadorlarga dividend
65
to’lash tizimi, qimmatli qog’ozlar bozorini takomillashtirish, korxonalarning
moliyaviy
barqarorlikka
erishishi
hamda
mamlakatimizda
aktsiyadorlik
jamiyatlarining samarali faoliyat yuritishida xizmat qiladi.
66
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Do'stlaringiz bilan baham: